To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


 Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/187
tarix25.09.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#148489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

3.2. Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish
uchun xomashyolar
Keramik materiallar xomashyosini, asosan, gil tashkil etadi. Gil 
xossalarini yaxshilash maqsadida uning tarkibiga yog‘sizlantiruvchi, jins 
hosil qiluvchi, kuyib ketadigan va plastikligini oshiruvchi qo‘shimchalar
30


q o ‘shiladi. Gil tarkibidagi dala shpati magmatik (granit, siyenit va 
h.k.) va metamorfik (gneys) tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan 
mahsulotdir. Shu sababli xomashyo tarkibi, asosan, alumosilikatlardan 
(Al20 3-2Si02-2H2p ) iborat bo‘lib, kvars, sluda va boshqa minerallar
organik m oddaiar^ralashgan b o iish i mumkin. Gil tarkibida ohakning 
boMishi keramik material olish jarayonida ulaming buzilishiga olib keladi.
Gilning donador tarkibi, zarrachalaming o‘lchamlari keramik material 
xossalariga ta’sir etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko‘p miqdorda bo‘ladi. 
Uning zarrachalari diametri 0,05 mm. va undan kamroq bo‘lsa, gil suvga 
qorilganda plastik massa hosil bo‘ladi, quritilganda shaklini saqlab qoladi 
va kuydirilgach buyum mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi. Bundan 
tashqari, gil tarkibida zarracha o ‘lchamlari 0,005-0,15 mm. changsimon 
va zarracha o‘lchamlari 0,16-5 mm. qum boMishi mumkin.
G illarning asosiy xossalari - plastikligi, havoda va kuydirishdagi 
kirishishi, olovbardoshligi, buyumning rangi va h.k.
Plastiklik gil va suv qorishmasining tashqi kuch ta’sirida yoriqlar hosil 
qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingach ushbu shaklni saqlab 
qolish xususiyatidir. Gil zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, u shunchalik 
suvni ko‘p talab qiladi va buyumni quritish va pishirish jarayonida kirishish 
yuqori bo‘ladi. Gillaryuqori plastik (yog‘li), o ‘rtacha plastik vakam plastik 
(yog‘siz) bo ‘ladi. Yog‘li gillarga ishlov berish oson, lekin buyumlarni 
quritish va pishirish jarayonida hajmi kichrayadi va darzlar hosil bo‘ladi. 
Gil plastikligini oshirish maqsadida yuqori plastiklikdagi gil, bentonitlar 
va sirt aktiv moddalar (texnik lignosulfonat va shu kabilar) ishlatiladi. 
Yuqori plastiklikdagi gilni yog‘sizlantirish uchun xomashyo aralashmasiga 
yog'sizlantiruvchi qo‘shimchalar (shamot, shlak, kul, mayda qum va shu 
kabilar) plastikligi kam gil qo‘shiladi. Keramik materialda g ‘ovak hosil 
qilish uchun uning tarkibiga yog‘och qipig‘i, toshko‘mir kukuni, lignin 
kabi kuydirish jarayonida yonib ketadigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Ular 
yog'sizlantiruvchi hisoblanadi.
Gil tarkibiga dala shpati, dolomit, magnezit, qumtosh, shisha kukuni 
va shu kabilar keramik buyumlaming pishirish haroratini pasaytirish uchun 
qo‘shiladi. Keramik buyumlaming kislotaga bardoshliligini oshirish uchun 
tarkibiga suyuq shisha va qum aralashmalari birgalikda qo‘shiladi. Temir, 
kobalt, xrom, titan kabioksidlari kiritilib, rangli keramika buyumlari 
tayyorlanadi.
Keramik buyumlar suv o ‘tkazmasligi yoki yuzasi tekis, chiroyli 
bo'lishi uchun yuzasi glazuryoki angob bilan qoplanadi (sirlanadi). Glazur
31


0 ,1-0,2 mm. qalinlikdagi shishasimon qoplama bo‘lib, pishirishjarayonida 
keramik materiallarga katta kuch bilan yopishadi. Glazurlar shaffof va 
shaffof emas turli ranglarda bo‘ladi. Glazur kvars qumi, kaolin, dala shpati, 
ishqorli va erishqorli metallar kukun aralashmalaridan tayyorlanadi va 
buyum yuziga kukun yoki suspenziya holatida pishirishdan oldin surtiladi.
Angob oq yoki rangli gil qorishmasi buyum yuziga surtilib, pishirib 
olingan yaltiram aydigan qoplam a bo ‘lib, buyumlarning yuza qismi 
zichligini oshiradi. Angob va keramik buyumlar xossalari o ‘xshash bo‘lishi 
zarur, aks holda qoplama ko‘chib ketishi mumkin.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin