Tog’ kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti



Yüklə 245,65 Kb.
səhifə3/8
tarix22.12.2023
ölçüsü245,65 Kb.
#189820
1   2   3   4   5   6   7   8
biznes-reja, uning bo\'limlari va mazmuni mustaqil ish

Moliyaviy nazorat shakllari. Moliyaviy nazorat oldida turgan vazifalarni hal etishga uning har xil turlari, uslublari va tashkiliy shakllarini qo‘llash vositasida erishiladi. Dastlabki, joriy va davomiy nazorat birligi muhim ahamiyatga ega.
Nazoratga oid ilmiy ishlarda moliyaviy-xo‘jalik nazorat turlarini tasniflash belgilari sifatida ko‘pincha uning shakllarini farqlash mezonlari deb qaraladi. Bu mezonlar esa, ba’zan noto‘g‘ri ravishda nazorat harakatlari texnikasiga tenglashtiriladi. Bunday talqin umumqabul qilingan shakl kategoriyasining mavjud bo‘lishi va predmet yoki hodisaning mazmunini ifodalash uslubi sifatidagi falsafiy talqiniga ziddir.
Moliyaviy-xo‘jalik nazorati shakllarini talqin etishda har qanday reallik ikki tomonining o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi umumiy kategoriyalar sifatidagi mazmun va shaklning o‘zaro aloqasi, munosabatidan kelib chiqish kerak. Shuni hisobga olgan holda, moliyaviy nazorat shakllari deganda, nazorat funksiyalarini bajarish uchun yo‘naltirilgan nazorat harakatlarini aniq ifodalash va tashkil etish uslublarini tushunmoq kerak.
Shakl hamma vaqt mazmunga aks ta’sir ko‘rsatganligi sababli, nazoratning eng samarali shakllarini tanlab olish, muayyan bir xo‘jalikni yuritish vaziyatlari va iqtisodiyotni boshqaruv ayrim bo‘g‘inlarini hal etuvchi vazifalarning qo‘llanish sohalarini aniq chegaralab olish muhim.
Moliyaviy nazorat shakllari sifatida dastlabki, joriy va davomiy nazoratga ajratish mumkin. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu bilan nazoratning uzluksizligini aks ettiradi. Ushbu tasnifga nazorat harakatlarini ularni amalga oshirish vaqtiga qarab aniq ifodalanishi va tashkil etilishining ayrim tomonlari asos qilib olingan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida dastlabki nazorat tobora ko‘proq rol o‘ynamoqda. U moliya operatsiyalarini amalga oshirishdan oldin amalga oshirilib, ogohlantiruvchi xususiyatga egadir. Bozor munosabatlari iqtisodiy xatolar, xo‘jasizlik va qonunbuzarliklar natijasida yuzaga keladigan zarar, ziyonlar va yo‘qotishlar bilan to‘g‘ri kelmaydi. Ularni imkon qadar kamaytirish uchun moliyaviy rejalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bosqichida noqonuniy harakatlar, kamchilik va tartibbuzarliklarning oldini olishdan iborat bo‘lgan, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan dastlabki moliyaviy nazorat tizimi bo‘lishi zarur.

Yüklə 245,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin