4.1. Ushbu shartnoma taraflar tomonidan tuzilgan kundan boshlab kuchga kiradi va taraflar o'z majburiyatlarini to'liq
bajargunigacha amal qiladi.
4.1.1. Ushbu shartnomaning kunduzgi ta'lim shakli uchun amal qilish muddati o'quv rejasiga binoan 4 yil;
4.1.2. Ushbu shartnomaning sirtqi ta'lim shakli uchun amal qilish muddati o'quv rejasiga binoan 5 yil;
4.1.3. Ta'lim yo'nalishining o'quv rejasiga muvofiq o'qishning davomiyligi “Diplomat University” MCHJ
ta'sischisining qarori asosida o'zgarishi mumkin.
4.2. Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki noto'g'ri bajarganlik uchun tomonlar O'zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar hisoblanadilar.
4.3. Talaba ushbu shartnoma bo'yicha o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortgan
taqdirda (ya'ni Universitetda o'qishni rad etsa), ushbu shartnomaning 3-bo'limiga muvofiq to'lov amalga oshirilgandan
so'ng, Universitet Talabaga o'qilmagan akademik semestr uchun oldindan to'langan pul mablag'larini, xarajatlarni chegirib
tashlashni hisobga olgan holda qaytarib beradi.
4.4. Tomonlarning ushbu shartnomada nazarda tutilmagan majburiyatlarini buzish holatlari bo'yicha javobgarlik
choralari O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qo'llaniladi.
5. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
5.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
• Taraflardan birining tashabbusiga binoan;
Dostları ilə paylaş: