To'lov-kontrakt asosida bakalavrlarni tayyorlash uchun shartnoma №005382



Yüklə 281,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix24.08.2023
ölçüsü281,06 Kb.
#140396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
A005382 (1).pdf11

2.2.9. O'quv yili davomida darslar jadvalini va kun tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqish, tasdiqlash va
moslashtirish. Mustaqil ravishda: 
2.2.10.1. ta'til kunlari, dars kunlari, o'qish kuni va darslar davomiyligini; 
2.2.10.2. professor - o'qituvchilar tarkibini; 
2.2.10.3. talabalarning guruhdagi shaxsiy tarkibini belgilash. 
2.2.11. Taraflarning kelishilgan shartlari asosida fanlardan o'zlashtirmagan talabalar uchun qo'shimcha darslarni
o'tkazilishini tavsiya etish va tashkil etish (shu jumladan, ta'til kunlari ham). 
2.2.12. Ta'lim xizmatlarini ko'rsatish jarayonida video kuzatuv tizimidan foydalanish. 


2.2.13. Ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Talabalar orasida so'rovnomalar o'tkazish. 
2.2.14. Universitet, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va talabalar salomatligini ta'minlash (shu
jumladan, ijro hokimiyati organlarining majburiy (tavsiyaviy) xarakterdagi) normativ hujjatlar ijrosini ta'minlash)
maqsadida, mazkur shartnomaning 1.1.-bandida ko'rsatilgan akademik ta'lim dasturini, qisman yoki to'liq ravishda,
elektron ta'lim va masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish (talabalarni masofaviy ta'limga
o'tkazish) to'g'risida bir taraflama qaror qabul qilish va universitetning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq masofaviy
o'qitishni tashkil etish huquqiga ega. 
2.2.15. Universitet O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ichki me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa huquqlarga ega. 
2.3. TALABA MAJBURIYATLARI: 
2.3.1. Universitet hisob raqamiga to'lovlar o'z vaqtida to'lanishini ta'minlash uchun barcha zarur choralarni ko'rish.
Zarur hujjatlarni (belgilangan ro'yxat bo'yicha – attestat asl nusxasi, talabaning pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi ID card
nusxasi (pasport yoki ID card mavjud bo'lmaganida talabaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi), fotosurat
(3*4 – 6 dona), transkript (boshqa OTMdan o'qishini ko'chirayotgan taqdirda) Universitetga taqdim etish. 
 2.3.2. O'quv dasturi va o'quv jarayoni jadvaliga muvofiq fan dasturini o'zlashtirish, o'quv rejasida belgilangan
vazifalarni va mustaqil ish talablarini o'z vaqtida bajarish. 
2.3.3.  O'zbekiston Respublikasining oliy ta'limga oid tegishli qonunchilik hamda Universitetning, hamkor
universitetlarning o'quv jarayoni va boshqa tartibga soluvchi qoidalariga muvofiq ta'lim olish. 

Yüklə 281,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin