To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Buxoro amirligi
Ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakillaridan Abdulfayzxon 
o ‘limidan so‘ng, Buxoro taxtini egallagan Muhammad Rahim mang‘itlar 
(1756-1759) sulolasi hukmronligini boshlab berdi. Uning vafotidan so‘ng, 
Buxoro taxtiga tog‘asi Doniyolbiy mang‘it (1759-1784) o ‘tirgan, so‘ngra u 
hokimiyatni o‘g ‘li Shohmurodga (1785-y) topshirgan.
Shohmurod Mang‘itlar sulolasi ichida birinchi bo‘lib, “amir” unvoni 
bilan davlatni boshqaradi. Shundan so‘ng bu davlat Buxoro amirligi deb 
atala boshladi.
Buxoro amirligida ham yer egaligining quyidagi turlari mavjud 
bo‘lgan:
1. Mulki Sultoniy yoki amloq yerlar, amir, uning yaqinlariga, 
davlatga tegishli yerlar (amloqi podshohiy, amloqi sultoniy). Bunday 
yerlar dehqonlarga ijaraga berilar edi. Eng ko‘p soliq xazinaga shu yerdan 
tushardi. Soliq yig‘uvchilar maxsus ro‘yxat bilan yetishtirilgan hosilning 
bir qismini mahsulot hisobidan olardi.
Soliq to‘lash miqdori har 10 botmon hosildan uch botmonni tashkil 
qilardi.
2. Xususiy yer egaligi “mulki hur” yoki “mulki xolis” yerlardan 
iborat bo‘lgan. Bunday yerlar tanho, suyurg‘ol, iqto' tariqasida berilgan.
119


Tanho - davlat oldidagi xizmatlari uchun harbiylarga berilgan yer 
mulklari, ular meros tariqasida o'tmagan, suyurg‘ol yerlar esa harbiy 
boshliqlar, davlat arboblari, ulamolarga xizmatlari evaziga berilgan in'om, 
suyurg‘ol egasi moliyaviy va ma'muriy imtiyozlarga ega bo‘lganlar, iqto' 
yerlari ham harbiy-ma'muriy amaldorlarga berilgan. Ulardan olinadigan 
daromadning bir qismi davlat xazinasiga topshirilgan.
3. Yeming uchinchi ko‘rinishi vaqf yerlari, masjid, madrasalar, 
qabristonlar va boshqa diniy idoralarga tegishli yer mulklaridan iborat.
4. Qishloq jamoa yerlariga tegishli yerlar. qishloq boylari egaligidagi 
yerlar bo‘lib, unda qishloq aholisi ijara asosida dehqonchilik qilishgan.
Mang‘itlar sulolasi davrida ham eng oliy tabaqa Amir va saroy 
amaldorlari (vazir-vuzaro) ijtimoiy jihatdan eng katta imtiyozlarga ega 
bo'lgan tabaqa edi.
Davlat boshqaruvida ishtirok etadigan harbiy - ma'muriy amaldorlar 
(umaro) ham nufuzli ijtimoiy tabaqa sanalgan.
Alohida ajralib turadigan oqsuyaklar o ‘zlaridan barcha aholidan 
ustun qo‘yadigan, Muhammad Payg‘ambar avlodidan hisoblangan saidlar 
hamda hojalar edi. Ular o‘z avlodlari shajarasiga ega bo‘lishlari shart edi. 
Soliq to‘lovchi aholi, jamiyatdagi barcha moddiy boyliklami yaratuvchi 
ijtimoiy tabaqa raiyat edi. Bundan tashqari Buxoro amirligida qulchilik 
ham saqlanib qolgan edi. Qullar asosan rus, eron millatlarga mansub 
bo‘lib, ular harbiy talonchilik yurishi paytida qo‘lga olinardi. Turkman 
hamda qozoqlar olib kelib ularni Buxoro bozorida sotishardi. Manbalarda 
har biri 40 tagacha qulga egalik qiluvchi badavlat buxoroliklar borligi 
haqida ma'lumotlar bor.
Shuningdek, manbalarda keltirilishicha, amirlikning barcha aholisi 
quyidagi tabaqalarga bo‘lingan:
1. Oqsuyaklar. 
Ularga 
Muhammad 
payg‘ambar 
avlodlari
hisoblangan saidlar hamda hojalar kirgan.
2. 0 ‘z urug‘iga ega barcha atoqli o ‘zbek urag'dor deb atalgan.
3. Tojiklar, forslarga mansub bo‘lgan shogirpesha.
4. Madrasani tugatgan yetarli bilimga ega bo‘lgan o ‘qimishli kishilar
- mullalar.
Bu tabaqalarning barchasi o ‘z navbatida sipoyi, ya'ni davlat 
xizmatida bo‘lgan amaldorlarga va fuqarolarga bo‘lingan.
Buxoro amirligida davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatga ega bo‘lgan amir tomonidan boshqarilar edi. Davlat hayotiga 
tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar Buxorodagi 
bosh qarorgoh Arkda hal etilgan. Arkda amir va uning oilasidan tashqari
120


qushbegi, shig'ovul, to'pchiboshi, mirzaboshi va ba'zi saroy amaldorlari 
ularning oilalari, xizmatkorlari yashaganlar. Davlat ahamiyatiga molik 
ishlami hal qilish uchun vaqti vaqti bilan Davlat kengashi chaqirilib 
turilgan. Unga beshtadan yigimiatagacha yuqori amaldorlar a'zo 
bo‘lganlar.
Davlat boshqaruvi ikki bo‘g ‘inli markaziy va mahalliy boshqaravdan 
iborat bo‘lgan. Markaziy boshqaruvni asosan saroy amaldorlari amalga 
oshirishgan. Amirdan keyingi mansabdor qushbegi lavozimining mavqei 
juda katta bolgan. Amirlik poytaxti Buxoro shahrini shaxsan 
qushbegining o ‘zi boshqargan. U davlat doirasi bo‘yicha bosh vazir 
hisoblangan. Davlat boshqaruvida devonbegi, parvonachi, otaliq, dodxox, 
xudoychi, mirzaboshi va boshqa saroy amaldorlari, Shayxulislom, 
qozikalon kabi diniy rahbarlaming ham mavqei katta boigan.
Mahalliy boshqaruv esa viloyatlarga bo‘linib amalga oshirilgan. 
Viloyatlarda boshqaruvni amir tomonidan tayinlangan (odatda ular 
mang‘it urug‘idan bo'lganlar) beklar tomonidan boshqarilgan. Ular o ‘z 
boshqaruv tizimiga ega bo‘lib, mirzaboshi, soliq yig‘uvchi amaldorlar 
(tanobchi, zakotchi), qozi, rais kabi diniy mansabdorlar, qishloq 
oqsoqollari yordamida bekliklami idora qilganlar.
Turli davrlarda amirlikning ma'muriy hududi turlicha bo‘lgan. Eng 
kengaygan davri Amir Nasrullo hukmronligi davri bo‘lib, unda amirlik 
tarkibida 30ta beklik Qarshi, G ‘uzor, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz
Yakkabog*, Boysun, Denov, Sherobod, Xisor, Qorategin, Darvoza, 
Baljuvon, Shuxkon, Rushon, Qo‘lob, Qo‘rg‘ontepa, Kobadiyon, Kaloor, 
Kerki, Burdalik, Qalakli, Xorazm, Choqo‘y, Karmana, Ziyovuddin, 
Nurota, Xatirchi, Urgut va Samarqand edi. Bekliklar kichik hududiy 
bo‘linma amlokdorliklarga bo'lingan bo‘lib, ularni amlokdor boshqargan. 
Eng qo‘yi bo‘g ‘in qishloq janbarlari bo‘lib, ular oqsoqol tomonidan 
boshqarilgan.
Buxoro amirligi harbiy qo‘shini ham otliq va piyoda jangchilardan 
iborat bo‘lib, amirlikning harbiy qudrati Amir Nasrullo davrida ancha 
kuchayadi. Bu davrda Buxoroda doimiy armiya Sarboz (sipoh) qo‘shin 
tashkil etildi. Manbalarda keltirilishicha ularning soni 40 mingga yaqin 
bo‘lgan. Ular asosan qilich, nayza o ‘q-yoydan iborat qurollar bilan 
qurollangan edi.
Oliy harbiy amaldorlar “sarkarda” unvoniga ega bo‘lib, davlat 
xazinasidan maosh olib turishgan. Amirdan keyin turuvchi eng yuqori 
harbiy amaldor “dodxox” (qo‘shin boshlig‘i) turardi. Unga qo'shinni 
boshqarishda qo‘rg ‘onbegi, to‘qsabo, mingboshi kabi oliy va ponsadboshi,
121


churaboshi, yuzboshi, dahboshi kabi harbiy h o iinma boshliqlari yordam 
berishgan.
Sud ishlari.
Buxoro amirligida. Islom davlatlariga xos jinoyat va jazolar mavjud 
bo‘lgan. Ammo bulardan tashqari, Buxoroda o'ziga jazoning va 
jinoyatning o'ziga xos turlari va ijro etish usullari bolgan. Sayyoh 
Yefremovning xabar berishicha, XVIII asming 20-yillarida Buxoroda 
o ‘g ‘rilik uchun erkak kishi osib o ‘ldirilgan, Xotin kishi ko'kragigacha 
ko‘milib, toshbo'ron qilib oldirilgan. Agar odam o ‘ldirish yoki tanga 
jarohat yetkazish jinoyati sodir etilgan bo Isa, otaliq aybdomi o ‘ldirilgan 
odamning qarindoshlariga tutib bergan. Ular esa aybdomi musulmon 
huquqidagi «tishga tish» qoidasiga ko'ra qilgan bo‘lsa, yarador, o ‘ldirilgan 
bo‘lsa, jinoyatchini oidirishgan. Agar er xotinini boshqa shaxs bilan jinsiy 
aloqa qilayotganini o ‘z ko‘zi bilan ко‘rib, uni guvohlantirsa, er ikkalasini 
ham oidirib, ularning qarindoshlariga xabar bergan. Ular esa, o'likni olib 
ko'mishgan, shu bilan hech qanday sud ishi yuritilmagan. Ko‘rinib 
turibdiki, bu og‘ir jinoyatlar deb hisoblanib, ular sudsiz, tergovsiz ijro 
etilgan. Buxoro shahri katta-kichik 366 kvartalga bo'lingan. Ularning har 
biri o ‘z machitlariga ega bo'lgan mavzega bo‘linib, oqsoqol tomonidan 
boshqarilgan, odatda ular keksa savdogarlardan saylanadi. Shuning uchun 
ham shaharliklar uning odilligiga ko‘proq ishonishgan.
Alohida hollarda amir biror-bir jinoyatni sodir etmaslik uchun 
qo'rquv hissini uyg‘otmoqchi bo‘Isa, Mir Arab madrasasi oldidagi 
minoradan uloqtirish yo‘li bilan qatl qilishga hukm qilingan. Bu jazo odam 
o ‘ldirganlik va yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun ham 
qo'llanilgan. Kam ahamiyatli jinoyatlar uchun aybdoming tovoniga yoki 
ko‘kragiga urish bilan chegaralanilgan. Buxoroda kaltak bilan jazolashning 
keng qo‘llanilishini bu yerga 1836-yil elchi bo‘lib kelgan P.I.Vitkevich 
ham ta'kidlab o ‘tganidek: “Buxoroda umuman yo‘g ‘on kaltak bilan 
jazolash, shu darajadaki, mahkumning suyaklari sinib ketadi yoki о ‘lib 
qoladi”.
P.I.Vitkevich devordan itarib yuborish jazosining ham bo‘lganligini 
yozib, uni o ‘z ko‘zi bilan ko‘rganligini ta'kidlagan. Buxoro shahrining 
devorlari mustahkam, darvozadan kirish joyida, devor ustida maydoncha 
bo‘lib, ana shu yerdan uning ko‘zi oldida ikki kishi o ‘g ‘rilik qilganlari 
uchun itarib yuborilganlarini yozib qoldirgan.
Ulardan binning qo‘li sinib, ikkinchisining esa badanlari momataloq 
b o ‘lib ketgan. Jinoyat va jazo masalalarida mahalliy hukmdorlar faqatgina
122


shariat ko‘rsatmalarigagina amal qilib qolmasdan, o ‘zlari ma'qul deb 
hisoblagan jazolarga ham, uni ijro etish usullariga ham hukm qilganlar.
Jazoning asosiy maqsadi : qoplash, o ‘ch olish, xun undirish, 
qo‘rqitishdan iborat bo‘lgan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin