qarab 2-8 foizni tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan
keramik buyumlar toshsimon holatga o ‘tadi va mustahkam, suvga va
sovuqqa chidamli bo‘ladi. Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli,
rolikli va boshqa xjjmdonlarda pishiriladi.
Halqasimon j^^Jidon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo‘lib,
shartli ravishda 16 dan 36 gacha bo‘linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish,
pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi.
Halqasimon xumdonda olov markazi maxsus moslama vositasida boshqa
zonalar kabi pishirish kanali bo‘ylab to‘xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan
buyumlar esa qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi. Halqasimon xumdonlarda,
asosan, g ‘isht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish harorati 900 - 1100 °S
bo‘lib, bu jarayon 3 - 4 sutka davom etadi, harorat kanal bo‘ylab bir tekis
taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda
qo‘l mehnati ko‘p bo‘lib, jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin.
Dostları ilə paylaş: