janubiy qism o ‘troq aholisini boshqargan, o ‘lpon yig‘ishga rahbarlik
qilgan, sug'orish inshootlarini qazish ishlariga rahbarlik qilgan.
Uchinchi mansabdor-Devonbegi u
xon kanselariyasini boshqargan,
bojxona, gumruxxona va pul zarb qilish ishlariga rahbarlik qilgan.
Har birining o ‘z mahkamasi bo‘lib, unda 3-4 kishi xizmat qilgan.
Xonlikda fuqarolik da'volarini ko‘ruvchi, qozikalon, qozi urdu yoki qozi
askar, a'lam-shariat qonunlarini to ‘g ‘ri bajarilishini nazorat qiluvchi,
savdo
sotiq qoidalariga amal qilinishi, shahami tozaligi va xavsizligini
kuzatuvchi-rais;
qamoqxonalarni nazorat qilish; xonni qo'riqlash;
mamlakatdagi tartib intizomni ta'minlash ishlariga, ko‘chmanchi aholidan
tuzilgan harbiy qisimlarga boshchilik
qiluvchi- yasovulboshi; suvdan
foydalanish ishlari boshqarmasi boshlig‘i, diniy ishlar boshlig‘i
Shayxuliislom kabi mansabdor bo‘lgan.
Xonlik ma'muriy-hududiy jihatdan 20 ta viloyat va 2 ta noiblikka
bo‘lingan. Ular
xonlar va noiblar tomonidan, ko‘chmanchi aholi esa
inoqlar-qabila
boshliqlari,
otaliklar-urug‘
boshliqlari
tomonidan
boshqarilgan.
Xonlikda Oliy sud hokimiyati xon qo‘lida bo‘lgan.
Xondan so‘ng sudlov sohasida qozi kalonga keng vakolatlar berilgan.
U o ‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jinoiy ishlardan boshqa
barcha ishlarini ko‘rib hal qilgan. Harbiy xizmatchilarga
taalluqli barcha
ishlar qozi askar tomonidan hal qilinar edi, joylarda sud hokimiyati qozilar
qo‘lida bo‘lib, ular shariat qonunlariga binoan jinoyat va fuqorolik
ishlarini ко‘rib hal qilganlar, bitimlar va
qarz haqidagi tilxatlarni
tasdiqlagan, vasiyatlaming bajarilishi va meroslarning taqsimlanishini,
vaqiflami nazorat qilish, qarorlarni bajarilishini ta'minlash
choralarini
ko‘rar edi. Qozilar xon tomonidan o ‘z vazifasiga tayinlangan va o‘z
vazifasidan ozod qilingan.
Shaharlarda shariat qoidalarini buzilishi bilan bog‘liq ishlar rais
tomonidan ко‘rib hal qilinardi.
Ko‘chmanchi xalqlar yashaydigan hududlarda sud hokimiyati og‘alar
yoki og‘alar Kengashi tomonidan odat qoidalari asosida amalga oshirilgan.
1873-yil avgustdagi "Sulx" shariatnomasiga ko‘ra, xonlik hududida
yashovchi Rossiya fuqarolari tomonidan
sodir qilingan jinoyatlar, ular
o ‘rtasidagi jinoyatlar Xiva fuqarolarining ruslarga nisbatan da’volari rus
sudlari tomonidan imperiya qonunlari bo‘yicha к о‘rib hal qilingan.
Shaharlarda tartib intizomni ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi
kurashish, qamoq, joylardagi maxbuslarni nazorat qilish mirshablarga
yuklatilgan. Ularga yasovulboshi rahbarlik qilgan.
148