ILOVA
Toponimikani qanchalik bilasiz?
O'ZINGIZNI BIR SINAB KO'RING
1. Toponimika fani nimalarni o'rganadi?
2. Toponimiya deganda nimani tushunasiz?
3. Toponimika qaysi fanlar bilan yaqin bog'langan va ularning
qanday tadqiqot metodlaridan foydalaniladi?
4. Geografik termin va geografik nom nima?
5. Antonim geografik nomlar qanday nomlar?
6. Metafora geografik nomlar qanday nomlar?
7. Memorial nomlar qanday nomlar?
8. Etnonimlar nima?
9. “Devonu lug'atit turk” asari muallifi kim? Bu inson haqida
nimalarni bilasiz?
10. Toponimika sohasida ko'p ishlar qilgan bobokolon olimlardan
kimlarni bilasiz?
11. H.H.Hasanovning toponimikaga oid qanday asarlari bor?
12. Oddiy turdosh otlardan hosil bo'lgan qanday geografik nomlarni
bilasiz?
13. Aniqlovchi (sifat) qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan qanday
nomlarni bilasiz?
14. Aniqlovchi (son) qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan qanday
nomlarni bilasiz?
15. Aniqlovchi (ot) qo'shish yo'li hosil bo'lgan qanday nomlarni
bilasiz?
16. Geografik
nomlardan
hosil
bo'lgan
qanday
geografik
terminlarni bilasiz?
17. Detoponimizatsiya nima?
18. Nomlarning ko'chishidan hosil bo'lgan qanday toponimlarni
bilasiz?
19. Umumlashtirishdan hosil bo'lgan qanday geografik nomlarni
bilasiz?
20. Tarjima qilingan nomlardan nechta misol keltira olasiz?
21. Qanday nomlar aniq ma'noli nomlar deyiladi?
22. Joyning geografik o'rniga bog'liq bo'lgan nomlarga 10 ta misol
keltiring.
72
23. Joyning tabiiy xususiyatiga bog'liq geografik nomlarga 10 ta
misol keltiring.
24. Joyning relyefiga bog'liq nomlarga 5 ta misol keltiring.
25. Suv bilan bog'liq nomlarga O'zbekistondan 10 ta misol
keltiring.
26. O'simliklar bilan bog'liq nomlarga 10 ta misol keltiring.
27. Hayvonlar bilan bog'liq nomlarga 10 ta misol ayting.
28. Foydali qazilmalarga bog'liq toponimlarga 10 ta misol ayting.
29. Aholining kasb - hunari nomi bilan bog'liq nomlarga 10 ta
misol toping.
30. O'zbekistondagi etnonimlarga 10 ta misol keltiring.
31. Shaxslarning ism - familiyasi, tahallusi bilan bog'liq bo'lgan
nomlarga 10 ta misol ayting.
32. Diniy geografik nomlarni qanday aniqlaysiz?
33. Toshkentdagi tabiiy nomlarga 10 ta misol ayting.
34. Toshkentdagi Hadra, Chorsu, Beshyog'och, Eskijo'va, O'rda,
Anhor, Arpapoya, Achchi, Sebzor, Degrezlik nomlarning ma'nosi nima?
35. Qanday nomlar to'liq tarjima qilinadi?
36. Qanday nomlar chala tarjima qilinadi?
37. G'aroyib nomlar deb qanday nomlarga aytiladi?
38. Jinko'cha,
Xotinko'prik,
Cho'ntakqishloq,
Bo'g'ozterak,
Alvastiko'prik qanday toponimlar turiga kiradi?
39. Dunyodagi qaysi dengizlar ranglar nomi bilan ataladi?
40. Antarktida bilan Antarktika izohida qanday farq bor?
41. Janubiy Amerikaning iqlimi eng sovuq oroli nega Olovli Yer
deb ataladi?
42. Shimoliy va Janubiy Amerika oralig'ida joylashgan orollar nega
Vest - Indiya orollari deb ataladi?
43. Toshbaqa orollari, Ayiq ko'li, Kenguru oroli, Buqa tog’i, Qirg'iy
orollari, It orollari, Echki orollari, Ilon kechigi qayerda?
44. Qaysi dengizlar mamlakat nomi bilan ataladi?
45. Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya orollari
borligini bilasiz. “Eski” Gvineya, Zelandiya, Kaledoniya orollari qayerda?
46. Qaysi mamlakatlar ko'l nomi bilan ataladi?
47. Qaysi mamlakatlar daryo nomi bilan ataladi?
48. Qaysi mamlakatlar vulqon nomi bilan ataladi?
49. Qaysi mamlakatlar tog' nomi bilan ataladi?
50. Pokiston mamlakati nomi ma'nosini bilasizmi?
73
51. Gazlama nomini eslatuvchi joy nomlaridan qaysilarini bilasiz?
52. O'lik dengiz, Ajal vodiysi, Borsakelmas, Dashti Lut, Dashti
Margoh qayerda va ular nima uchun shunday ataladi?
53. Quyidagi geografik nomlardan qaysilari to'g'ri, qaysilari
noto'g'ri yozilgan: Yangiobod, Katta Qo'rg'on, Qora daryo, Eski Toshkent,
Yangi Yo'l, Eskijo'va, Koson - soy, Ola - Buqa, Qora Qamish, O'rta
Chirchiq.
54. Eng xato geografik nom qaysi va uning hato ekanini isbotlab
bering.
55. Toldiqo'rg'on, Qarag'anda, Olmaliq, Konibodom, Florida
toponimlarning qaysi turiga mansub?
56. Nil, Amur, Don, Rio, Rivera, Ganga, Shott daryolari nomi
ma'nosini ayting.
57. Quyidagi mamlakatlar nomlaridan qaysilari xalq nomidan
olingan? O'zbekiston, Pokiston, Turkiya, Boliviya, Kolumbiya, Braziliya,
Iordaniya, Shvetsiya, Nigeriya, Keniya.
58. Appalachi tog'lari, Eri ko'li, Karib dengizi, Qizil shahri, Bo'ka
tumani, Barbara dashti, Ayova shtati, Qurama tog'lari toponimlarning
qaysi turiga kiradi?
59. O'z
joyining
(mahallangiz,
qishlog'ingiz,
tumaningiz,
shaharingiz, viloyatingiz) nomining ma'nosi nima?
60. Tyanshan, Ohangaron, Qo'qon, Urganch, Nukus, Buxoro,
Namangan, Jizzax, Termiz, Zarafshon nomlarining ma'nosini bilasizmi?
|