Solenoidning magnit maydoni. Solenoid deb, juda ko‘p sondagi bir biriga zich qilib o‘ralgan tokli o‘tkazgichlardan iborat bo‘lgan silindrik g‘altakka aytiladi. Solenoidni bir xil radiusli ketma-ket ulangan aylanma toklar sistemasi deb ham qarash mumkin.
8-rasm Bio-Savar-Laplas qonunidan foydalanib solenoid ichidagi magnit maydon induksiyasini toppish formulasini keltiramiz. Solenoid uzunligi uning diametridan juda katta bo‘lgan holda solenoid ichidagi yoki o‘qidagi nuqtadagi magnit maydon induksiyasi quyidagiga teng:
(24)
Bu yerda I – g‘altakdagi tok kuchi, l – g‘altak uzunligi, N – o‘ramlar soni, - g‘altak uzunligiga to‘g‘ri keluvchi o‘ramlar soni.
Magnit maydon kuchlanganligini hisoblashning juda ko‘p usullari mavjud. Masalan, vektor potensial usuli, to‘la tok usuli, Gauss usuli va hakoza. Bu usullardan biz tegishli joylarda foydalanamiz.
II. O‘lchash uslubining nazariyasi va qurilmasining tavsifi Bio –Savar qonuniga asosan I tok o’tayotgan o’tkazgich atrofidagi P nuqtadagi magnet maydoni o’tkazgichning cheksiz kichik qismlarining magnit maydonlarining ulushlarining yig’indisidan iborat bo’ladi
(25)
bu yerda
O’tkazgichning uzunligi va yo’nalishi dsvector yordamida ifodalanadi. O’tkazgichning kichik qismidan P nuqtaga o’tkazilgan radius vector rorqali berilgan (1-rasmga qarang).
Shuning uchun umumiy magnit maydon integral hisob yordamida aniqlanadi. Bu holda analitik yechim faqat ma’lum simmetriyaga ege bo’lgan o’tkazgichlar uchun hisoblanishi mumkin bo’ladi. Masalan cheksiz uzun o’tkazgichning magnit maydoni o’tkazgich o’qidan r masofada (2)
(2)
va maydon kuch chiziqlari silindr o’qi atrofida konsentrik shaklda bo’ladi. (2 –rasmga qarang)
1 –rasm. Tokli o’tkazgich magnit maydonini integral usulda hisoblash.
2 – rasm. Chеksiz uzun tokli to’g’ri o’tkazgichning magnit maydoni.
Radiusi R bo’gan aylanma halqa shaklidagi o’tkazgichning aylana o’qi ustida halqa markazidan x masofadagi nuqtaning magnit maydoni
(3)
Uning maydon kuch chiziqlari aylana o’qiga parallel bo’ladi. (3-rasmga qarang) Bu tajribada yuqorida qayd etilgan o’tkazgichlarning magnit maydoni mos ravishda aksial yoki tangensial B-probe metodi yordamida o’lchanadi. B-probe ning Xoll datchigi yupqa plastinka shaklida bo’lib, u magnit maydonining o’z yuzasiga perpendikulyar bo’lgan komponentalariga sezgir bo’ladi. Shuning uchun magnit maydoni kuchlanganligining nafaqat qiymatini balki uning yo’nalishini ham aniqlash mumkin. To’g’ri o’tkazgich uchun magnet oqimi zichligi B ning r masofadan bog’liqligi o’rganiladi, aylanma shakldagi otkazgich uchun esafazoviy koordinata x dan bog’liqligi o’rganiladi. Bundan tashqari, magnit maydon induksiyasi B va tok kuchi I o’rtasidagi proportsionallik ham tekshirib ko’riladi.
3-rasm. Aylanma halqa shaklidagi o’tkazgichning magnit maydoni.
III. Ishni bajarish tartibi