2.3.4. Ushbu shartnoma shartlariga muvofiq ta'lim xizmatlari uchun to'lovlarni to'lash.
2.3.5. O'zbekiston Respublikasining amaldagi ta'lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlariga va universitetning
ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilish.
2.3.6. Boshqa talabalar va pedagog xodimlarning, shuningdek, universitet xodimlarining sha'ni va qadr-qimmatini
hurmat qilish, boshqa talabalarning ta'lim olishi uchun to'sqinlik qilmaslik. Universitet va uning xodimlariga nisbatan
yolg'on-tuhmatlar, ularning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi ma'lumotlarni tarqatmaslik.
2.3.7. Dars jadvaliga muvofiq darslarga qatnashish. Universitet tomonidan tavsiya qilingan shaklda kiyinish, toza va
orasta ko'rinishda bo'lish.
2.3.8. Universitet mulkidan ehtiyotkorlik bilan foydalanish. Universitet mol-mulkiga ziyon va/yoki zarar yetkazilgan
taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash va mulkni to'liq tiklash.
2.3.9. Shaxsiy sog'lig'ini saqlash va mustahkamlashga e'tiborli bo'lish, axloqiy, ma'naviy va jismoniy rivojlanish va
o'zini takomillashtirish uchun o'zining ustida doimiy ishlash.
2.3.10. O'z tashabbusi bilan ta'lim munosabatlarini to'xtatganda, Universitetni bu haqda oldindan yozma ravishda
xabardor qilish.
2.3.11. O'zlashtirish ko'rsatkichlari qoniqarsiz bo'lganda, imtihonlarni qayta topshirish, takroriy o'qitish qo'shimcha
xizmatlari uchun Universitet tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq to'lovlarni amalga oshirish.
2.3.12. Tomonlarning yozma kelishuviga binoan boshqa shartlar va kafolatlarga rioya qilish.
2.3.13. Aloqa telefon raqami va/yoki yashash joyi, shaxsiy ma'lumotlaridagi o'zgarishlar to'g'risida, o'zgarish sanasidan
boshlab 5 (besh) ish kuni ichida o'zgarishi haqida Universitetga yozma ravishda xabar qilish.
2.3.14. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish to'g'risida bekor qilish sanasidan kamida 30 kalendar kun oldin
Universitetga yozma ravishda xabar berish.