taranglangan sim bilan kesib tashlanadi. Gaz hosil bo‘lishini tezlashtirish
maqsadida isitilgan suvda gazbeton qorishmasi tayyorlanib, 40°S haroratda
qoliplanadi. Gazbeton qotishini tezlashtirish uchun avtoklavda 175~200°S
haroratda va 0,8-1 .3 MPa bosimda ishlov beriladi.
Gazbeton haral^tchanligini kamaytirmagan holda suv sarfini 25-30
foiz kamaytirish maqsadida gazbeton qorishmasi tayyorlanayotganda
va qoliplanayotganda titratish usulini qo‘llash mumkin. Avtoklavda
issiqlik va bosim ostida ishlov berish texnologik murakkab bo‘lgani
uchun gazbetonni xona hararatida sirtaktiv moddalar qo‘shib qotirish
texnologiyasi yaratilgan; qotishini tezlashtirish uchun atmosfera bosimi
ostida bug‘lash kifoyadir.
Dostları ilə paylaş: