59
va tushunchalarning o'zbekcha muqobilini topish va tanlashdagi manbalar
ko'rsatilgan. Shuningdek, geografiya terminini jo'g'rofiyaga almashtirish
noto'g'ri ekanligi aytib o’tilgan va unga bir qancha dalillar keltirilgan.
Taklif etilayotgan ayrim terminlarni eskirib, muomaladan chiqib
ketganligi to'g'ri qayd etilgan.
A.Rasulov, F.Hikmatov va A.Akbarovlar tomonidan chiqarilgan
“Gidrologiya atamalari va tushunchalarining ruscha - o'zbekcha lug'ati”
(T.,“Universitet”,1993)dan ham ko'pgina ruscha gidrologik terminlar
o'rniga o'zbek tilidagi mahalliy terminlardan foydalanishga harakat
qilingan, ayrim terminlarning qisqacha izohi ham berilgan. Bunda ilmiy -
baynalmilallik tamoyili ham saqlanib qolingan bo'lib, gidrologik ilmiy -
tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilar uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi.
1994
-
yilda P.N.G'ulomovning “Jo'g'rofiya atamalari va tushunchalari
izohli lug'ati” kitobi nashr etildi. Bu lug'atda maktab geografiya darsliklari
va dasturlari, xaritalar hamda turli sayohatlar davomida to'plangan xalq
(mahalliy) geografik terminlarining izohi berildi. Garchi lug'at maktab
geografiya terminlari va tushunchalari izohli lug'ati bo'lsada, unga maktab
dasrliklari va dasturlarida ko'zda tutilmagan xalq (mahalliy) geografik
atamalari ham kiritilgan. Izohli lug'atning so'zboshisida, muallif terminlar
tanlashdagi prinsiplar (mezonlar) ni sanab o'tgan. Lug'atda ayrim
sabablarga ko'ra, geografiya termini o'rniga (garchi muallif “geografiya”
tarafdori bo'lsada) jo'g'rofiya deb ishlatilgan, shunga bog'liq ravishda
Dostları ilə paylaş: