Tolipova t



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə12/29
tarix23.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#120657
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda STEAM yondashuv (O‘quv-uslubiy qo‘llanma)

Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba (yoki o‘quvchi) faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol («Inter» - bu o‘zaro, «act» - harakat qilmoq) – o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandur suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari – bilish va kommunikativ faoliyatini tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar
Innovatsion jarayonlar ham stixiyali, shuningdek, ongli boshqarilishi mumkin. Yangilik kiritish – bu eng avvalo, tabiiy va sun’iy o‘zgarishlar jarayonini boshqarish funksiyasi. Shuning uchun ta’limdagi innovatsion jarayon – bu ta’limdagi o‘zgarishlarni boshqarish jarayoni demakdir.

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining innovasion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:


yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi; pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; novatorlik darajasi;
kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi; ijodkorligi
Boshlang‘ich ta’lim darslarini o‘qitishning interfaol usullari asosida tashkil etish ularda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikka erishishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar hal etilishi lozim.

Ular quyidagilardan iboratdir:


  • boshlang‘ich ta’lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish;

  • boshlang‘ich ta’lim tabiat darslari pedagog xodimlari o‘rtasida interfaol metodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o‘quv seminarlarini tashkil etish;

  • ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o‘zlashtirilishiga erishish;

  • boshlang‘ich ta’lim darslari pedagoglarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuv hissini tarbiyalash;

  • boshlang‘ich ta’lim darslarining o‘qituvchilarida texnologik yondashuv asosida tashkil etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish;

  • boshlang‘ich ta’lim darslari o‘qituvchilari tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish;

  • boshlang‘ich ta’lim darslari o‘qituvchilarining texnologik asosda

pedagogik faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish;

  • boshlang‘ich ta’lim darslarining samaradorligini ta’minlash Boshlang‘ich ta’lim darslari o‘qituvchilari o‘rtasida interfaol

metodlar va ularning mohiyati xususidagi nazariy ma’lumotlarni targ‘ib etish muvaffaqiyatini pedagogik jamoa, shuningdek, individual pedagog xodimlarda ularni o‘rganishga nisbatan ehtiyoj, qiziqishning yuzaga kelishini belgilaydi. Yuzaga kelgan ehtiyoj hamda qiziqish ularni qondirish imkonini beruvchi amaliy faoliyatni tashkil etishga nisbatan qaror toptiradi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin