biznes-reja, uning bo\'limlari va mazmuni mustaqil ish
Auditorlik firmasi – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, o‘z nizomiga ko‘ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan korxona.
Auditorning vazifalari quyidagicha:
– auditorlik tekshiruvlarini sifatli o‘tkazish va tekshirishlar o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish;
– o‘zi tekshirayotgan xo‘jalik yuritish subyektining rahbariyatiga tekshiruv chog‘ida aniqlangan buxgalteriya hisob-kitobi kiritish hamda moliyaviy hisobot hujjatlari tayyorlashga doir talablar va qonunlar buzilganligi hollarini ma’lum qilish;
– o‘z vazifalarini bajarish chog‘ida sir saqlash qoidalariga rioya
etishi. Mijozlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni faqat sud talabiga binoan oshkor etishga yo‘l qo‘yiladi;
– tekshirish tugallanib xulosa chiqarilgunga qadar qaror uzr va
sabablarsiz o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi;
– zarur hollarda, tekshiruv natijalarini ma’lum qilish uchun
mulkdorlarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilish.
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
– auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
– auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil
belgilash;
– auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshirayotgan moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
– auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davomida yuzaga kelgan
masalalar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish;
– uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni
xo‘jalik yurituvchi subyektdan olish;
– ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan bosh tortish;
– auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
– auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo‘jalik
yurituvchi subyektga professional xizmatlar ko‘rsatish, bundan
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
– auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lib kirish. Bundan tashqari, auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotining asosiy faoliyat turlari quyidagicha:
– auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
– auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;
– xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan auditorlik
tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarining talablari to‘g‘risidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi;
– auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning
maxfiyligiga rioya etishi;
– auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining
qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
– o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalariga doir auditorlik
xulosalari va auditorlik hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida mavjud bo‘lishini hamda ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashi;
– auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan
o‘tishlarini ta’minlashi;
– auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra axborot taqdim etishi;
– xo‘jalik yurituvchi subyektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishi kabilar. Shuningdek, auditorlik tashkiloti zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Majburiy tekshiruv qonunchilikda ko‘rsatilgan hollarda o‘tkazilishi mumkin. Sug‘urta kompaniyalarida, tijorat banklarida, aholini suv va yorug‘lik bilan ta’minlovchi korxonalarda majburiy audit tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin. Qolgan holatlarda audit tekshiruvlari faqat ixtiyoriy ravishda
olib boriladi. Yuqorida qayd etilgan qonunning 8-moddasida auditorning javobgarligi berilgan bo‘lib, ushbu moddaga asosan, auditor va auditorlik firmasi auditorlik tekshiruvlarni o‘tkazish chog‘ida ushbu qonunning va O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini buzganlik uchun:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq mulkiy va
ma’muriy javobgarlikka; Litsenziya bergan idoraning qaroriga muvofiq auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishgacha yoki bunday litsenziyadan mahrum etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar va Vebsaytlar:
“Moliya” A.V. VAHOBOV, T.S. MALIKOV. Toshkent-2012
“Moliyaviy Huquq” E. HOJIYEV, O. KAMALOV, B. ARTIKOV. Toshkent-2012