Tolipova t


Noan’anaviy o‘qitish usullari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə11/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#120657
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda STEAM yondashuv (O‘quv-uslubiy qo‘llanma)

Noan’anaviy o‘qitish usullari


Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda «Atrofimizdagi olam» (1-2- sinflarda) va «Tabiatshunoslik» (3-4-sinflarda) fanlari o‘qitiladi.
«Tabiatshunoslik» fani «Atrofimizdagi olam» fanining davomi bo‘lib, oz‘ining mazmuni va metodlari bilan o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash imkoniyatlariga ega.
«Tabiatshunoslik» fani yosh avlodni tabiatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi: unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo‘riqlash, asrash,
in’omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o‘z qo‘llari bilan yaratish va ko‘paytirishga chorlaydi.
Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o‘rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o‘quvchilarda tabiat to‘g‘risida, o‘z joyi va barcha mamlakatlarning tabiiy boyliklari to‘g‘risida bir butun tasavvurni shakllantirish kerak. O‘quvchilar Vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o‘zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat atrof bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatish g‘oyat muhimdir.
Shu talablarga ko‘ra kichik yoshdagi o‘quvchilarga:

  • o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida aniq bilimlar berish;

  • odam organizmi va uning salomatligini saqlash to‘g‘risida ma’lumotlar berish;

  • ularni tabiatda kuzatishlar o‘tkazish uquvi va ko‘nikmalari bilan qurollantirish;

  • tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko‘paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;

  • jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash kerak.

Umumta’lim maktablarini isloh qilishning asosi yo‘nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar, ko‘rsatilgan vazifalar, tabiatshunoslik kursida o‘quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e’tibor yanada kuchaytirishni, «Har bir o‘quvchining gigiyena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o‘z organizmi
tuzilishini bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilish nazarda tutadi.Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga muruvvatli munosabatni, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushunishni tarbiyalash kerak.
Zamonaviy pedagogika ta’lim va tarbiyaga, tarbiyalovchi ta’sir deb atalmish yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi:
Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o‘qitish o‘qituvchiga o‘quvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Tabiatshunosli bo‘yicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks ettiradi. O‘quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, o‘quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlar o‘zlashtirish jarayoni bilan bog‘liqdir.
Tabiatshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o‘yinlar, o‘lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog‘lamoq zarur.
Bularning hammasi o‘qituvchiga tabiatshunoslik bo‘yicha o‘quvchilar bilan shug‘ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishga ham imkon beradi. Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikni o‘qitishning maqsadi botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, geografiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Tabiatshunoslik darslari mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o‘quvchilarni odam mehnati — uning jismoniy ma’naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o‘qituvchi
mehnatga muhabbatni, astoydil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatni tarbiyalaydi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin