To'lov-kontrakt asosida bakalavrlarni tayyorlash uchun shartnoma №005382



Yüklə 281,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix24.08.2023
ölçüsü281,06 Kb.
#140396
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
A005382 (1).pdf11

II. Ikkinchi bosqich -yangi o'quv yilining 20-avgustiga qadar shartnomaning umumiy qiymatining 35 foiz miqdorida,
ya'ni kunduzgi ta'lim shakli uchun 8 400 000 (sakkiz million to'rt yuz ming) so‘m, sirtqi ta'lim shakli uchun 6 300 000
(olti million uch yuz ming) so‘m to'lovni amalga oshirish; 
III. Uchinchi bosqich -joriy o'quv yilining 1-fevraliga qadar shartnoma umumiy qiymatining 50 foiz miqdoridagi,
ya'ni kunduzgi ta'lim shakli uchun 12 000 000 (o'n ikki million) so‘m, sirtqi ta'lim shakli uchun 9 000 000 (to'qqiz
million) so‘m to'lovni amalga oshirish shart.
3.3.1. Agarda 2023/2024 o'quv yillida Talaba/To'lovchi tomonidan mazkur shartnoma bo'yicha Ta'lim uchun to'lov,
3.3. bandda ko'rsatilganidek qismlarga bo'linmasdan, o'quv yili boshlanguniga, ya'ni 1-sentyabr kuniga qadar, oldindan
100% miqdorida to'lov shaklida amalga oshirilsa, shartnomaning 3.1. bandida ko'rsatilgan bir yillik o'qish uchun o'qish
haqi (to'lov miqdori): 
I. kunduzgi ta'lim shakli uchun 21 600 000 (yigirma bir million olti yuz ming) so'mni; 
II. sirtqi ta'lim shakli uchun 16 200 000 (o'n olti million ikki yuz) so'mni tashkil etadi. 
3.4. Talabaning xohishiga ko'ra o'qish uchun to'lovlar muddatidan oldin to'lanishi mumkin. 
3.5. Talaba tomonidan o'qish to'lovlari o'z vaqtida to'lanmagan taqdirda, Universitet Talabani shartnomada ko'rsatilgan
doimiy yashash manzili bo'yicha shartnoma bekor qilinishidan 5 (besh) bank kuni oldindan yozma ravishda xabardor
qilib, ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. 
3.6. Talabaning o'zlashtirishi qoniqarsiz bo'lsa, bitta fan yoki bir nechta fanlarni takroriy o'rganish zarurati, yoki o'quv
fanlari bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lsa, Talabaga mavjud qarzlar bo'yicha bir marotabalik imtihonlarni qayta topshirish
imkoniyati beriladi. 
Talaba imtihonlarni qayta topshirganidan keyin qoniqarsiz natijalarga erishgan taqdirda, Universitet Talabaga pullik
qo'shimcha darslarni tashkil etib berishi mumkin. Talaba qoniqarsiz natijalarga ega bo'lgan fanlar bo'yicha qo'shimcha
darslarda, to'lov narhini to'lab, o'qib imtihonlarni qayta topshirish uchun kiritilishi mumkin. Talaba mavjud qarzdorliklari
bo'yicha imtihonni qayta topshirgandan so'ng o'quv yili davomida sirtqi ta'lim shaklida 3ta fan bo'yicha, kunduzgi ta'lim
shaklida 4ta fan bo'yicha qarzdor bo'lib qolgan taqdirda, u kursidan qolgan hisoblanadi va fanlarning kreditidan kelib
chiqqan holda to'lovni amalga oshirib o'qishini qaytadan o'qishi mumkin bo'ladi. 
 3.7. Talabaning keyingi kursga yoki o'qish uchun qabul qilinishi va o'qishni boshlashi to'g'risidagi buyruq kuchga
kirgandan so'ng avval to'langan pul mablag'lari qaytarilmaydi. 

Yüklə 281,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin