Suv o ‘tkazmaslik. Betonning suv o ‘tkazmasligi suv sizib o ‘tmagan
holatdagi eng kichik bosim (kgs/sm2) bilan xarakterlanadi. Suv o‘tkazmas-
lik balandligi va diametri 15 sm. bo‘lgan beton namunalar standart usulda
sinab aniqlanadi va quyidagicha markalanadi: W2, W4, W6, W8 va W12.
Betonning suv o ‘tkazmasligi g ‘ovakligiga va g‘ovaklikning xarakteriga,
y a’ni ochiq yoki yopiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Betonda makrog‘ovaklar
kam, mikrog‘ovaklar ko‘p bo‘lsa, suv o ‘tkazmaslik yuqori bo‘ladi.
Betonning suv o ‘tkazmasligini oshirish uchun texnologik usuldazichli-
gini oshirish, gidrofob va difil qo‘shimchalar, zichlashtiruvchi qo‘shimcha-
lar kiritiladi. Bog‘lovchi sifatida portlandsement o ‘miga kirishmaydigan
yoki kengayuvchan sementlarni ishlatish betonning suv o ‘tkazmasligini
oshiradi. Betonga suv o ‘tkazmaslik bo‘yicha talablar suv muhiti flltrlanishi
mumkin bo‘lgan joylarda, ya’ni gidrotexnik va meliorativ inshootlarda,
rezervuarlarda qo‘yiladi.
Sovuqqa chidam lilik. Betonga suv kirib muzlashi natijasida ichki
zo‘riqish hosil bo‘ladi va beton asosida tayyorlangan konstruksiyalami
buzadi. Sovuqqa chidamlilik betonning g ‘ovakligiga va g ‘ovaklikning
xarakteriga bog‘ liq, chunki mikrog‘ovaklarda suvning muzlash harorati juda
past bo‘ladi. Shu sababli tarkibi to‘g ‘ri tanlangan, yaxshi zichlashtirilgan,
mustahkam betonlaming sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi.
Betonning sovuqqa chidam liligi tomonlari 10, 15, 20 sm. kub
shaklidagi namunalarni standart usulda sinab aniqlanadi. Sovuqqa
chidamlilik bo'yicha og‘ir beton quyidagi markalarga bo'linadi: F 50, F
75, F 100, F 150, F 200, F 300, F 400, F 500.
85
Betonning sovuqqa chidamliligini oshirish uchun tarkibiga gidrofob,
difil qo'shimchalar, zichlashtiruvchi mineral kukunlar kiritish, konstruksiya
yuzasini yupqa o ‘rama yoki sepiladigan izolyatsiya materiallari bilan
himoyalash, yuza qismlari maxsus polimerlar bilan shimdiriladi.