To'lov-kontrakt asosida bakalavrlarni tayyorlash uchun shartnoma №005382



Yüklə 281,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix24.08.2023
ölçüsü281,06 Kb.
#140396
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
A005382 (1).pdf11

7. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
 7.1. Talaba Universitetning bino, asbob-uskunalar, o'quv anjomlari va hokazolariga moddiy zarar yetkazsa, Talaba
Universitet oldida to'liq javobgar bo'ladi. 
 7.2. Talaba tomonidan mazkur shartnoma shartlarini buzish holatlari vujudga kelsa, uning Universitetga kirishi, unga
har qanday ta'lim xizmatlarni ko'rsatish, axborot va ma'lumot berilishi to'xtatiladi. 
 7.3. Talaba talabalar safidan chetlashtirilganda unga taqdim etilgan ta'lim xizmatlari uchun haq to'lash
majburiyatlaridan ozod qilinmaydi. 
8. UMUMIY QOIDALAR
 8.1. Ushbu shartnoma o'zbek tilida, har bir tomon uchun bir nusxada, teng yuridik kuchga ega bo'lgan ikkita asl
nusxada tuzilgan. 
 8.2. Shartnoma, mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanuvchi taraflarning yozma kelishuviga binoan
o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnomaga kiritiladigan har qanday o'zgartirish yozma ravishda,
O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tuzilganda haqiqiy hisoblanadi. 
 8.3. Taraflar o'z manzillari va boshqa rekvizitlari o'zgargan taqdirda zudlik bilan boshqa taraflarni yozma ravishda
xabardor qilish majburiyatini oladilar. 
 8.4. Ushbu shartnoma bilan tartibga solinmagan munosabatlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga
muvofiq tartibga solinadi. 
9. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
9.1. Ushbu shartnomani bajarish chog'ida vujudga kelishi mumkin bo'lgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar
taraflar o'rtasida muzokaralar orqali hal qilinadi. 
 9.2. Mazkur shartnoma bo'yicha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo'li bilan hal qilinmagan taqdirda, ular
O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq universitet yuridik manzilidagi sud organlarida hal
etiladi. 
10. FORS-MAJOR
10.1. Agar taraflarning ushbu Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajara olmasligiga yengib bo'lmaydigan kuch (fors-
major) sabab bo'lsa, taraflar javobgarlikdan ozod bo'ladilar. Bunday holatlar va/yoki hodisalar, agar ular taraflarning
nazoratidan tashqarida bo'lsa va ushbu shartnoma imzolangandan so'ng kelib chiqishi muqarrar vaziyatlar, harbiy
amaliyotlar yoki tabiiy ofatlar, shuningdek, hukumat tomonidan qo'llaniladigan karantin cheklovlari natijasida paydo
bo'lsa, yengib bo'lmaydigan kuch ta'siri oqibatida vujudga kelgan (fors-major) holat deb e'tirof etiladi. 
10.2. O'z majburiyatlarini yengib bo'lmaydigan kuch ta'siri natijasida bajara olmaydigan taraf boshqa taraflarni ana
shunday holat yuzaga kelgani haqida butun davr uchun sodir bo'lgan holat faktini tasdiqlashga vakolatli organning


hujjatlarini taqdim etgan holda va uning ta'siri qancha davom etishi mumkinligi haqida zudlik bilan xabardor qilishi
shart. 

Yüklə 281,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin