q o ‘shiladi. Gil tarkibidagi dala shpati magmatik (granit, siyenit va
h.k.) va metamorfik (gneys) tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan
mahsulotdir. Shu sababli xomashyo tarkibi, asosan, alumosilikatlardan
(Al20 3-2Si02-2H2p ) iborat bo‘lib, kvars,
sluda va boshqa minerallar,
organik m oddaiar^ralashgan b o iish i mumkin. Gil tarkibida ohakning
boMishi keramik material olish jarayonida ulaming buzilishiga olib keladi.
Gilning donador tarkibi, zarrachalaming o‘lchamlari keramik material
xossalariga ta’sir etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Uning zarrachalari diametri 0,05 mm. va undan kamroq bo‘lsa, gil suvga
qorilganda plastik massa hosil bo‘ladi, quritilganda shaklini saqlab qoladi
va kuydirilgach buyum mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi. Bundan
tashqari, gil tarkibida zarracha o ‘lchamlari 0,005-0,15 mm. changsimon
va zarracha o‘lchamlari 0,16-5 mm. qum boMishi mumkin.
G illarning
asosiy xossalari - plastikligi, havoda va kuydirishdagi
kirishishi, olovbardoshligi, buyumning rangi va h.k.
Plastiklik gil va suv qorishmasining tashqi kuch ta’sirida yoriqlar
hosil
qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingach ushbu shaklni saqlab
qolish xususiyatidir. Gil zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, u shunchalik
suvni ko‘p talab qiladi va buyumni quritish va pishirish jarayonida kirishish
yuqori bo‘ladi. Gillaryuqori plastik (yog‘li), o ‘rtacha plastik vakam plastik
(yog‘siz) bo ‘ladi. Yog‘li gillarga ishlov berish oson,
lekin buyumlarni
quritish va pishirish jarayonida hajmi kichrayadi va darzlar hosil bo‘ladi.
Gil plastikligini oshirish maqsadida yuqori plastiklikdagi gil, bentonitlar
va sirt aktiv moddalar (texnik lignosulfonat va shu kabilar) ishlatiladi.
Yuqori plastiklikdagi gilni yog‘sizlantirish uchun xomashyo aralashmasiga
yog'sizlantiruvchi qo‘shimchalar (shamot, shlak, kul, mayda qum va shu
kabilar) plastikligi kam gil qo‘shiladi. Keramik materialda g ‘ovak hosil
qilish uchun uning tarkibiga yog‘och qipig‘i, toshko‘mir kukuni, lignin
kabi kuydirish jarayonida yonib ketadigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Ular
yog'sizlantiruvchi hisoblanadi.
Gil tarkibiga dala shpati, dolomit, magnezit, qumtosh,
shisha kukuni
va shu kabilar keramik buyumlaming pishirish haroratini pasaytirish uchun
qo‘shiladi. Keramik buyumlaming kislotaga bardoshliligini oshirish uchun
tarkibiga suyuq shisha va qum aralashmalari birgalikda qo‘shiladi. Temir,
kobalt, xrom, titan kabioksidlari kiritilib, rangli keramika buyumlari
tayyorlanadi.
Keramik buyumlar suv o ‘tkazmasligi yoki yuzasi tekis,
chiroyli
bo'lishi uchun yuzasi glazuryoki angob bilan qoplanadi (sirlanadi). Glazur
31
0 ,1-0,2 mm. qalinlikdagi shishasimon qoplama bo‘lib, pishirishjarayonida
keramik materiallarga katta kuch bilan yopishadi. Glazurlar shaffof va
shaffof emas turli ranglarda bo‘ladi. Glazur kvars qumi, kaolin, dala shpati,
ishqorli va erishqorli metallar kukun aralashmalaridan tayyorlanadi va
buyum yuziga kukun yoki suspenziya holatida pishirishdan oldin surtiladi.
Angob oq yoki rangli gil qorishmasi buyum yuziga surtilib,
pishirib
olingan yaltiram aydigan qoplam a bo ‘lib, buyumlarning yuza qismi
zichligini oshiradi. Angob va keramik buyumlar xossalari o ‘xshash bo‘lishi
zarur, aks holda qoplama ko‘chib ketishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: