1940 - 1990 yillar
1940 - 1990 yillar ham o'zbek geografik terminshunosligi tarixida
alohida bir davrni tashkil etadi. 50 - yillarning boshlarida bir guruh
geograflar tomonidan “Qisqa ruscha - o'zbekcha geografiya terminlari
lug'ati” tuzildi. Ushbu lug'at “...ilgarigi barcha lug'atlardan ancha afzal
56
bo'lib, geografiyaning ko'pgina sohalarini qamrab olgan yangi va tartibli
lug'at edi...”
1
. Lug'at haqida matbuotda bir necha ijobiy fikrlar bildirilgan
maqolalar e'lon qilingan, shu bilan ayrim e'tirozlar ham bo'lgan.
O'zbek geografik terminshunosligining tarixida, rivojlanishida
hassos olim, mohir pedagog, geograf - terminshunos Hamidulla
Hasanovning o'rnini alohida qayd etib o'tish lozim.
H.Hasanovning “Geografiya terminlari lug'ati” (T.,1964) kitobida
o'zbek geografik terminshunosligining manbalari va taraqqiyoti, xalq
atamalaridan namunalar, geografik terminlarning ruscha - o'zbekcha va
o'zbekcha - ruscha lug'ati berilgan. Ruscha terminlardan “step”ning dasht,
“pustinya”
ning
cho'l,
“vpadina”ning
botiq,
“vodorazdel”ning
suvayirg'ich, “zaliv”ning qo'ltiq deb va boshqa shu kabi ko'lab terminlarni
o'zbek geografik terminologiyasida mustahkam qaror toptirish olimning
hizmati natijasidir. Asarda terminlarni tanlash prinsiplari va ayrim xalq
geografik atamalarning izohi berilgan.
Lug'atdagi xalq atamalari “Devonu lug'atit turk”, “Badoyi lug'ati”,
“Kilurnoma”, Shayx Sulaymon Buxoriyning “Lug'ati chig'atoy va turkiy
usmoniy”, L.Z.Budagovning lug'atidan va turli sayohatlar davomida
to'plangan.
Arg'adol, orqa, “tog'ning og'zi”, uchma, o'r, olatog',
qoratog', o'y, o'y - qir, o'ydin, o'yqin yer, bayir (boyir), tirsak, ayri
(ayrilish), osilma (yo'l), sakratma, sangboron (sangbo'ron), etak,
tumshuq, ko'l, qorako'l, bo'z (yer, suv, tuproq), to'rtko'l, chink, chopqun
yog'in, qoradovul, garmsar, sarsar, angiz (angqizoq), jiltir muz, serka
muz, muzdoq (do'l), yaqoriqon, yel yoq, obdon, ters oqin, girdob, oqma,
oyoq (odoq), butoq (shoxcha, qo'l), zix, qodir yer, erkuz suv, oqim,
chuqurdon, sel (seldara), guzar (kechuv), o'zgun suv, o'zdurma, toyig',
qo'l, qopchig'ay, ko'ksuv, qisnoq, qumtosh (toshqum), to'qay, qo'shorol,
oyqin ko'l, chig'ir
va boshqa ko'pgina xalq atamalari izohlab berilgan.
Bulardan tashqari, xalqimizning ming yillar davomida tabiat hodisalariga
zehn solib, qiziqish bilan qarab, kuzatib kelishi natijasida paydo bo'lgan
xalq iboralari ham tahlil etilgan.
Chilla, “oy o'tov tutdi”, ayamajiz,
beshqo'noq, “o't yoqmas oyi” (aprel), “sorcha” (iyul), qirqkuyak
(avgust), mezon oyi (sentabr), “qoracha” (oktabr), “xazon oyi”
(xazonrezgi) (oktabr - noyabr), “qozon oyi” (noyabr), “so'g'um oyi”
(noyabr - dekabr), “qantar oyi” (dekabr), “o’pqon” (yanvar)
kabi atama
va oy nomlari,
“javzoda arpa pishadi”, “asad ekiningni yasat”,
1
Hasanov H. Geografiya terminlari lug'ati. T., “Fan”, 1964, 10-bet
57
“qantarda qarg'a odimiday kun uzayadi”, “ayamajiz olti kun, qahri kelsa
qattiq kun”
kabi xalq naqllari izohlangan.
H.Hasanovning
“Mahmud
Koshg'ariy”
(T.,
“Fan”,
1963)
kitobchasida ham xalq geografik terminlari izohlangan.
1958
-
yili A.S.Barkovning “Словарь справочник по физической
географии” kitobi o'zbekchaga tarjima qilindi (T., “O'quvpeddavnashr”,
1958). Lekin o'zbek tilida mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan
geografiyadan birinchi izohli lug'at 1979
-
yilda yozildi. S.Qorayev,
P.N.G'ulomov va R.U Rahimbekovlar tomonidan tuzilgan ushbu lug'at
o'lkashunoslik prinsipida, mahalliy geografik atamalarni o'z ichiga olgan
holda, mukammal yozilgan o'zbek tilidagi geografiyadan birinchi izohli
lug'atidir. Lug'atda geografiya terminlaridan tashqari muhim ahamiyatga
molik ilmiy - nazariy tushunchalarning ham izohi berildi. Lekin iqtisodiy
geografik terminlar nisbatan kam berilgan, mualliflar iqtisodiy geografiya
terminlari lug'ati kengaytirilgan tarzda tegishli mutaxassislar tomonidan
alohida tayyorlanishini lozim topishdi. Lug'atda
adir, ayoz, azon, aydar,
ayri, angqizoq, angor, ang'iz, anhor, arna, achchi, aqba, badoq, band,
bandar, beshqo'noq, voha, garmsel, damba, darband, deygish, dovon,
do'ng, yovon (yobon), yona, jala, jangal, jilg'a, jimbuloq, jo'y, zayak, zov,
zovur, ildirim, irmoq, yilg'a, kamgak, kent, kechuv, kom, koriz, kunash,
kungay, ko'lanka, ko'lmak (xalqob), ko'lob, ko'sa yer, ko'tal, ko'tarma,
langar, mavze, mansab, marza, marg'zor, mashriq, muztog', mo'ynoq,
nahr, nov, nura, obdon, obombor, ovdon, ovloq, ovring, oydin, olatov,
olish, orol (ota), orqa, osilma, otanoq, oftobro', oshuv, oqin, oqqum,
oqquyu, og'iz, partov yer, rabod (rabot), sayrob, sayxon, sakratma,
sangbo'ron, sangir, sangzor, sardoba, sarg'an yer, sel, soy, taqir, tepa,
terskay, to'qay, unguz, ungur, chashma, chilla, chopqun yog'in, chuvoq,
shovva, shovush, sho'rtob, sho'rxok, yut, yaylov, o'zan, o'zbo'y, qaynar,
kasaba, qashqa, qisnoq, qoq, hovar, hovuz, homa
va boshqa ko'pgina xalq
(mahalliy) geografik terminlari izohlab berilgan. Ushbu lug'at ko'p yillar
davomida o'qituvchilar, talabalar va o'quvchilar uchun dasturilamal
xizmatini o'tab keldi.
Xullas, 1940 - 90 yillar o'zbek geografik terminshunosligi tarixining
o'ziga xos xususiyatlari shulardan iboratki, 40 - yillardan 90 - yillar
boshlarigacha yozilgan geografiya darsliklari, qo'llanmalari, asosan rus
tilidan tarjima qilinganligi sababli, bu davrdagi terminlarning aksariyati
Dostları ilə paylaş: |