To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Ijtimoiy tuzum. 
Saljuqiylar davlati o ‘rta asr feodal davlati bo‘lib, 
uning doirasida qadimdan yashab kelgan xalq dehqonchilik, savdo, 
hunarmandchilik va davlatning ma'muriy apparatida xizmat qilish bilan 
shug‘ullangan. Turkiy xalq esa qisman sug‘orish bilan bog iiq
dehqonchilik, asosan chorvachilik, hunarmandchilik, qo‘shinda xizmat 
qilish bilan shug‘ullangan.
Feodal yer egalari - dehqonlar yer mulklariga ega bo‘lib, boy 
dehqonlar o ‘rta, kambag‘allashgan dehqonlarga, jamoachi dehqonlarga, 
sultonning mulkida ishlovchi dehqonlar -barzigorlarga, shuningdek
ijarachi dehqonlarga bo‘lingan.
Sun'iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik Saljuqiylar davlatida, 
shuningdek, keyinchalik uning vassaliga aylangan Movarounnahrda 
muhim ahamiyat kasb etganligi uchun suvga egalik huquqi mavjud 
bo‘lgan.

asrlarda Marv shahrida «Kastafzud» degan sug‘orish uchun suvdan 
foydalanadigan ko‘cbalami hisobga oladigan maxsus davlat organi -
devon bo‘lganligi to ‘g ‘risidagi ma'lumotni keltiradi. Uning tarkibiga suv 
devoni ham kirib, unda sug‘orish va suvga egalik qilish huquqi haqidagi 
hujjatlar saqlangan. Xuddi shunday devonlar Eron va Rumda bo‘lib, 
suvning qiymati ham belgilab qo‘yilgan. Saljuqiylar davrida suv devoni 
tugatilgan bo‘lsa-da, ammo suvga egalik qilish huquqi bu davrda ham
50


saqlab qolingan. Suv huquqi amalda vorislarga qoldirilishigina mumkin 
bo iib , lekin savdo bitimlari orqali birovgaberilmagan.
Saljuqiylar davlatida yerning rasmiy egasi sultondir. Yer mulkining 
davlat yer egaligi nasliy uzatiladigan yer egaligi, umrbod (bir avlodga) 
egaligi va shartli (muqto, iqto) egaliklari mavjud boigan.
Davlat yerlari, ya'ni sulton saroyiga tegishli yerlami boshqarish 
uchun maxsus davlat boshqaruv organi - amloki xos tuzilgan bo‘lib, 
Malikshoh davrida bunday yerlar saroyga 21 ming qizil oltin daromad 
keltirgan. Yerga xususiy egalik mulk shaklida bo‘lib, ular merosiy, sotib 
olingan va boshqa yer mulklariga bo‘lingan.
XI-XII asrlarda Saljuqiy sultonlar o ‘z farmonlari - tauke bilan yirik 
harbiy boshliq va amaldorlarga katta-katta viloyatlami, ya'ni davlat 
yerlarini tekinga bo‘lib bergan. Mashhur vazir Nizomulmulk davrida esa 
xazinaning kambag‘allashganligi uchun ko‘p yerlar shartli yer egaligi 
“iqto” tarzida harbiy boshliqlar va amaldorlarga, ularga to‘lanadigan 
maosh evaziga bo‘lib berila boshlangan. Bu voqea Nizomulmulkning “yer 
islohoti” deb atalgan.
Shu islohotdan keyin saljuqiylar armiyasi ta’minotga qarab xazinadan 
maosh oladigan va iqtodorlar ro‘yxatiga tirkalgan qismlarga bo‘lingan. Bu 
mulk saljuqiylar davlatida asta-sekinlik bilan umrbodlik mulkka aylanib 
borgan.
Saljuqiy sultonlar islom dinining himoyachilari bo‘lganligi uchun 
ham ular davrida vaqf mulklari rivojlanib tegirmonlar, uylar, madrasa va 
boshqa diniy muassasaga vaqf mulki tarzida o ‘tkazilgan. Vaqf mulklarini 
vasiyat qiluvchi yoki bosh qozi - qoziul-quzzot tomonidan tayinlanadigan 
mutavalli boshqargan.
Davlat tuzilishiga kelsak, Saljuqiylar davlati mutloqiy monarxiyaga 
asoslangan o ‘rta asr markazlashgan (imperiya) davlati bo‘lib, uning 
boshlig‘i sulton bo‘lgan va u rasman bu lavozimni arab xalifaligining 
yorlig‘i bilan egallagan. Bag‘dod xalifasi o ‘zini «amir al-mo‘min» -
musulmonlar amiri hamda sultoni deb atagan bo‘lsa-da, saljuqiylar davrida 
xalifalarning hokimiyati nisbiy - qo‘g ‘irchoq hisoblangan.
Sulton juda keng, amalda cheklanmagan monarx huquqlariga ega 
bo‘lib, mansabdorlar ustidan tushgan shikoyatlarni hal qilgan, yer 
bo‘laklarini bo‘lib bergan, hadya qilgan, mansabdorlar va qo‘shin 
boshliqlarini tayinlagan, muhim davlat ishlarini hal etishda kengash 
chaqirib, sarkarda va qo‘mondonlarning fikrlarini olishga harakat qilgan. 
Tug‘rulbek har haftada 2 kun Xuroson podsholarining qoidalariga mos 
holda aholini o ‘zi qabul qilib, nizo va janjallami shaxsan o ‘zi hal etgan.
51


Saljuqiylar davlatining eng yuksalgan davrida Bag‘dod xalifasi 
sulton Muhammad To‘g ‘rulbekkka «Malik la-Mashriq va-1 mag‘rib», ya'ni 
Sharq va Farbning podshosi hamda «Rukn-ad-Din» - Din suyanchig‘i 
unvonlarini bergan. Bular uning hokimiyati naqadar yuksak boiganligini 
ko‘rsatadi. Sultonning vaziri bo‘lib, u butun ma’muriy apparatga rahbarlik 
qilgan, sulton vazirga hamda musulmon ruhoniylarga tayanib, mamlakatni 
boshqargan. Saljuqiylaming tarixida mashhur vazir Abu Ali Hasan ibn Ali 
at Tusiy (1017-1092) bo‘lib, U Nizom ul Mulk - ya'ni «davlatni quruvchi» 
degan faxriy unvonga ega edi. Nizomulmulk Alp Arslon va Malikshoh 
davrida 20 yil vazirlik qilib, ishni saljuqiylarda oddiy amaldorlikdan 
boshlagan va shu darajaga erishgan. Saljuqiylarda Otabek mansabi ham 
bo‘lib, u bosib olgan mamlakatlardagi vazirlik mansabiga deyarli to‘g‘ri 
kelgan.5
Alp Arslon ustidan otabeklikka tayinlangan Nizomulmulkni maxsus 
taukega ko‘ra, «Iliq» va «Ota xo‘ja» deb ulug‘lashlari buyurilgan. Iliq 
atamasi esa, - o ‘g ‘uzlardagi faxriy unvonlari, «bayg‘u» «sag‘un»ga teng 
bo'lgan. Shuning uchun, ya'ni otabeklik vazirlikka tengligi uchun 
saljuqiylar davlati parchalanib, uning bo‘laklari otabeklik deb atalgan.
Vazirning asosiy vazifasi davlat apparatiga rahbarlik qilish bo‘lib, 
uning huzurida markaziy hokimiyatning oliy organi devoni - a'lo bo‘lgan. 
U bo‘lim va devonlardan iborat edi. Davlat mirzaxonasi devoni insho va 
tug‘ro, devoni istefo - moliya devoni, kontrol-nazorat bo‘limi - devoni 
ashraf, armiya muassasasi - devoni arz al-djayni va boshqalari bo'lgan. 
Vazir barcha devonlar ustidan bevosita rahbarlikni olib borgan, xazina 
ustidan nazorat qilgan, o ‘ziga bo‘ysungan mahkamalarga mansablami 
tayinlash, bo‘shatish, maosh berish, tashqi siyosatni olib borish ishlari 
bilan shug'ullangan.
Viloyatlarga valiylar tayinlab, uning huzurida noiblari, soliq 
yig‘uvchilar - omillar, jamoat tartibini qo'riqlovchi shiahna va boshqa 
mansabdorlar bo'lgan.
Saljuqiylar davlati vujudga kelgandan keyin urug‘ lashkarlari o ‘rniga 
doimiy armiya tuzilgan. Sulton Sanjar davrida armiya o‘g ‘uzlaming harbiy 
odat huquqlariga ko‘ra tiklana boshlangan. Bunga ko‘ra armiyaning o ‘ng 
qanotini quyi, bayot qabilalarining beklar begi, chap qanotini esa bayonlar 
va benajak qabilalarining beklar begi boshqargan.
Shunday qilib, ikkita guruh katta qabilalar - uchuqlar va kichik 
qabilalar buzuqlar deb atalishi odat bo‘lib qolgan. Bundan tashqari,
5 Агаджанов С.Г. Государство Сеяджукидов и С редняя Азия в X I-X II в. М ., Наука. 1991 г.
52


saljuqiylar armiyasida manglay markaz, qo‘riqchi otrad qorovul, avangard 
va soqchi - yosol kabi bo‘linmalardan iborat bo‘lgan.
Saljuqiylar davlatidagi huquq manbalarga kelsak, shariat huquqi va 
turk xalqlari orasida tura- odat huquqlari amalda bo‘lgan. Shuningdek
Saljuqiy sultonlariga o‘ttiz yil mobaynida vazirlik qilgan Nizomulmulk 
tomonidan 1091-yilda yozilgan «Siyosatnoma» yoki «Siyar ul-muluk» 
(Podsholar turmushi) asari6 ham mazkur davlat boshqarilishining asosiy 
qoidalarini hamda huquqiy masalalarini o ‘rganishda manba bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin. Kitob xuddi qissadan hissa tarzida, ya'ni hikoyat va undan 
chiqarilishi lozim bo‘lgan xulosalar tarzida yozilgan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin