2.3.15. Universitet tomonidan o?tkaziladigan so?rov va tahlillarda ishtirok etish.
2.4. TALABA HUQUQLARI: 2.4.1. Universitetda o'quv jarayoni bilan bog'liq masalalar bo'yicha, talaba o'zining bilimi, ko'nikmalari va malakalarini
baholash hamda ushbu baholash mezonlari haqida to'liq va ishonchli ma'lumotlar olish.
2.4.2. O'quv dasturida ko'zda tutilgan darslarda o'quv dasturini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan Universitetning
mulkidan foydalanish.
2.4.3. Alohida tuzilgan shartnoma asosida ta'lim dasturiga kiritilmagan qo'shimcha ta'lim xizmatlaridan foydalanish.
O'quv dasturlarini o'zlashtira olmagan taqdirda, imtihonlarni qayta topshirish, qayta tayyorlash bo'yicha qo'shimcha
xizmatlar uchun Universitet tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq haq to'lanishini ta'minlash.
2.4.4. Universitetda o'quv jarayoni bilan bog'liq masalalar bo'yicha savollar tug'ilganda tegishli dekanatga murojaat
qilish.
2.4.5. Talabalar uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-madaniy va boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etish. O'zining ijodiy
qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, shuningdek, olimpiadalarda, ko'rgazmalarda, tanlovlarda, jismoniy tarbiya
tadbirlarida, sport tadbirlarida, shu jumladan rasmiy sport musobaqalarida va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etish.
2.4.6. O'zining ta'lim yo'nalishiga mos keluvchi majburiy va tanlov fanlarini o'zlashtirish bilan bir qatorda xohishiga
ko'ra boshqa yo'nalishda o'qitiladigan fanlarni tanlab o'qish va o'zlashtirish.
2.4.7. Inson qadr-qimmatining hurmat qilinishi, barcha turdagi jismoniy va ruhiy zo'ravonlikdan, inson sha'ni va qadr
qimmatini kamsitilishidan, inson hayoti va salomatligiga zararlardan himoyalanish.
2.4.8. Universitetning o'quv jarayoni jadvali va o'quv kalendar grafiga muvofiq ta'tilga chiqish.
2.4.9. Universitet ichki-me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o'qishini boshqa oliy ta'lim tashkilotlariga
ko'chirish.