Pardozlash quruq qorishmalari mineral yoki polimer bog‘lovchilar,
mineral va shisha tolasi kabi issiqlik izolalsiyasi materiallari, to‘ldirgichlar,
rangli pigmentlar va boshqa qo‘shimchaIar asosida tayyorlanadi.
Issiqlik
izolyatsiyasi xususiyatiga ega bo‘lgan pardozlash qatlami panel va plitalar
asosida qurilgan hg^iolarda issiqlik yo‘qotilishini kamaytiradi.
7.3.1. Temirbeton buyum va konstruksiyalarni ishlab
chiqarish usullari
Yig‘ma temirbeton
konstruksiyalar zavodda stend, potok-agregat va
konveyer usullarida ishlab chiqariladi.
Stend usulida -
temirbeton konstruksiyalar qo‘zg‘almas qoliplarda
tayyorlanadi, texnologik operatsiyalami amalga oshiradigan mexanizmlar
va agregatlar postdan postga siljiydi va har bir postda muayyan operatsiya-
lar belgilangan ketma-ketlikda bajariladi.
Temirbeton konstruksiyalar stend yoki matritsa
qoliplarda qotishini
tezlashtirish uchun issiq suv, bug‘, elektr
toki va shu kabi usullarda
ishlatiladi. 0 ‘zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida temirbetonni
geliotermoishlov usulida qotishini tezlashtirish mumkin.
Stend usulida, massiv to ‘sinlar,
ustunlar, fermalar, arkalar, uysozlik
panellari armaturasi aw aldan taranglangan ko‘prik konstruksiyalari va shu
kabilar tayyorlanadi. Texnologiya mexanizm
va agregatlaming soddaligi,
qat’iy ishlab chiqarish ritmiga amal qilinmasligi bilan boshqa usullardan
farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: