To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Keramik buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/187
tarix25.09.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#148489
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

3.3. Keramik buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi
Keramik buyumlar xossalari, shakli, xomashyo turi va texnologiyasi- 
dan qat’iy nazar ularni ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlardan 
iborat: xomashyoni qazib olish, xomashyo massasini tayyorlash, buyumni 
qoliplash, ulami quritish va pishirish.
Gil xomashyo karyeridan ekskavatorlar yordamida ochiq usulda qazib 
olinadi va temir yo‘l, avtomobil yoki boshqa transportda keramik buyumlar 
zavodiga tashiladi. Xomashyoni qazib olishda karyer gil zaxirasi, qalinligi, 
joylashish xarakteri aniqlanadi.
Xomashyo massasini tayyorlash. 
Tabiiy holdagi qazib olingan gil 
keramik buyumlar ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘ladi. Buyum tayyor­
lash uchun gilning tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalami 
chiqarib tashlash, yirik aralashmalami kukunlash, gilni kukunlash va 
q o ‘shimchalar q o ‘shish, barcha komponentlarni quyma m assa hosil 
bo‘lguncha maxsus mashinalarda (gilni ezg‘ilovchi tegirmon, parrakli 
aralashtirgich va shu kabilar) aralashtiriladi. Xomashyo massasi buyum 
turi, xomashyo turi va xossasiga ko‘ra plastik, yarim quruq bikr, quruq va 
ho‘l (shliker) usullarda tayyorlanadi.
Plastik usulda
- xomashyo komponentlari tabiiy namlikda yoki 
quritilgan bo‘Isa, 18-28 foiz namlikkacha suv aralashtiriladi. Plastik 
usulda olingan xomashyo massasidan g ‘isht, keramik tosh, cherepitsa, 
quvur va shu kabilar tayyorlanadi (3 .1-rasm).
Bikr usulda
- qoliplash plastik usulning rivojlantirilgan zamonaviy 
usuli bo‘lib, xomashyo massasi namligi 13-18 foiz bo‘ladi. Buyum 
vakuum yoki gidravlik presslar vositasida 10-20 M Pa bosim da 
qoliplanadi. Bu usulda buyumni quritishga energiya sarfi kamayadi, yuqori 
mustahkamlikdagi xom qoliplangan buyum tayyorlanadi.
32


Yarim quruq usulda
- xom ashyo kom ponentlari quritiladi, 
bo‘laklanadi, maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu usulda keramik 
buyumlar 8-12 foiz namlikdagi xomashyo massasini 15-40 MPa bosimda 
presslab olinadi. Bunda buyum ishlab chiqarish sikli ikki marta qisqaradi, 
buyum aniq olchanjlarda va qirralari to‘g ‘ri holda qoliplanadi va yoqilg‘i 
30 foiz tejaladi (3.2-rasm).
Quruq usul
- yarim quruq usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli 
bo‘lib, presskukun 
2-6
foiz namlikda bo‘ladi. Bunda xomashyo massasidan 
tayyorlangan buyumni quritishga zarurat bo‘lmaydi. Bu usulda zich 
keramik buyumlar - plitkalar, yo‘lka g ‘ishtlari, fayans va chinni buyumlar 
tayyorlanadi.
Shliker usuli
- xomashyo massasi (namligi 40 foiz) ko‘p komponentli 
bo‘lganda, notekis tarkibli va qiyin pishadigan komponentlar bo‘lsa, 
murakkab shakldagi buyumlarni qoliplashda quyma uslubiyat zarur 
bo‘lganda ishlatiladi.
It

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin