To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/187
tarix25.09.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#148489
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

4.5. Bezak oynasi
Bezak oynasi me’morchilik, dekoratsiya ishlarini bajarishda ishlatiladi. 
U rangli, yorqin, yaltiroq, atmosfera muhitiga chidamli va mustahkam 
bo‘lishi kerak. Bezak panellari oynasi (stemalit) toblangan polirovkalangan 
qalin oyna (6 mm.) ichki yuzasiga rangli keramik bo‘yoqlar qoplamasi 
surtilib olinadi. Stemalit jam oat binolari - mehmonxonalar, vazirliklar, 
ekspomarkazlar va shu kabilami bezashda ishlatiladi.
Marbilit qalin(12 mm.) rangli oyna bo‘lib, birtomoni polirovkalangan 
va ikkinchi tomoni esa g ‘adir-budur bo ‘ladi. U binolarni bezashda, 
deraza osti taxtalari, sotuv vitrinalari, ish stollari tayyorlashda ishlatiladi.
47


Emallangan shisha plitka 150x150, 150x175 mm o‘lchamlarda, qalinligi 
3-5 mm. chiqindi oynadan shisha emali qoplab tayyorlanadi. U quritilgach, 
xumdonda kuydiriladi. Mahsulot binolami ichki bezagi uchun ishlatiladi.
4.3-rasm. Shisha mozaika.
Shisha mozaika -
gilam m ozaika va smalt turlariga bo‘linadi. 
Gilam mozaika 20x20 mm. yoki 25x25 mm. o ‘lchamdagi so‘niq rangli 
plitkalardir. Smalt rangli shisha bolaklari bo‘lib, badiiy mozaika hosil 
qilishda ishlatiladi. Gilam mozaika va smalt qurilish-me’morchilikda 
pannolar va rasmlar barpo etishda ishlatiladi.
4.6. Shisha buyumlar va konstruksiyaiar
Kovakli shisha bloklar -
payvandlangan ikki bo‘lakdan iborat, numi 
taratuvchi, issiqlik va tovush izolyatsiyalovchi xususiyatlarga ega. Shisha 
blok ichki tomonidagi chiziqli bo‘rtmalar numi taratishga yordam beradi. 
Ularning nur o ‘tkazuvchanligi 65 foizdan kam emas, numi taratishi 25 foiz, 
issiq o ‘tkazuvchanligi 0,4 W/(m°S). Shisha bloklar rangli va ko‘p bo‘lmali 
bo‘ladi. Ular santexkabinalarda, maishiy xizmat, xonalarda ishlatiladi.
4.7-rasm. Kovakli shisha bloklar.
48


Shishaprofilit
- qobi rg ‘ a, shveller, tavr, yarimaylana, paket ko‘ndalang 
kesimli (profilli).bo‘lib, maxsus mustahkam shishadan tayyorlanadi. 
Shveller profilli shisha profflit eni 250-500 mm. paketliniki 250-300 mm. 
bo‘ladi. Ulaming armajurali va armaturasiz, rangli va rangsiz turlari bo‘lib, 
yig‘ilayotganda maxsus sovuqqa va suv muhitiga chidamli qistirmalar 
yordamida zichlashtirilaSi. Ular sanoat binolari, sport inshootlari, transport 
to‘xtash joylari qurilishida ishlatiladi.
Ko‘p ik shisha
- bir tartibda joylashgan yumaloq kovakchalarning 
(diametri 0,1 - 0,6 mm.) o‘zaro yupqa shisha devor bilan ajratilishidan hosil 
bo‘lgan. Ko‘pik shisha sanoatda ishlab chiqariladigan shisha chiqindilami 
tuyib, gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalar (koks, ohaktosh, marmar va shu 
kabilar) qo‘shib 700-900 
S
da eritiladi va qolipga quyiladi.
Suyultirilgan shishada q o ‘shilm alar gaz hosil qiladi va qotish 
jarayonida buyum da m ayda g ‘ovakchalar paydo b o ‘ladi. Bu esa 
buyumning o ‘rtacha zichligi, issiqlik va tovush o ‘tkazuvchanligini 
kamaytiradi. Uning g‘ovakligi 85-95 foiz, o ‘rtacha zichligi 200 - 400 kg/ 
m3 issiqlik o ‘tkazuvchanlik koeffltsiyenti 0 ,0 8-0 ,1 2 W/(m°C), siqilishdagi 
mustahkamligi 0,5-12,5 MPa.
Ko‘pik shishadan o‘lchamlari 1000*500* 125 mm. yoki 500*500* 125 
mm. lik blok va plitalar tayyorlanadi. Uni arralash, kesish yoki parmalash 
mumkin. Buyumlar sovuqqa va kimyoviy muhitlarga chidamlidir. Ko‘pik 
shisha qurilishda ko ‘p qatlamli tem irbeton panellarda, g ‘isht hamda 
yog‘och taxta devorlarda, pollar va qavatlararo plitalarda sirti 400 °S gacha 
qiziydigan uskuna va quvurlami qoplashda issiqlik izolyatsiyasi qatlami 
sifatida ishlatiladi.
Shisha tola -
borosilikatli shishani yuqori haroratda eritib, diametri
0,0002-0,03 mm. teshikdan tortib chiqarib, g'altaklarga o ‘rab olinadi. 
Shisha tolasining cho‘zilishdagi mustahkamligi (2000 - 4000 MPa). 
Shisha tolasining (diametri 0,04 mm.) o ‘rtacha zichligi 40-50 kg/m3 
Shisha tolasidan tayyorlangan ip, mato, namat, plita, qobig1 va shu kabilar 
qavatlararo plitalar, pardevorlar, tom va yopma plitalar tayyorlashda 
issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Chiqindi hisoblangan 
chigal va katta diametrli shisha tolasidan presslab olingan shisha namatni 
bitum yoki smolalarda shimdirilgan mahsulot qurilish konstruksiyalaming 
yer osti qismini korroziyadan saqlash, issiqlik trassalarini izolyatsiyalashga 
ishlatiladi.
Energiya tejamkor shishapaket.
(4.2-rasm). Sovuq kunlarda oddiy 
oyna qo‘yilgan xonalarda 50 foizgacha issiqlik yo‘qotiladi va oynalarga
49


yaqin joyda harorat past bo‘ladi, bu holat «sovuq devor aktivligi» deyiladi. 
Hozirda ikki tipda - kichik emissiyali oyna qoplamasi ishlatiladi: К -
shisha - «qattiq» qoplamali va 
i -
shisha - «yumshoq» qoplamali. Yumshoq 
qoplamali oynalar yuqori samarali bo‘lib, narxi arzon. Kichik emissiyali 
oynalarni dunyoda bir necha kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ulaming 
ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bo‘lib, ishlab chiqaruvchidan 
yuqori m ahorat talab qiladi. Ishlab chiqaruvchilar orasida Glaverbel 
kompaniyasi mashhur. Ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan yumshoq 
qoplamali kichik emissiyali deraza oynalari - shisha paketlar uchun 
mo‘ljallangan issiq tejamkor, shaffof va nur o ‘tkazuvchi paketlar uchun 
mo‘ljallangan. «Planibel top N» va «Planibel Ton NT» (toblash mumkin), 
«Energy N» va «Energy NT-neytral», qish-yoz mavsumlarida xonalarda 
mo‘tadil haroratni ta’minlovchi hamda energiyatejamkor xossalarga ega 
bo‘lgan «Sunergi» va «Stopray» arxitektura oynalari kiradi.
Kichik emissiyali shishapaketlar ikki va ko‘p kamerali oddiy shisha 
paketlardan afzaldir. Ular ikki kamerali shishapaketlarga nisbatan 20 foiz 
issiqlik tejamkor hisoblanadi.
Bunday oynalar yoz kunlari quyosh nurini qaytaradi, chunki nurni 
qaytarish faolligi ikki tomonlama bo‘ladi, natijada xonada salqin havo 
saqlanadi. Bir kamerali energiyatejamkor shisha-paketda rezonans holati 
kuzatilmaydi, ushbu holat ikki va ko‘p kamerali shishapaketlarda ro‘y 
beradi. Kichik emissiyali shishapaketlar tashqi oynalarda ishlatilsa ham 
shovqindan izolyatsiya qiladi. Oddiy hollarda, odatdagi 4 mm. oyna 
o ‘miga 6 mm., hatto, 8 mm. oyna ishlatiladi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin