Musulmon huquqi manbalari.
Shariatning muhim manbasi bo‘lib,
oyat va suralardan tashkil topgan, musulmonlarning muqaddas kitobi
bo‘lmish Qur’on hisoblanadi. Tadqiqotchilar Qur'onda unga nisbatan
Sharqning qadimgiroq huquqiy yodgorliklarining holatlari mavjudligini
ta'kidlashadi. Qur’onni tuzish bir qancha o ‘n yilliklarga cho‘zilgan. Uning
to‘liq ishlangan nusxasi xalifa Umar (644-656 yillar) hozirgi holatga
keltirgan. Qur'onning o ‘zida uning huquqiy ahamiyati quyidagicha
ta’riflanadi: “Shunday qilib, biz uni arab qonunlari sifatida nozil qildik”.
Qur’on arablarga islom tomonidan o‘rgatilgan qoidalar foydasiga ajdodlar
odatlaridan voz kechishni tavsiya etadi.
Qur’on 6666 oyatga bo‘lingan, 114 suradan iborat. Bu she’rlarning
ko‘pchilik qismi diniy xarakterga ega va faqatgina 500ga yaqini
musulmonlarning yurish-turish qoidalariga tegishli. Ulaming 80 ga yaqini
huquqiy (deyarli, bular oila, nikohga tegishli), qolgani esa diniy marosim
va majburiyatlarga qaratilgandir.
Qur'onning ko‘pchilik qismi murakkab xarakterga egadir. Ko‘pchilik
holatlar noaniq ko‘rinishga ega bo‘lib, uning tarkibi nimalardan iborat
bo‘lishiga qarab turli ma'nolar kasb etishi mumkin. Turli mazhablar
tomonidan bularni erkin tushunishi natijasida, ular bir-biriga qarama-
qarshi huquqiy tavsiyalarda o ‘z aksini topa boshladi.
Musulmonlar uchun eng muhim manbalardan biri bu Sunna
(“Muqaddas meros”) bo‘lib, u Muhammad (S.A.V.)ning fikr-mulohazalari
va qilgan ishlari jamlangan ko'plab hodisalardan iboratdir. Shuningdek,
hodisalarda arab jamiyatida ijtimoiy munosabatlami rivojlanishini aks
ettimvchi turli huquqiy ko‘rsatmalami uchratish mumkin. Hodisalarning
so‘nggi tarixi IX asrda, sunnaning 6 ta asosiy to ‘plamlari tuzilib
boiinganidaii so‘ng amalga oshirilgan. Ular orasida Al-Buxoriyning
to‘pi ami eng mashhurdir. Shuningdek Sunnada nikoh va meros, isbotlash
va sudlov huquqi, qullar haqidagi normalar o ‘z aksini topgan. Sunna
hodisalari, ulaming qayta ishlanganligiga qaramay, ko‘plab bir-biriga
qarama-qarshi holatlar o ‘z ichiga olgan va nisbatan “to‘g ‘ri”sini ular
orasidan tanlab olish fiqhshunoslar va qozilar extiyoriga qoldirilgan.
Bundan tashqari, faqatgina Muhammad (S.A.V.) muridlari tomonidan
68
i
aytilgan hadislargina kuchga ega deb hisoblangan. Shialarda sunniylardan
farqli o'laroq, xalifa Ali va uning izdoshlari tomonidan aytilgan hadislami
tan olingan.
Musulmon huquqi manbalari ichida uchinchi o ‘rinni Ijmo egallagan
bo‘lib, unga musulmon jamoasining umumiy kelishuvi sifatida qaralgan.
Ijmo Qur'on va sunna bilan bir qatorda ta'sirchan manbalar guruhiga
kirgan. Amaliy jihatdan ijmo Muhammad (S.A.V.) muridlari yoki oqibatda
ta'sirchan musulmon-ilohiyotchilari huquqshunoslari tomonidan aytilib,
bir-biriga mos diniy va huquqiy masalalar to ‘g ‘risidagi fikrlardan
shakllangandir. Ijmo qur'onning ta'siri sifatida rivojlanishi bilan birga,
Muhammad (S.A.V.) bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi normalar sifatida ham
shakllangandir. Ular mustaqil yurish-turish qoidalarini nazarda tutib,
muftilaming bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashlari oqibatida majburiy tus
olganlar. Musulmon huquqi normalarining bunday rivojlanish yo‘li
«ijtixod» deb nom olgandir. Ijmoning shariatning asosiy manbalaridan biri
sifatida, haqqoniyligi Muhammad (S.A.V.) ko‘rsatmalaridan aniqlangan:
«Agar siz o ‘zingiz bilmasangiz, biladigan o ‘zgadan so‘rang».
Qur'on va hadislarda aniq ko‘rsatma berilmagan huquqiy masalalarni
hal qilishda musulmonlar jamoasining chiqargan hukmlari yakdillik bilan
qabul qilingan qarorlari shunday deb atalgan va shunday yo‘l bilan
chiqarilgan hukm shariatda sha'riy ya'ni qonuniy deb qabul qilingan.
Ijmo' bir necha turga bo‘lingan:
Ijmo’-al-Muhosil alohida masalalar bo‘yicha yirik fiqhshunoslarning
birlikdagi fikrlari, Ijmo'-al-Manqul bu obro‘li, e'tiborli kishilaming xuddi
shunday ishlari, ilgari shunday hollarda qo‘llagan fikrlari va guvohliklari
asosida hal etilgan ishlari. Musulmonlaming umumiy majlisidagi jamoa
fikri Ijmo'-al-umma Davlat boshliqlari bilan diniy tashkilotlaming
rahbarlari yig‘inida qabul qilgan qarorlari Ijmo' al-aimma kabi turlarga
bo‘lingan.
Ijmoning
shariatning rivojlanishidagi
katta
ahamiyati
Arab
xalifaligini boshqaruvchi diniy hokimiyatga yangi feodal jamiyat sharoiti
va bosib olingan mamlakatlarning o ‘ziga xosligiga moslashtirilgan
huquqiy normalar yaratish uchun imkoniyat tug‘dirishi bilan belgilangan.
Shariatni to‘ldiruvchi huquqiy manbalar sifatida ijmoga alohida
muftilaming huquqiy masalalar bo'yicha fatvo-yechimlari va usulining
keng tarqalishi munosabati bilan, musulmon huquqi yuqorida ko'rsatilgan
huquqiy maktablarning asosiy asoschislari tomonidan ulaming asarlarida
ilmiy asoslash yo‘li bilan rivojlantirildi, keyinchalik esa ulaming
izdoshlari buni davom ettirishdi. X asrda bir qator obro'li teolog-
69
huquqshunoslar tomonidan bu vaqtga kelib to ‘planib qolgan keng huquqiy
materiallar tizimlashtirildi. XI asrdan boshlab, islomdagi asosiy oqimlar va
har xil huquqiy maktablar o ‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni chuqurlashishi
amalda musulmon huquqini yagona tizim sifatida mavjudligini tugatdi.
Musulmon huquqininig eng tortishuvchi manbalaridan biri qiyos-
analogiya (ilgarigi qarorga qarab qaror chiqarish) bo‘yicha huquqiy
masalalami yechish hisoblangan. Qiyosga ko‘ra Qur'onda, Sunnada yoki
Ijmoda o ‘matilgan qoidalar bu huquq manbalarida to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri
ko‘rsatilmagan ishlarga ham qo‘llanishi mumkin bo‘lgan. Qiyos nafaqat
yangi pay do bo‘lgan munosabatlarni tez yechishga imkon yaratgan, balki u
shariatni bir qator holatlarda ilohiy aralashuvlaridan ozod qilishga xizmat
qilgan.
Lekin qiyos tez-tez musulmon sudyalari qo‘lida ochiqdan-ochiq o‘z
manfaatlarining quroliga aylanib turgan. Bu usul kengroq Abu Xanifa va
uning izdoshlari xanifiylar tomonidan asoslangan edi. Qiyosga nisbatan
qat'iy qarshilik bilan xanbaliylar va alohida, uni umuman huquqning
manbai sifatida tan olmagan, shialar qarar edilar. Huquqning qo‘shimcha
manbasi sifatida shariat, uning prinsiplari va normalariga to ‘g ‘ridan-to'g‘ri
qarshi bo‘lmagan mahalliy odatlarni ham tan olgan. Bular qatoriga arab
jamiyatining o ‘zida shakllangan urf-odatlami, shuningdek, arab bosqinlari
oqibatida bosib olingan qismi sifatida qaraladi. Ayniqsa, umuman shariat
va uning doktorinal-me’yoriy qismi bo‘lmish fiqh ilk davrdanoq, o ‘zida
nafaqat huquqiy
qoidalami,
balki
dogma
va qarashlami
ham
mujassamlashtirgan. Shariatning bunday birligi (sinkretizm)ning o ‘ziga
xoslik tomoni shundaki, uning normalari birinchidan, ijtimoiy (insoniy)
munosabatlarni tartibga solsa, ikkinchidan, musulmonlarni Olloh bilan
munosabatlarini belgilab bergan. Shariatda ilohiy qoidalar va diniy
qarashlaming o ‘z aksini topishi huquqni tushunish hamda huquqiy va
huquqiy bo‘lmagan harakatlarni baholashda o ‘ziga xos yondashishni
keltirib chiqaradi. Shunday qilib, huquqning islom teologiyasi bilan
mustahkam aloqa huquqiy va diniy tus beriladigan musulmonlarning besh
xil xatti-harakatini shariatda o ‘matilishiga olib keldi. Bular majburiy,
tavsiyaviy, qilish mumkin bo‘lgan, jazo qo‘llash ko'zda tutilmagan, lekin
qoidalarga to‘g ‘ri kelmaydigan, ta’qiqlangan va jazo qo‘llash ko‘zda
tutilgan harakatlardir. Shariatda ilohiy oldindan belgilanishni tan olinishi
musulmon kishisining erki va uning chegaralari haqidagi masalaning
ahamiyatini yanada oshirdi.
Bu masalada qarama-qarshilikka duch kelgan diniy maktablar
alohida fikrlami olg‘a surishdi. Shunday maktablardan biri (jaboritlar)
70
umuman inson erkini inkor etdi. Shariat, ayniqsa uning rivojlanishining ilk
davrlarida musulmon kishisining huquqlariga boMgan e'tibor xarakterlidir
(Olloh oldidagi). Bunday majburiyatlami o ‘zida mujassamlashtirgan
normalar shariatda keng o ‘rin egallagan va ular e'tiqod qiluvchi
musulmonning butun hayotini belgilab bergan (har kungi ibodat, ro ‘za
tutish, kulish qoidalari va hakozo). Shariatni tashkil qiluvchi normalarning
o ‘ziga xosligi, ulaming faqat musulmonlarga hamda ular orasidagi
munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ekanligi bejiz emas. Ilk islom va
shariatga o ‘zida mehr-oqibat elementlarini mujassamlashtirgan ibtidoiy
jamoa tuzumidan kelib chiquvchi normalar xosdir. Ammo shariatda
insonning Olloh oldida kuchsiz ekanligi, unga so‘zsiz bo‘ysunishi
kerakligi haqidagi qarashlar ham o ‘z ifodasini topgan. Qur'onda alohida
musulmon kishining sabr-toqatli bo‘lishi kerakligi ta'kidlab o'tilgan. «Sabr
qiling, axir Olloh sabrliklar bilan birgadir» (8.48). Xuddi shunday shaklda
mo'minning xalifa va davlat hokimiyatiga bo‘ysunish majburiyati
mustahkamlab qo‘yilgan: «Ollohga bo‘ysuning, payg‘ambarga va
orangizdagi hokimiyat egasiga bo'ysuning» (4.62).
Shariatning diniy-mistik qobig‘i uni tashkil qiluvchi huquqiy tuzilish
va tushunchalami o ‘ziga xosligini belgilab berdi, hamda Rim huquqida
bo‘lganidek, tizim (sistema) ichida ongli va logik asosni shakllanishiga
halaqit berdi.
Lekin VIII-IX asrlarga kelib (bu davrga kelib shariat dunyoni
ibtidoiy-qabila nuqtai nazaridan qarash chegaralaridan chiqib, feodal-
lashayotgan ijtimoiy munosabatlarga to‘qnashadi), musulmon huquq-
shunoslarining samarali say-harakatlari bilan huquqni anglashning ilohiy
usulidan ratsional (ongli) usuliga, huquq normalarini yuritishning noaniq
usulidan tizimlashgan logik usuliga o ‘tildi. Musulmon huquqshunos
olimlari shariatning negizi va an'analarini buzmagan holda alohida yuridik
tabiatga ega bir qancha yangi huquqiy doktrina va normalami ishlab
chiqdilar. Dunyoga mashhur bu davr musulmon huquqshunoslaridan
«Buyuk ustoz» unvonini olgan Abu Xanifa (767-yilda vafot etgan), Malik
ibn Anos (795-yilda vafot etgan), Ahmad ibn Xonballarni sanab o'tishimiz
mumkin.
Huquqshunos olimlari tomonidan musulmon huquqini, unga logik-
ratsional asos kiritib, oqibatda katta miqdordagi yangi huquq norma (fiqhni
qiyinlashtirish) yaratib, ilmiy qayta ishlanishi Qur'on va Sunnada
ko‘rsatilgan asl islomdan ajralib ketdi degan tushunchani anglatmaydi.
Aksincha, yangi normalar va doktrinalar muftilar va mujtaxidlar sud qilish
amaliyotida buzilmagan bo‘Isa bas, ular huquqiy va artodoksal islom
71
normativ mo‘ljal berayapti, hamda hayotning barcha hodisalari normalar
orasidagi ichki qarama-qarshilikni inkor etayapti degan tasavvur
shakllandi.
0 ‘rta asrlar musulmon huquqining o ‘ziga xos tomonlaridan biri
(ayniqsa ilk asrlarda) uning nisbatan butunligida edi. Yagona tangri Olloh
degan tasavvur bilan birga universal xarakterga ega bo‘lgan yagona
huquqiy tartib haqidagi g ‘oya tasdiqlandi. Bundan tashqari, ilk bor
Arabiston yarim orolida vujudga kelgan musulmon huquqi, xalifalik
hududi kengayishi bilan yangidan-yangi hududlarga yoyildi. Lekin u
birinchi navbatda hududiy tamoyilni emas, balki diniy tamoyilni yo‘lga
qo'ydi. Qaysi davlatda bo‘lishidan qat'iy nazar, musulmon kishi shariatga
amal qilmog‘i, islomga sadoqatni saqlamog‘i darkor edi.
Asta-sekin islomni yoyilishi va asosiy dunyo dinlaridan biriga
aylanishi, shariatni o‘ziga xos jahon huquqiy tizimiga aylantirdi. Bu
islomni partikulyarizm, chegaralangan faoliyat sohalari, ichki kelish-
movchilik va hokazo kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan, o ‘rta asr G'arbiy
Yevropa davlatlarining huquqidan ajratib turar edi.
Konfessional huquq sifatida shariat Yevropa davlatlaridagi kanonik
huquqidan shunisi bilan farq qilganki, u qat'iy belgilangan ijtimoiy sohalar
va masjid (cherkov) hayotini emas, balki bir qator Osiyo va Afrika
davlatlarida o ‘matilgan umumqamrab oluvchi normativ tizimni tartibga
solgan. Vaqt o ‘tishi bilan shariat normalari Yaqin va O'rta Sharq
chegaralaridan chiqib, o ‘z ta'sirini O lrta Osiyo va Kavkazortining bir
qismiga, Shimoliy hamda qisman Sharqiy va G'arbiy Afrika davlatlariga,
bir qator Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga yoydi. Biroq, shariat va
islomning bu tarzda tez va keng yoyilishi, unda borgan sari keng mahalliy
o‘ziga xoslikni, hamda alohida huquq institutlari va muayyan huquqiy
nizolar bo‘yicha bo‘ladigan qarorlami turlicha talqin qilinishiga olib keldi.
Shunday qilib, vaqt o ‘tishi bilan islomda ikki asosiy oqimlaming
o'matilishi, o ‘z-o‘zidan shariatda parchalanishga olib keldi. Endilikda
artodoksal yo‘nalish (sunniylik) bilan birga hatto hozirda ham Eron,
qisman Livan va Yemenda asosiy oqim bo‘lib kelayotgan shialar oqimi
paydo bo‘ldi.
Bu ikki yo‘nalishlar o ‘rtasidagi kurash jamiyat va davlat hayotining
turli xil tomonlarini o ‘zida qamrab oluvchi huquqiy normalarda ham o ‘z
hokimiyatini meros tariqasida o ‘tkazish huquqiy qoidasi, hamda begunoh
hisoblangan imomlar qo‘l ostida diniy va dunyoviy hokimiyatning
to‘planishi o ‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari, shialar faqatgina xalifa
Ali tomonidan ma'qullangan payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V.)ning
72
meros va huquqiy ko‘rsatmalarini tan olganlar. Sekin-asta sunniylar ham
o ‘z shakl-mohiyatiga ko‘ra mustaqil huquqiy maktablarni ifodalaydigan 4
ta mazhabga bo‘lindi. Bu quyidagi 4 ta musulmon huquqshunoslari nomi
bilan bog‘liq: Xanafiylar, Molikiylar, Shofi'iylar, Hanbaliylar. Ular orasida
eng keng tarqalgani xanafiya mazhabi bo‘lib (Abu Xanifa) Misr, Turkiya,
Hindiston, shuningdek, bizning davlatimiz hududlarida o ‘z izdoshlariga
ega bo‘lgan.
Yangi asosiy maktab-mazhablaming faoliyati musulmon huquqining
yanada rivojlanishiga, eskirgan normalardan voz kechishga yaqqol
imkoniyat yaratdi. Vaqt o ‘tishi bilan bu maktablar orasida huquqning
muhim masalalari bo‘yicha qarama-qarshiliklar chuqurlashib bordi.
Shiaizm asosida ham qator mustaqil maktablar qaror topdi:
Ismoiliylar, jaffariylar, zaydiylar va boshqalar. Shunday qilib, o ‘rta
asrlaming oxiriga kelib, nazariy va normativ asoslari qiyinlashgan va
sezilarli o ‘zgarishlarga uchragan shariat favqulodda qiyin va noan'anaviy
huquqiy hodisaga aylandi. Yoki keyinchalik musulmon huquqi ta'siriga
tushib qolgan ko‘p sonli xalqlaming odatlami ham kiritishimiz mumkin.
Va so‘ngisi, shariatdan kelib chiquvchi musulmon huquqining manbasi
bo‘lib,
Xalifalaming
qarorlari,
buyruqlari-farmonlari
hisoblangan.
Qonunchilik faoliyatining rivojlanishi bilan boshqa musulmon davlatlarida
huquq manbasi sifatida tobora rivojlanib borayotgan «qonunlar» muhim
rol o ‘ynaydi. 0 ‘z navbatida farmonlar va qonunlar ham shariat
prinsiplariga qarama-qarshi bo‘lmasligi, hamda, eng avvalo, davlat
organlari faoliyatini tartibga soluvchi va davlat hokimiyati bilan aholi
o ‘rtasidagi ma'muriy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalami
to ‘ldirishlari kerak edi.
Dostları ilə paylaş: |