Tolipova t


BOSHLANG‘ICH TABIATSHUNOSLIK O‘QITISH



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə10/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#120657
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda STEAM yondashuv (O‘quv-uslubiy qo‘llanma)

BOSHLANG‘ICH TABIATSHUNOSLIK O‘QITISH


METODIKASI
    1. Tabiatshunoslikda ilg‘or pedagogik texnologiyalar


Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi - tabiatshunoslikni o‘qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z fanini o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
Maqsadi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo‘llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o‘rgatishga tayyorlashdir.
Vazifasi - o‘quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o‘qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o‘quv jihozlarini tayyorlashdan iborat. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi faqat o‘qitish jarayonini ta’riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, ularga asoslanib, o‘qituvchi shu predmet bo‘yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o‘qitishi mumkin.
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi o‘qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini, jumladan sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o‘qitish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. O‘qitish amaliyotini har tomonlama o‘rganish va natijalarni keyin ijodiy ravishda umumlashtirish asosida o‘qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi va uni yana ham yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o‘rganilayotgan narsalarni (o‘simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishini ta’minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o‘qitishni qo‘llanish bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi.
Pedagogik fan sifatida tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi didaktika bilan chambarchas bog‘langan. O‘quv materialini tanlash va uni sinflar bo‘yicha taqsimlashga bo‘lgan talablar didaktika bilan izohlanadi, ular xususiy metodik masalalarni hal qilishda, o‘qitish metodlarini tanlashda, shuningdek o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini har xil ko‘rinish va shakllarda tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o‘quvchi psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to‘g‘ri tanlash mumkin.
Hozirgi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimidan yangi pedagogik texnologiyalar o‘z o‘rnini egallayaptimi?
Ta’lim tizimi, shaxsni shakllantirishi uchun, davlat standarti talablari asosida hamda jahon ta’lim darajasida kadrlar yetishtirish uchun avvalo o‘qituvchilar, murabbiylar shaxsni har tomonlama mukammal bo‘lishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisining mas’uliyati katta, u umumiy ta’lim tizimining asosini, poydevorini yaratuvchi shaxsdir.
Yangilanayotgan boshlang‘ich ta’limga davlat va jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talabda ta’lim sohalari bo‘yicha o‘zaro muvofiqlik va mutanosiblik to‘la ta’minlanishi lozim. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim standartini belgilashda shuni hisobga olish kerakki, ta’lim jarayonining tarkibini, xuddi shu tarkibiy qismlarning mazmunini ham modernizasiyalash, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyani qo‘llash imkonini beradi.
An’anaviy pedagogika ta’lim jarayonini ming yillar davomida ikki tomonlama jarayon bo‘lib hisoblanar edi. Unda o‘qituvchisi o‘quv-tarbiya jarayonining subyekti, o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi shu jarayonning predmeti sifatida qaraladi. Didaktik hodisalarni nuqul o‘qituvchi faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib izohlash g‘oyasi uzoq tarixga ega. U dastavval Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika”, so‘ngra I.F.Gerbartning “Pedagogikadan leksiyalar”, keyinchalik K.D.Ushinskiyning “Inson-tarbiya predmeti sifatida” kabi asarlarida asoslangan edi. Bunda o‘qituvchi ta’lim jarayonining boshqaruvchi, o‘quchilar esa - ijrochi bo‘ladi.
Darsda o‘qituvchi bosh figura (subyekt) bo‘lib, u axborot yuborish, tezroq-tezroq o‘qitish bilan ovora, lekin o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish darajalari har xil, xohish-istaklari turlicha, ular passiv eshituvchi, quloq soluvchi, bu ularning o‘quv jarayonidagi mas’uliyatini, javobgarlik hissini susaytiradi. Demak, ular mustaqil fikr yuritish, mushohada qilish, xulosa chiqarishdan yiroqda.
Unda nima qilmoq kerak? Bu savolga javobni berish uchun biz ko‘pgina maqolalarni o‘qib chiqib va tahlil qilib, quyidagi xulosalarga keldik:
1- boshlang‘ich sinf dars jarayonida, ta’lim-tarbiya o‘quvchi faol xarakatlanuvchi kuch, ta’lim jarayoni ob’yekti emas – sub’yekti bo‘lishi kerak, ya’ni o‘qish, o‘rganish, muomala qilish o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak;
2 - o‘qituvchi esa o‘qitishdan o‘qishni o‘rganishga, bilim berishdan o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga ko‘maklashish zarur. U o‘quvchini ehtiyojidan muhit yaratishga va unda mas’uliyatni sezishga yo‘nalishi kerak. Bunga erishish uchun o‘qituvchi rahnamoligida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu o‘quv jarayoni zamonaviy didaktika uch komponentdan iborat jarayon deb qaraladi.
O‘quv jarayoniga bunday yangicha qarashning tub mohiyati shundan iboratki, o‘qitishda ichki motivasiyadan (diqqatni tortish, ichki tuyg‘u, istak zaruratni shakllantirish) kelib chiqish kerak. O‘quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch-o‘quvchi uchun ham, o‘qituvchi uchun ham ichki motivasiya bo‘lishi kerak:

Bunda o‘quvchilar bilim olishga intilish va ehtiyoj bo‘lishi kerak, o‘qish maqsadlari ichki ehtiyojga aylanishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qishga intilish va ehtiyojlarni shakllantirish va rivojlantirish ishlarining o‘ziga xosligi bor, chunki ular o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilariga nisbatan istiqbol maqsadlarga emas, ular yaqin, “ertangi” maqsadlarga qiziqadilar. Shuning uchun o‘qituvchi darslarga tayyorgarlik ko‘rishda o‘qitishning umumiy


maqsadini aniq, mazkur darsning maqsadiga aylantirish lozim.

B.Blum va L.Farbermanning g‘oyaga muvofiq bu jarayon pedagogik texnologiyaning tuzilmasi bunday tashkil etiladi:



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin