Tog’ kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti


Moliyaviy nazaoratni amalga oshiruvchi idoralar



Yüklə 245,65 Kb.
səhifə7/8
tarix22.12.2023
ölçüsü245,65 Kb.
#189820
1   2   3   4   5   6   7   8
biznes-reja, uning bo\'limlari va mazmuni mustaqil ish

Moliyaviy nazaoratni amalga oshiruvchi idoralar.



Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi idoralar turiga ko‘ra :
– davlat hokimiyati va mahalliy idoralar tomonidan;
– Prezident devoni tomonidan;
– umumiy vakolatli ijroiya idoralari tomonidan;
– moliya kredit idoralari tomonidan;
– ichki xo‘jalik moliya nazorati;
– auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazoratlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hokimiyatning taqsimlanishi qoidasi belgilab qo‘yilganligi, hokimiyat idoralari tomonidan ijro idoralari ustidan nazoratning amalga oshirilishiga katta ahamiyat beradi. Bunday nazoratning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asoslab qo‘yilgan (77-m., 8–6.). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, uning qo‘mitalari va komissiyalariga, ayniqsa budjet va moliya qo‘mitasiga barcha davlat idoralari faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish yuzasidan katta vakolatlar berilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati idoralari to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, mahalliy davlat idoralari (viloyat, shahar, tuman) hokimlari va ularning ijroiya mahkamalariga ham moliyaviy nazorat sohasida muayyan vakolatlar berilgandir. Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari faoliyatini moliyaviy-xo‘jalik jihatdan nazorat qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi muhim o‘rin tutadi. Moliyaviy nazorat O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ham amalga oshiriladi. Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida doimiy va muvaqqat tuzilmalar tashkil etiladi.
Moliyaviy nazoratning amalga oshirilishida jamiyatning ana shu maqsadga ixtisoslashgan maxsus davlat idoralari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat muhim o‘rin tutadi. Bular qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi kiradi. Moliyaviy nazoratning amalga oshirilishida bank muassasalari ham ahamiyatga ega. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunlarda banklar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari, uslublari va vazifalari mustahkamlab qo‘yilgandir.
Bozor munosabatlari kuchayishi bilan nazoratning yangi turi – auditorlik nazoratining ahamiyati tobora ortib bormokda. Auditorlik nazoratiga oid masalalar O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda belgilangandir.
Audit – moliyaviy nazorat. Audit – bu ishbilarmonlarga yuzaga kelgan yangi iqtisodiy voqyelikda paydo bo‘lgan muammolarni yechish borasida amaliy yordam ko‘rsatuvchi hamda ular faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda qonunchilikning buzilishini oldini oluvchi xizmat turi.
O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlari sharoitiga o‘tishi, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida turli mulklarning kelib chiqishi, banklarning rivojlanishi, bevosita mamlakatimizda audit tizimini tashkil etishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoyalashga ko‘maklashuvchi mustaqil moliyaviy nazorat tizimining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 2000- yil 26-mayda qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati amalga oshirilmoqda.
Auditor – belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan va auditorlarning kasb-kor ro‘yxatiga kiritilgan mutaxassis.

Yüklə 245,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin