QURILISH– moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuritish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Ta’lim jarayonida mavzuga oid tugallangan va tayyorlangan model, mahsulotlari hisoblanadi.
TEST –(inglizcha-sinash) - bu biror bir faoliyatni bajarish uchun qaratilgan topshiriqlardir. Oʻquv maqsadiga muvofiq testlarni quyidagicha boʻlishi mumkin:
- oʻrgatuvchi testlar (yangi materialni chuqurroq tushuntirish maqsadida ishlatiladi);
- mustahkamlash testlari (oʻtilgan materiallarni mustahkamlash maqsadida);
- nazorat testlar (joriy, oraliq, yakuniy nazorat qilish maqsadida);
- rivojlantiruvchi (intellektual) testlar (oʻquvchilarning aql- idrok qobiliyatlarni taraqqiy etish maqsadida) ishlatiladi.
Ma’lumki, har qaysi oʻquv predmet boʻyicha testlarni yaratish va ishlatish oʻziga xos xususiyatlari va ularda asoslangan texnologiya bor. Lekin har qaysi oʻqituvchi buni bilish kerakki, testlardan foydalanishda eng avvalo, bolalarning umumiy yosh va individual xususiyatlarni hisobga olish shart. Chunki oʻquvchilarning imkoniyatlari va qobiliyatlari, psixik jarayonlari (xotira, diqqat, sezgi, tasavvur va b.) bir xil emasdir. Bundan tashqari, oʻqituvchi fanning umumiy va aniq darsning maxsus (xususiy) maqsadini hisobga olgan holda test turlarini va mazmunini tanlaydi va ularni dars jarayonida oʻquvchilarning faoliyatiga moslashtiriladi. Bunda esa testlar differensial yondashish zarur, chunki ularni reproduktiv yoki produktiv faoliyatiga moslashtirish kerak.
Boshlanich sinf oʻqituvchisi qanchalik koʻp testlardan foydalanilsa, yomon boʻlmas, agar ular toʻgʻri yaratilgan va oʻrinli ishlatilgan, ammo har qaysi test oʻquvchilarning oʻzlashtirishiga va rivojlanishiga ularni mustaqil bilim olish faoliyatiga qaratish kerak.
Jahon olimlari (F.Frimen, L.Tyorstoun, T.Ribo, Sh.Byuler, Stenford-Bine), yurtdosh psixologlari (B.Qodirov, E.Oziyev, Shoumarov va b.) toʻplagan ilmiy materiallarni umumlashtirib, oʻquvchi-yoshlarning intellektual potensialini tadqiq qilishda diqqat- e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim deb topdik:
intellektning (aql-idrokning) yosh va shaxs xususiyatlariga bogʻliqligi;
oilaning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi bilan uyunlashuvi;
biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, xislatlari qanchalik rol oʻynashi va hokazolar.
Bularni barchasini oʻqituvchilar hisobga olib, tayanch sxema yoki test, axborot texnologiyasi yoki boshqa uslub-vositalardan foydalanib, oʻz usulini yaratib boradi. Albatta, bu ishda muammolar boʻlishi tabiiydir. Gap shu muammolarga xolisona va halol yondoshishda.
Prof. N.Saydaxmedov ta’kidlaganidek: “Agar pedagog qoʻlida bilimga chanqoq, iqtidorli oʻquvchilar, fan maqsadiga mos mazmun- dastur, oʻquv-qoʻllanma, darsliklar mavjud boʻlsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi PTni amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin”.
Shunday qilib, ta’lim taraqqiyotining haqqoniy harakatlantiruvchi kuchi (omili) sifatida mavjud didaktik masalalar va unga mos keladigan pedagogik texnologiya asosida oqilona qurilgan pedagogik tizim xizmat qiladi.