Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
suv kichik bo'lganda,
toshqinni 
esa 
suv ulug’ bo'lganda 
yoki 
suv kirganda 
deydi. Daryolar qo'shilgan, 
tutashgan joyni 
suv qotilishi 
deb ifodalaydi. 
Chashma -
uncha kuchli 
bo'lmagan bosim ostidagi yer osti suvlarining yer betiga chiqqan joyi, buloq, 
garm chashma -
issiq buloq. Asarda chashma ko'proq ishlatilgan bo'lsa -
da, uning 
qaynar 
sinonimi ham bor. Yer osti suvlarining yer betiga sizib 
chiqqan joyi buloq deb ifodalanadi. Har ikki termin ham “Boburnoma”da 
keng qo'llanilgan.
Mohixona 
(“mohi” - baliq) - baliq saqlanadigan joy, chuqur o’yilgan 
yer. Suv oqib turadigan joydan chamasi 3 - 5 metrcha keladigan chuqur 
qazib, chiqish faqat bir tomondan (chiqish tomoniga chig' yasab qo'yiladi) 
qilib maxsus yasaladi. Mohixona, asosan, qish faslida baliq saqlash uchun 


49
quriladi. Bunday usulda baliq tutishni Bobur hech yerda uchratmaganligini 
aytadi.
4. Tuproq, o'simlik va hayvonot olami bilan bog'liq xalq 
terminlari. 
Sho'r yer
-
qurg'oqchil
o'lkalardagi pastqam yerlarda 
minerallashgan yer osti suvlarining yer betiga chiqishi, “Boburnoma” da 
“...Kobul va G’azni purshar va sho'r yerlar edi...” deyiladi. Haqiqatdan ham 
arid zonada joylashgan Kobul va G’azni atrofida sho'r yerlar ko'plab 
uchraydi. 
O’lang 
(ruschasi “polyana”) - o'tloq yer, keng maydon. 
Yayloq -
yaylov, “...Farg'ona viloyatining girdo - gidri tog'larida yaxshi yayloqlari 
bor...”. julg’a - ko'klamzor, hindlar julg’ani “dun deydilar”. 
To'qay 
termini 
“Boburnoma”da faqat bir joyda tilga olinadi. Bu terminni V.Radlov 
“o'rmon” deb tarjima qilgan. Mo'g'ulcha va ko'pgina turkiy tillarda bu termin 
“daryo bo'yidagi o'rmon, chakalakzor” deb izohlanadi”.
“Boburnoma”da quyidagi o'simliklar tilga olingan:
Tobulg’u
Panyola
Anbula (hindi hurmo)
Koju (qarag’ay)
Omila
Amradpal (limon navi)
Chilg’o’za (kedr)
Xurma
Amalbu (limon navi)
Bolut (dub)
Norgil
Аmalbel (limon navi)
Xanjak
Limu (limon)
Joman 
Kila (banan)
Sangtora (apelsin navi)
Kamrak 
Maxva (gulchikan)
chanbariy (limon navi)
Badxal (non daraxti)
Kirni
Mehrigiyo (“ayiq o’ti”)
Karunda 
Kadxil
Nayshakar (shakarqa mish)
Gula 
Biyr
Chirunchi 
Tor (hurma navi)
Turunj (sitron)
Galgl limu
Sadofal (limon navi)
Bobur, uning ziddiyatli, sarguzashtlarga boy bo'lgan hayoti va ilmiy 
merosi sharqshunoslar tomonidan chuqur o'rganilmoqda. Uning ilmiy 
merosi - Sharq madaniyati va umuman jahon madaniyatiga qo'shilgan 
bebaho xazinalardan ekanligini butun dunyoda tan olingan. Mashhur 
sharqshunos olim S.P.Tolstov unga yuksak baho berib “...Farg'onalik 
Zahiriddin Bobur - Sharqdagi Uyg'onish davrining eng atoqli siyosiy va 
madaniy arboblaridan biridir” degan edi.
Hindistonning davlat arboblari va olimlari Bobur haqida ijobiy 
fikrdalar, chunki Bobur Hindistonni talab ketmay, odilona podsholik qildi, 
insonparvar, xalqparvar ekanligini isbotladi. Javoharlal Neru shunday 


50
yozadi: “Bobur dilbar shaxs, uyg'onish davrining tipik hukmdori, mard va 
tadbirkor shaxs bo'lgan. U san'atni, adabiyotni sevgan, hayot nafosatidan 
lazzatlana bilgan... Boburning Hindistonga kelishi tufayli Hindistonda 
buyuk o'zgarishlar sodir bo'ldi, san'atda, hayotda, me'morchilikda va 
madaniyatning boshqa sohalarida yangicha taraqqiyot yuz berdi”.
“Boburnoma” dunyoning turli tillariga tarjima qilingan bo'lib, turli 
davrlarda asar ustida tadqiqot ishlari olib borilgan va ilmiy ishlar olib 
borilmoqda.
Asarni tadqiq etishda yirik mamlakatlar (AQSH, Rossiya, 
Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Pokiston, Afg'oniston, 
Italiya, Hinditson va boshqalar) olimlarining ishlari diqqatga sazovordir. 
Gollandiyada Vitsen (1705), Angliyada U.Erskin va J.Leyden (1826), 
R.Koldekot (1844), A.Beverij (1905), Talbot (1909) lar, Germaniyada 
YU.Klaprat (1810), A.Keyzer (1828), Frnasiyada Pave de Kurteyl (1871), 
B.Gramoye (1980, 1985), Rossiyada N.Ilminskiy (1857), Afg'onistonda 
Abdulaxay Xabibiy, Pokistonda Rashid Axtor Nodviy, Hindistonda Mirza 
Nasriddin Haydar (1924), Turkiyada R.Arat va N.Bayur (1943 - 1946) va 
boshqa olimlar “Boburnoma”ni ilmiy tadqiq etishga ulkan hissa qo'shdilar. 
1980 - 1985 yillarda dunyoning eng nufuzli tashkilotlaridan biri -
YUNESKO tashabbusi bilan “Boburnoma” fransuz tilida bosib chiqarildi.
“Boburnoma”ni ilmiy tadqiq etishda o'zbekistonlik olimlarning ham 
xizmatlari kattadir. N.Ilminskiy (Qozon, 1857) va A.Beverij (London, 1905) 
lar tomonidan nashr etilgan asar nusxalariga asoslanib, 1948 - 1949 yillarda 
“Boburnoma”ning ikki qismdan iborat to'liq matni o'zbek tilida bosilib 
chiqdi.
P.Shamsiyev va S.Mirzayevlar nashrga tayyorlagan ushbu asar 
nusxasi kiril asosidagi o'zbek alifbosida geografik nomlar va kishi ismlari 
ko'rsatkichi, lug'at va ba'zi bir qisqa izoh hamda tarjimalar bilan nashr etildi. 
Bu asar nusxasi 1960
-
yilga kelib, V.Zohidovning so'z boshisi bilan qayta 
nashr qilindi. Toshkentda “Boburnoma” ning birinchi ruscha nashri 1958
-
yilda amalga oshirildi.
M.Salye tarjimasiga asoslanib 1982
-
yili S.Azimjonova so'z boshisi va 
M.Xayrullayev tahriri ostida “Boburnoma” rus tilida qayta nashr etildi.
Tilshunos olim P.Shamsiyev o'zbek tilida nashr etilgan yuqoridagi 
asar nusxalariga asoslanib, ularda yo'l qo'yilgan ba'zi kamchiliklar, tarjima 
izohlarga qo'shimcha qilib, asarni 1989
-
yili qayta nashr etdi. Umuman, 
tilshunos olim P.Shamsiyevning “Boburnoma” ustida olib borgan ishlari 
taxsinga loyiqdir.
Boburshunos, tarixchi olima S.Azimjonovaning xizmatlarini ham 
alohida ta'kidlash lozim. Sharqshunoslardan A.Nosirov Bobur asarlarining 


51
to'la ro'yxati va Bobur haqida turli tillarda e'lon qilingan materiallarni 
to'plagan.
Tilshunos olim X.Nazarova Bobur asarlarida uchraydigan va 
tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlarning izohli lug'atini tuzdi.
Boburshunoslar orasida xassos olim, atoqli geograf Hamidulla 
Hasanovni alohida ta'kidlab o'tish joizdir. H.Hasanov Boburnining hayoti va 
uning me'rosini chuqurroq o'rganish maqsadida Bobur izidan - Andijondan 
Hindistonga safar uyushtirdi. Boburning poyi qadami tekkan bir necha 
shaharlarda bo'ldi, bobokalonimiz tomonidan qurdirilgan ziyoratgohlarni 
hamda Boburning Kobuldagi qabrini borib ziyorat qildilar. Safardan ajoyib 
ma'lumotlar bilan qaytgan olim, keyinchalik Bobur va uning geografik 
merosi haqida risola yozdilar. Risoladagi Bobur merosining geografik 
jihatlari talqin qilingan va “Boburnoma”da tilga olingan yirik joylar xaritasi 
ishlangan. Ayrim joy nomlari va atamalarni izohlab bergan. Xullas, muallif 
“Boburnoma”ning geografik jihatlarini to'la ochib bergan.
Quyida “Boburnoma” da keltirilgan xalq geografik terminlardan 
namunalar keltirildi:
Ariq
Arg’adol
Ark
Asad
Band (ko’tal)
Bandar
Bahor
Botqoqlik
Buloq 
(chashma)
Bulut
Vodiy
Viloyat 
Garmser
Guzar
Dalv
Daryo 
(daryocha)
Dasht
Dobon 
(dovon)
Domana
Dun 
(ko'klamzor)
Duob
Yel
Yomg'ir 
Jangal
Jar
Jilg'a
Zilzila
Iqlim
Qamar
Kent
(kentgina)
Koriz
Kechit 
(kechuv)
Kuz
Ko’h
Ko’hiy
Ko'histon
Kuhpoya
Langar
Mashriq
Ma'mura (obod 
joy)
Navroz
Nov
Ovloq
Orol
Pushta
Ravoch
Raxguzar
Rud
Sabo
Savr
Samum
Saraton
Sarhad
Sahro
Sel
Soy
Suv ulg'ayishi
Suv yoqasi
Tangi
Tarnov
Tepa
Tuz yer 
(tekis yer)
Tuman 
(rayon)
Ushoq tog'
Chorbog'
Chashma 
(buloq)
Shoxjuy 
(ariq 
tarmog'i)
Shaxr
Yayloq 
O’lang
O'rdu
Qasaba
Qasabacha
Qishloq
Qorasuv
Qor va yax
Qum
Qushloq
Qo'l 


52
(daryo irmog'i)
Qo’rug’
Qo'rg'on
G'arb 
G'or
Xut


53

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin