To‘G‘ri o‘tkazgich va aylanma halqaning magnit maydonini o’lchash ishning maqsadi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/8
tarix15.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#69245
1   2   3   4   5   6   7   8
L5-laboratoriya

1-rasm
dF = [I0dl0 B ] (2)
yoki uning moduli
(3)
Bu formula elektrostatikadagi F=qE ga o‘xshashdir.
Vektor sinash tok elementi kattaligiga va yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmaydi, demak maydonning xarakteristikasi bo‘la oladi. Unga magnit maydon induksiya vektori deb aytiladi.
Tok elementi vektoriga perpendikulyar yo‘nalgan bo‘lsa, (=/2, sin=1) dF kuch maksimal bo‘ladi va u dF = I0dl0 B ga teng bo‘ladi. Bundan magnit induksiyasini quyidagicha yozish mumkin:


(4)

Bu ifoda ham elektrostatikadagi E=F/q formulaga o‘xshashdir. Bundan ko‘rinadiki, magnit induksiya vektorining kattaligi son jihatdan birlik tok elementiga (I0 =1A, dl0=1m) ta’sir qiluvchi maksimal kuchga teng bo‘ladi. Magnit induksiyasining o‘lchov birligi qilib, XB sistemasida “tesla” (Tl) qabul qilingan: 1Tl=1N/1A*1m=1Vb/m2


Har qanday vektor maydon singari, magnit maydonini ham magnit induksiya vektori chiziqlari oilasi orqali tasvirlash mumkin (elektrostatikadagi kabi). Magnit induksiya chiziqlarining manzarasi o‘zining xarakteri jihatidan elektrostatik maydon kuch chiziqlaridan tubdan farq qiladi. Ma’lumki, elektrostatik maydon kuch chiziqlari zaryadlardan boshlanib, zaryadlarda tugar edi, magnit induksiya kuch chiziqlarining boshlanish va oxiri yo‘q - ular yopiq chiziqdan iborat bo‘ladi. Magnit induksiya chiziqlarining bu xossasi 2 rasmda yaqqol ko‘rinadi, a) to‘g‘ri chiziqli cheksiz uzun o‘tkazgich, b) aylanma tok v) tokli g‘altakning magnit maydon manzarasi tasvirlangan.



2 - rasm
Chiziqlari yopiq bo‘lgan vektor maydoniga uyurmali maydon deyiladi. Demak, doimiy magnit maydoni- uyurmali bo‘lib, uyurmali emas elektrostatik maydonidan farq qiladi. Ma’lumki, elektrostatik maydonning kuch chiziqlari yopiq emas edi.
Superpozitsiya prinsipi. Savol tug‘iladi: qanday qilib toklar hosil qilgan magnit maydonning taqsimlanishini yoki maydonning induksiyasini hisoblash mumkin. Eslatib o‘tamizki, bunday muammoga elektrostatikada ham duch kelgan edik, ya’ni zaryadlarning taqsimlanishi berilgan bo‘lsa, superpozitsiya prinsipi asosida elektrostatik maydon kuchlanganligini hioblagan edik.
Tajribalar tasdiqlaydiki, shunga o‘xshash prinsip magnit maydonida ham mavjud bo‘ladi: tokli o‘tkazgichlar sistemasi tomonidan hosil qilgan maydonning muayan nuqtadagi magnit induksiyasi shu nuqtada alohida toklar qismlari hosil qilgan magnit induksiyalarining yig‘indisiga teng bo‘ladi. Hususan, agar o‘tkazgichlarni fikran cheksiz kichik elementlarga bo‘lsak, quyidagiga ega bo‘lamiz
(5)
Bu yerda - alohida tok elementi tomonidan hosil qilingan magnit maydon induksiyasi bo‘lib, integrallash sistemadagi barcha tokli o‘tkazgichlar bo‘yicha bajariladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin