To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Temuriylar davlatining boshqaruv tizimi



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Temuriylar davlatining boshqaruv tizimi
Amir Temur davlatini boshqarish "Tuzuklar"da ko‘rsatilishicha, 
kengash va maslahatga tayangan. Bu haqida uning o ‘zi shunday degan: 
“Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir 
ulushi qilichdir.” Bunda u albatta o ‘z yaqinlari zadogonlar, yirik 
amaldorlar bilan kengashni 
nazarda tutgan. 
Bunga qurultoylar, 
shuningdek, harbiy yurishlar oldidan qo‘shin boshliqlari boigan amirlar 
va amrzodalar bilan o ‘tkazilgan kengashlami kiritish mumkin. Faqat 
boshqarishda emas, harbiy kengashlarga, ayniqsa, katta ahamiyat berilgan. 
Yuz ming otliq asar qila olmagan ishni bir to ‘g ‘ri kengash bilan amalga
93


oshirish mumkin degan fikr bunga guvohlik beradi. Amir Temur huzurida 
maslahat kengash organlariga qurultoy va davlat kengashini ko‘rsatish 
mumkin. Qurultoy - bu Temur davrida oliy feodal tabaqalarining kengashi 
bo‘lib, vaqti-vaqti bilan mamlakat va davlat hayotining muhim 
masalalarini hal etish uchun chaqirilib turilgan. Bunday qurultoylar 
Balxda, qarshi va Qorabog‘da, Samarqandda chaqirilgan. Ayrim manba- 
larda bunday qumltoylar “millat majlisi” ham deb atalgan.
Qurultoyda barcha shaxzodalar, oliy martabali dindorlar bosh 
amaldorlar, ma'muriyat xodimlari, harbiy boshliqlar, zadogonlar vakillari 
ishtirok etishgan. Davlatning markaziy idora organi ham oliy hukmdori 
ham Temurning o ‘zi bo‘lgan, bu haqida shunday deydi “...butun 
mamlakatda buyruq-farmon berish ishlari poshdoning o‘zida bo‘lishi 
lozimki, har ishda podsho o ‘zi hukm chiqarsin, toki hech kim uning 
hukmiga aralashib o‘zgartirilmasin”.
Amir Temur "Tuzuklari"da davlatni idora qilishda 12ta tamoyilga 
asoslangan.
1. Davlat va saltanatimga bog‘lagan tangri taoloning dini va 
Muxammad Mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim. har yerda va 
har vaqt islom dinini quvvatladim.
2. Davlatning, mamlakatning ustunlarini tashkil qilgan turli tabaqalar 
va toifalar bilan birgalikda bamaslahat ish yuritish siyosat yurgizish, 
faqatgina zo‘rlikka emas ommaga xalqqa tayangan holda ular bilan 
kengashgan holda ish olib borgan.
3. Maslahat, tadbirkorlik va hushyorlik bilan ish yuritish. Kengashib, 
ehtiyotkorlik bilan yuritish natijasida o ‘z imperiyasini barpo etgan.
4. Davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda 
bajarish. To‘ra va tuzukka ya'ni mulozimlari va qonunlarga tayanib ish 
ko‘rish. Temur davlatida amirlar, vazirlar, sipohlar o ‘z vakolatlariga ko‘ra 
harakat qiladi. Bu esa temuriylar davlatini huquqiy davlat tamoyillariga 
asoslanganligidan dalolat beradi.
5. Amirlar va sipohiylar bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan, ulami 
hurmat qilib, xizmatlarini rag‘batlantirib borgan.
6. Adolat va insof bilan ish ko‘rgan. Gunohkorga ham begunohga 
ham raxm-shafqat qilgan.
7. Sayidlar, ulamo-yu mashoyix, oqilu donolar muhandislar, 
tarixchilami e'tiborli shaxslar deb izzat va hurmat qilgan.
8. Azmu-jazm bilan ish tutgan, ya'ni nima ishni amalga oshirishga 
qaror qilgan bo‘Isa unga butun vujudi bilan kirishib, oxiriga yetkazgan. 
0 ‘tgan shahar va payg‘ambarlaming ishlarini o ‘rgangan.
94


9. Raiyat (oddiy xalq) hol-ahvolidan doimo ogoh boigan. Ulaming 
ulugiarini og‘a qatorida, kichiklarini esa farzand o ‘rnida ko'rgan. Har bir 
yurtni urf-odatiga, qonun va qoidalariga hurmat bilan qaragan. Ulardan 
xabardor bo iish uchun tarixchi, xabarchilami yozma ravishda turli xalqlar 
hayotidan xabardor qilib turishlarini talab qilgan.
10. Turli millat toifalaridan o ‘z panohiga kirgan kishilarga xurmat 
bilan qaragan. Do'stlik qilgan kishilarga mumvvat ko‘rsatgan. Dushmanlik 
qilib, keyin undan pushaymon b o iib tavba qilsa dushmanligini unutgan. 
Unga muruvvat ko‘rsatgan.
11. Farzandlari, qarindoshlar, oshna og'ayni qo‘ni-qo‘shnilar va u 
bilan do'stlashgan kishilami davlat martabasiga erishganda ham ularni 
unutmagan.
12. Do‘sti-dushman bilan kelishib yashagan.
Amir Temur buyuk siyosatchi darajasida o'zga davlatlami zabt etish, 
ulami o ‘z imperiyasiga qo‘shib olishda, asosan tadbirlar va kengashlarga 
tayangan holda amalga oshirgan. Ustozlari maslahatlariga tayanib ish 
ko‘rgan. Piri Zayniddin Abubakr Taibodiy Amir Temurning ustozi 
boigan. Biror mamlakatga yurish qilishdan oldin u bilan maslahatlashgan 
va u ko'rsatgan yoidan yurgan. Ustozining maslahatlariga ko‘ra saltanat 
ishlarida to ‘rt narsaga amal qiladi. l.Kengash. 2.Mashvaratu maslahat 3. 
Qat’iy qaror, tadbirkorlik va xushyorlik. 4. Ehtiyotkorlik.
Amir Temur bir ishni qilmoqchi boisa, avval kengash qurgan, keyin 
Qur'ondan fol ochirgan. Qur'onning hukmiga binoan ish ko‘rgan. Yuqorida 
aytib o ‘tganimizdek, saltanatni tashkil qilish uchun o ‘tkazgan 31 ta muhim 
kengash haqida alohida-alohida Tuzuklarda to‘xtatilib o ‘tilgan.
Amir Temur saltanatni boshqarishda yirik masalalardan tortib, oddiy 
masalalargacha alohida e'tibor berib, ulami tartibga solgan. Masalan: 
saltanat saroyida o ‘tirish va o ‘rin olish tuzugini ishlab chiqadi. Bu 
qonunga ko‘ra quyidagicha tartib o ‘rnatilgan edi: Temurning o ‘g ‘illari, 
nabiralari va qarindoshlari o ‘z darajasi va mansablariga ko‘ra oysimon 
shaklida taxtni o ‘rab oiirishlari kerak. Sayidlar, qozilar, ulamo, fuzalo, 
shayxlar ulugiar o ‘ng tomonidan o ‘rin olgan. Amiri ul umaro, beklar -
begi, amirlar, ulus, tumanlar va qo‘shinlarning sardorlari va amirlari 
mingboshilar, yuzboshilar, o ‘nboshilar o ‘z martabalariga yarasha chap qo‘1 
tomonidan joy olganlar. Devonbegi va vazirlar taxt qarshisidan joy 
olganlar. qolganlari taxt orqa tomonlariga joylashgan. Xirovul amiri 
taxtning ro‘parasidan o ‘rin olsa, ichki xususiy yasovul katta chodir eshik 
oldida taxtning to‘g ‘risida tik turgan. Dodxoxlar esa o ‘ng va chap 
tomonlarida tik turgan. 0 ‘rin olish qoidalarini nazorat qilish amirga
95


topshiriladi. Majlis qoida bilan boshlangandan so‘ng ming tovoq osh, ming 
dona non keltirilgan va yig‘ilganlarga berilgan. Buni “shohona ziyofat” 
deb atalgan.
Bu davlatda "saltanat qo‘rg‘onlari" deb atalgan amirlar va saltanat 
saroyining ishonchli, e'tiborli kishilari boMmish vazirlar, ayniqsa (vazirlar) 
katta mavqega ega bo‘lganlar.
Davlatning markaziy boshqaruv organi devonxona bo‘lib, tarmoq 
boshqaruvi esa vazirlar tomonidan olib borilgan. Amir Temur vazirlarni 
tayinlashda juda ehtiyotkorlik va xushyorlik bilan ish ko‘rgan va "Agar 
podshoh zolim bo‘ lib, vazir odil bo‘lsa podshohning jabru zulmiini 
to ‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi, lekin vazir zolim bo‘lsa saltanat 
ishlari tez muddatda porakandalikka uchraydi, deb o ‘z “Tuzuk”larida qayd 
etgan.
Amirlar, asosan harbiy kishilar bo‘lib, ular lashkarni boshqarish, 
jangga hozirlash kabi ishlami yaxshi bilishgan. Amirlaming eng kattasi 
Amiru-ul-umaro ya’ni amirlar amiri, shohning yo'qligida uning vazifasini 
bajarib, sipohga buyruq bera oladigan darajadagi shaxs bo‘lishi kerak. Shu 
tariqa Amir Temur 313 kishidan 4 nafarini “beklar begi” etib; bir kishini 
esa, amir ul-uinaro etib tayinlaydi. G ‘ayratli or nomusli boigan yana o ‘n 
ikki kishiga ushbu tartibda daraja berganini aytgan.
Birinchi kishiga ming kishiga buyruq berish huquqini bergan bo‘Isa, 
ikkinchi amirga ikki ming kishiga, 3-chi amirga 3 ming kishiga amir va 
huquq o ‘n ikkinchi amirgacha ko‘paytirib, 12 ming kishiga bo‘yruq 
bergan. Birinchisi, ikkinsini o ‘miga 2-chisi esa 3-si o ‘rniga va hokazo -
etib tayinlanadi. 12-chi amir esa amir ul-umaro noibi etib tayinlanadi. 
Amir ul-umaro esa Amir Temuming noibi hisoblangan. Agarda qaysi bir 
amirga biror kor hoi bo‘lsa, uning o‘mini noibi egallashi ham belgilanadi. 
0 ‘sha 313 amirdan 100 tasi o ‘n boshi, 100 tasi yuzboshi, 100 tasi 
mingboshi bo‘lgan. Jang paytlarida amir-ul umaro amirlarga, amirlar- 
mingboshilarga, mingboshilar yuzboshilarga, yuzboshilar -o‘nboshilarga 
boshliq degan buyruq ham bergan. Shuningdek birini vazifasini 
ikkinchisiga buyurmaslikni ham qattiq tayinlaydi.
Amir Temurning to ‘rt vaziri bo‘lib, ularning vazifalari maxsus 
qonunlarda aniq ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lgan Ularning to‘rttalovi ham har 
kuni devonxonada hozir bo‘lganlar.
1-mamlakat va raiyat vaziri. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlami, 
kundalik muammolarni, raiyat ahvolini, viloyatlardan olinadigan hosil, 
soliq-o‘lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlami, mamlakatning
96


obodonchiligini, aholining farovonligi ishlarini va xazinani qanday qilib 
tartibga solinganligi haqida Sohibqironga bildirib turgan.
2-vazir, sipoh (ko'shin) vaziri boiib, sipohiylarning maoshini, 
xizmat evaziga beriladigan mulklami idora qilgan.
3-vazir egasiz qolgan, o iib ketgan va qochganlarga tegishli mol- 
mulkni, kelib ketayotgan xorijiy savdogarlardan olinadigan 

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin