ushoq tog'lar , Dehli atrofidagi tog'larni esa
toqqina deb
atagan. Tog' etagidagi jarlik, kirish qiyin bo'lgan joy, boshi berk dara, chuqur
yer, tog' beli -
arg’adol deyilgan. Tog'lardagi g'or va kovaklar
havol deb
ataladi.
2. Iqlim bilan bog'liq xalq terminlari. Bobur Afg'onistonning issiq
mintaqasini
garmser , iqlimi sovuq bo'lgan qismlarni
sadser deb atagan.
Xalq tilida issiq shamol
garmsel , sovuq shamol
sarsar deyiladi.
Sel - kuchli
yog'inlar yog'ishi natijasida tog' vodiylari, soylar va jarlardan qisqa vaqt
ichida juda katta tezlik bilan oqib keluvchi tosh aralash loyqa suv oqimi.
Bobur Hindistonning “...yog'inlarida bir zamonda sellar keladur, hech suv
yo'q yerlarda daryolar oqadur...” deydi.
Samum (arabcha “samum” - issiq shamol) - asosan cho'llarda
esadigan issiq va quruq shamol. Bobur samum ta'sirida hind ahli o'rtasida
qurbonlar bo'lganligi haqida ma'lumotlar keltirgan.
Sabo - ertalab esadigan
mayin shamol. Kuchli yomg'irlarni Bobur
qalin yomg'ir deb ham yozgan.
Tobariston - Hindistonda yoz fasli,
pashkol - yomg'uriy fasl,
zimiston esa
qish faslidir. Tobariston quyidagi oylardan iborat:
chitar oyi (hut, 19
fevraldan 21 martgacha 31 kun davom etadi),
baysik oyi (hamal, 22 mart -
21 aprel, 30 kun),
jit oyi (savr, 21 aprel - 21 may, 31 kun),
asor oyi (javzo,
22 may - 21 iyun, 31 kun).
48
Pashkol, ya'ni yomg'uriy fasl
savon oyi (saraton, 22 iyun - 22 - iyul,
31 kun),