Xonliklarning tashkil topishi. (XVI-XIXasrning I yarmi)
Reja:
1. Buxoro xonligining ijtimoiy tuzumi va davlat boshqaruvi.
2. Buxoro amirligining markaziy va mahalliy boshqaruvi.
3. Buxoro amirligining sud ishlari va huquq manbalari.
4. Xiva xonligi davlati va huquqi.
5. Qo‘qon xonligi davlati va huquqi.
XVI asrga kelib, Movarounnahr davlatchilik va huquqi tarixida
Abdulxayrxon avlodlari boigan dasht o ‘zbeklari davlatining tashkil
topishi bilan xarakterlanadi.
1558-yilda Abdulxayrxonning avlodlaridan eng yoshi kattasi
Pirmuhammad “xonlar xoni” etib saylangan.
Shayboniy sultonlar ichida katta mavqega ega bo‘lgan Ubaydullaxon
oliy hokimiyatni o ‘z qo'liga
olishga erishgach, (1533-1539-y). Mova
rounnahr ayniqsa, Buxoro viloyati har tomonlama rivojlangan. Xonlikning
poytaxti Samarqanddan Buxoro shahriga ko‘chirilgan. Shundan so‘ng,
Shayboniylar davlati rasman Buxoro xonligi deb atala boshlangan.
Lekin Ubaydullaxonning o ‘limidan so‘ng, o ‘zbek sultonlari orasidagi
kelishmovchiliklar yana kuchayib ketdi. Buxoroda Abdulazizxon,
Samarqandda Abdulatifxon va
Toshkent, Turkistonda Navro‘z Ahmadxon
hukmronlik qila boshlagan.
Shayboniy sultonlaming yagona davlatga birlashtirishda Abdulla ibn
Iskandarxonning roli katta bo‘lgan. Buxoro xonligi taxtida o ‘tirgan tog‘asi
Pirmuhammad yordamida Miyonkol, Kesh, Buxoro va Nasafni egallangan.
1560-yil otasi Iskandar sultonni Buxoroga olib kelib butun
o ‘zbeklaming Oliy xoni deb e'lon qiladi. Amalda esa hokimiyatni
Abdullaxonning o ‘zi boshqargan.
Keyinchalik Abdullaxonning vafotidan so‘ng,
Markaziy davlatning
zaiflashuvi natijasida Xorazm va Xuroson qo‘ldan ketadi.
Farg‘ona vodiysini, Toshkentni, Samarqand va Zarafshon vohasini
katta qismini qozoq xoni Tavakkalxon bosib oladi.
1601-yilda
Pirmuhammadning
o ‘limidan
keyin
Buxoro
taxti
yangi
sulola
Ashtarxoniylar (Joniylar) qo‘liga o ‘tgan.
“Ashtarxoniy” so‘zi sulola asoschisi Jonibek sulton nomidan olingan.
Xonlikning asosiy boyligi yer edi. Yer egaligining quyidagi turlari
mavjud bo‘lgan:
117
1. Mulkiy sultoniy, amlok yerlar - bu yerlardan olinadigan daromad
xon va uning xonadoniga tegishli edi.
2. Xususiy yerlar - ma’muriy va diniy amaldorlarga tegishli bo'lgan va
suyurg'ol, iqto’, tanho shaklidagi xususiy yerlar.
3. Vaqf yerlari - diniy tashkilotlarga tegishli yerlar.
Ashtarxoniylar davrida sug‘oriladigan yerlarda 0 ‘rta
Osiyo minta-
qasi uchun an'anaviy bo‘lgan bug‘doy, arpa, jo ‘xori, loviya, mosh, sholi,
paxta, sabzavot va poliz ekinlari dasht va tog‘ oldi lalmi yerlarida bug‘doy,
arpa, kunjut, tarvuz, qovun va boshqalar ekilib dehqonchilik qilgan.
Bu davrda Shayboniylar davrlaridek ijtimoiy tabaqalar saqlanib
qolgan.
1. Oliy tabaqa- xon va yirik saroy amaldorlari.
2. Ulamolar va boshqa diniy amaldorlar (ayniqsa Jo‘ybor xo‘jalari).
3. Raiyat - soliq to‘lovchilar.
4. Qullar. (Saroy xizmatidagi qullar, xonning shaxsiy qo‘riqchilari).
Ashtarxoniylar davrida xonlikning hududi qisqarib ketadi. Xonlik
tarkibiga oltita viloyat Buxoro, Samarqand, Sagaraj, 0 ‘ratepa, Shahrisabz
va G ‘uzor kirgan. Keyinchalik Xisor, Toshkent, Farg‘ona, Turkiston, Balx
viloyatlari bo‘ysundirilgan. Ammo Hirot va Xorazm xonlik tarkibidan
chiqib ketgan.
Buxoro xonligida xon rasman oliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lib,
davlatning ichki va tashqi siyosatiga bog‘liq barcha masalalar uning
ixtiyori bilan hal qilinardi. Barcha oliy farmonlar xon tomonidan joriy
qilinar, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning nomi Xutbada
qo‘shib o ‘qilardi.
Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo‘lib - markaziy va mahalliy
boshqaruv tizimiga ega edi.
Markaziy boshqaruv xon saroyi amaldorlari qo‘lida bo‘lib,
ashtarxoniylar davrida “otaliq” mansabiga
ega shaxs katta mavqega ega
edi. Bu davrda saroy amaldorlari huddi shayboniylar davridagidek edi.
Otaliqdan tashqari devonbegi, parvonachi, mushrif, xazinachi va boshqa
saroy amaldorlari davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega edilar.
Jumladan, xondan keyingi Otaliq mansabi xonning murabbiysi,
maslahatchisi, birinchi vazir lavozimi hisoblangan. Keyinchalik unga
Zarafshon daryosi suvini boshqarish vakolati yuklatilgan.
Devonbegi - moliya va soliq ishlarini yuritish,
unga rahbarlik qilish,
tashqi aloqa masalalari bilan shug‘ullangan.
Bundan tashqari parvonachi, dodhox, ko‘kaldosh katta inoq,
qushbegi kabi mansabdorlar ham bo‘lgan.
118
Xonlik tarkibiga kiruvchi Balx o ‘zi xonlik deb atalib, uni taxt vorisi
boshqarar edi, u dastlab “navvab” o ‘rinbosar yoki xon keyinchalik “kichik
xon” deb atalgan. U o ‘zining Devoni amorat, amlok, tavadji, moliya
devonlaridan
tashqari, unga yarim qaram bo‘lgan Badaxshon devonlari
kabi markaziy boshqaruv devonlariga ega bo‘lgan.
Ashtarxoniylar davrida harbiy va ma'muriy amaldorlar katta
huquqlarga ega edi. Ular bilan bir qatorda yirik din peshvolari xojalar va
diniy mansab egalari - Shayx ulislom, qozi kalon, sadr va boshqalaming
ahamiyati ham katta bo‘lgan. Davlat boshqaruvida Jo‘ybor hojalarining
mavqei yuqori bo‘lib, asl diniy mansabdorlar ular ichidan tayinlanar edi.
Bu davrda qo‘shin uncha yaxshi tashkil qilinmaganligini ko‘ramiz.
Xonlikka xos bo‘lgan xiroj, zakot, ixrojot,
boj kabi soliqlardan
tashqari juda ko‘plab soliqlar bor edi. Turli soliqlardan tashqari qishloq va
shahar aholisi kanallar qazish, ariqlami tozalash, qurilish ishlari kabi
majburiyatlarni ham bajarar edi. Mazkur tadbirlar uchun sarflanadigan
xarajatlar aholidan turli yo‘llar bilan undirib olingan. Fuqaroligi
bo'lmagan savdogorlardan boj solig‘i olingan. Uning miqdori siyosiy
munosabatlarga bog‘liq edi.
Dostları ilə paylaş: