Topologiyalari. Kompyuter tarmogining apparat va dasturiy ta’minoti


 Internet xizmatlari. Internetda axborot qidiruv tizimlari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix13.02.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#84077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
abdullajonov husan

3. Internet xizmatlari. Internetda axborot qidiruv tizimlari 
1. Internet xizmatlari 
Internet tarmog’i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi 
funktsional imkoniyatlar quyidagilar: WWW Internet resurslarini tashkil etish, o’qish, 
elektron pochta, Web hosting - Shaxsiy veb saytlarni Internetga joylashtirish, Internet 
conference - Internet orqali video muloqot, Searching - Internet qidiruv tizimlaridan 
foydalanish, FTP fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqatda bo’lish, tarmoqda 
xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash, Web-forumlar, Bloglar, Ijtimoiy tarmoqlar
Internet-magazinlar, Yangiliklar, Messendjerlar, IPTV Internet tarmog’i orqali raqamli 
televideniya, IP telefoniya - Internet tarmog’i orqali telefon so’zlashuvlar tarmoqdan 
foydalanish va boshqalar. 
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga 
uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) 
xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga 
ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko’chirib olish mumkin. WWW 
xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq 
masofadagi do’stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o’rnini bosmoqda. Buning 
uchun internetga bog’langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar 
bo’lishi kifoya. 
FTP (File transfer Protocol) fayl almashish protokoli internet standarti bo’lib, 
internetda boshqa kompyuterlar bilan fayl ma’lumotlarini jo’natish va yuklashga 
ruxsat beradi. Ma’lumotlarni jo’natish yuklashning aksidir: ma’lumotlarni jo’natish 
internetda kompyuteringizdan serverga xujjatlar, grafiklar va boshqapredmetlarni 
o’tkazish jarayonidir. Web sahifa mualliflari masalan, odatda web sahifalari 
ma’lumotlarini web serverga jo’natishda FTP dan foydalanishadi. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin