Eksperimental qurilma va tajribalarni o’tkazish a) To’g’ri o’tkazgichning magnit maydoni. Eksperimental qurilma 4 –rasmda tasvirlangan.
Kichik optik qurilmani shtativga o’rnating va uni gorizantal xolatda -(a) shtepsel uchun tutgichni Leyboldga maxkamlang.
To’g’ri o’tkazgich uchun tutgichni maxkamlang , to’g’ri o’tkazgichni unga o’rnating va katta tokli manbaga ulang.
Tangensial B-probe ni teslametrga ulang va teslametrni nolini o’rnating (teslametr uchun ko’rsatmalarga qarang)
Tangensial B-probe ning chap uchini Leyboldga shkalada 50.0 sm belgiga To’g’irlab va to’g’ri o’tkazgich o’rtasining balandligiga to’g’irlab o’rnating.
To’g’ri o’tkazgichni Xoll datchigi tomon deyarli unga tegadigan darajada yaqin qilib o’rnating.(S=0 bo’lsin)
Tok kuchi I ni xar 2 A qiymatga 0 A dan, 20 A gacha oshiring. Xar safar B magnit maydonini o’lchang, qiymatini yozib oling.
I=20 A ga B-probe ni unga tomon qadam-ba qadam siljiting, B magnet maydonini masofaning funksiyasi sifatida o’lchang va qiymatlarini yozib oling.joylashtiring.
b) Aylanma xalqa shaklidagi o’tkazgichning magnit maydoni Eksperimental qurilma 5-rasmda tasvirlangan.
-To’g’ri o’tkazgich uchun tutgichni o’tkazgich halqa uchun adapter bilan almashtiring va unga diametric 40 mm bo’lgan o’tkazgich halqani biriktiring.
Aksial B-probe ni teslametrga ulang va teslametrning nolini o’rnating (teslametr uchun ko’rsatmalarga qarang)
Aksial B-probe ni Leybold ga chap uchi 70.0 sm shkala belgisiga to’grilab joylashtiring. B-probe ni o’tkazgich halqa markaziga to’g’rilab joylashtiring.
O’tkazgich halqani imkoni boricha Xoll datchigiga aniq joylashtiring.
I tok kuchini har safar 2 A qiymatga 0 A dan to 20 A qiymatgacha oshiring. Har safar magnit maydonini o’lchang va qiymatini yozib oling.
I=20 A da B –probni chap tarafga va ong tarafga qadam –baqadam siljiting, har safar magnit maydonini o’lchang, ya’ni magnit maydonini fazoviy koordinata x ning funksiyasi sifatida o’lchang. O’lchagan qiymatlarni yozib oling.
40 mm li o’tkazgich halqani 80 mm li o’tkazgich halqa bilan almashtiring va keyin 120 mm li o’tkazgich halqa bilan almashtiring. Barcha hollarda magnit maydonini fazoviy koordinata x ning funksiyasi sifatida o’lchang.
4 –rasm. To’g’ri o’tkazgichning magnit maydonini o’lchash uchun eksperimental qurilma.
5 –rasm. Aylanma halqa shaklidagi o’tkazgichning magnit maydonini o’lchash uchun eksperimental qurilma.
I, A
B, mT
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
20
2-jadval. To’g’ri o’tkazgichning magnit maydoni o’tkazgich yuzasi va B-probe o’rtasidagi masofa s ning funksiyasi sifatida ( I = 20 A )