To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


hosil  boMadi. 2.5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining turlari



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/187
tarix25.09.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#148489
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

hosil 
boMadi.
2.5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining turlari
Xarsangtosh. Massasi 20—40 kg. uzun tomoni 50 sm. bo ‘Igan noto ‘g
-
ri shakldagi tog' jinslari xarsangtosh deyiladi.
Xarsangtosh portlatish 
usulida, 
plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib harakatga keltiriladigan 
mexanizmlaryordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho‘kindi 
tog* 
jinslariga ishlov berib olinadi. Cho‘kindi jinslar tarkibida giltuproq va 
pirit 
qo'shilmalari bo‘lmasligi kerak.
Xarsangtoshning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa dan 
suvda 
yumshash koeffitsiyenti 0,8 dan kam bo‘lmasligi kerak. Xarsangtosh 
isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa maydalanib 
boton uchun 
to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
27
f


Shag‘al. Shag‘al cho‘kindi tog‘ jinslami elab fraksiyalarga ajratib, gil 
va changdan tozalash uchun yuvib olinadi.
Chaqiqtosh. 
Xarsangtoshlami 5-70 mm. (150 mm. gacha) fraksiyada 
maydalab, chaqiqtosh olinadi. Mayda fraksiyadagi chaqiqtoshlami olish 
uchun xarsangtosh bir necha marta maydalanadi.
Qum . Qum 0,15-5 mm. fraksiyadagi barcha tabiiy tosh materiallari­
ning qismidir. Qum tarkibida gil va chang miqdori me’yorlangan bo‘lib, 
m e’yor-dan o rtig‘i beton va qorishmalar xossalarini yomonlashtiradi. 
Shag‘al, chaqiqtosh va qum beton uchun to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladi. 
Bu materiallar tarkibida tabiiy radionuklidlar borligi haqida sertifikat 
bo‘lishi shart.
Devor toshlari va plitalari. 
Devor toshlari va bloklari, asosan, tuf 
hamda g ‘ovak ohaktoshlardan mexanizmlar vositasida arralab layyorlanadi. 
Devor toshlari 390* 190* 188; 490x240* 188; 390x 190x288 mm. o ‘lcham- 
larda ishlab chiqariladi. Devorbop bloklar tuf, ohaktosh, dolomit, qumtosh, 
andezit kabi toshlardan hajmi 0,1 m3 kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi 
maqsadga muvofiqdir.
Devor toshlari tashqi devor uchun o‘rtacha zichligi 2300 kg/m3 kam 
bo‘lgan tog‘ jinslaridan tayyorlanadi. Toshlaming suv shimuvchanligi 30 
foizgacha, sovuqqa chidainliligi F 15.
Plitalar qurilishda keng miqyosda ishlatiladi. Yuqori mustahkamlik, 
qattiqlik va sovuqqa chidam lilikka ega b o ‘lgan granitsim onlar va 
boshqa magmatik tog‘ jinslari monumental bino poydevorlarida, daryo 
qirg‘oqlarini mustahkamlashda, ko‘prik qoplamlarida ishlatiladi.
Marmar, chig‘anoqli ohaktosh, gips, angidrit kabi toshlar asosidagi 
plitalar m a’muriy bino va inshootlaming ichki bezagi uchun ishlatiladi. 
Bino va inshootlaming tashqi bezagi uchun atmosfera muhitiga chidamli 
ohaktosh, dolomit, qumtosh, vulqon tuflari, marmar kabi tosh plitalar 
ishlatiladi. Tashqi bezak plitalari qalinligi 4-8 sm. ichki bezak plitalari 
qalinligi esa 1,2-4 sm. boiadi. Olmos arralar yordamida kesilgan 5-10 mm. 
qalinlikdagi tejamli tosh plitalar binolaming ichki bezagi uchun ishlatiladi.
Granit, andezit, diabaz, kvarsit kabi kislotaga chidamli toshlar asosida­
gi plitalar kimyo sanoatida, mineral o‘g ‘itlarni saqlaydigan binolami va 
shu kabilar korroziyadan muhofaza etishda ishlatiladi.
Bino va inshootlar pollari va zinapoyalarida ishlatiladigan toshlar 
bezak sifatidan tashqari, yedirilishga chidamli va sirpanmaslik talablariga
28


javob berishi kerak. Trotuar plitalari zich, sovuqqa chidamli qumtosh, 
gneys, ohaktosh Jcabi toshlardan tayyorlanadi. Ular tomonlari 20-80 sm., 
qalinligi 4-15 sm. bo‘lgan kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi.
Bruschatka va bqrt toshlari, asosan, zich, sovuqqa chidamli magmatik 
to g‘ jinslaridan m e)(anizatsiyalashgan usulda tayyorlanadi va y o ‘l 
qurilishida qoplama 
m a terial 
sifatida ishlatiladi. Bort toshlari balandligi 
30-40 sm. eni va uzunligi turlicha bo‘lishi mumkin.
Tabiiy toshlarni tashish hamda saqlashda ularni mexanik, ob-havo 
ta’sirlaridan asrash zarur. Ayniqsa, jilolangan plitalar tashilayotganda, 
tushirilayotganda ehtiyot choralari yuqori bo‘lishi kerak.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin