69
Xalq geografik terminshunosligini atroflicha bilish joy nomlarini
o'rganishni osonlashtiradi. Hech bir xalq tilida mahalliy terminlar ishtirok
etmagan toponimlar bo'lmasa kerak.
Aksariyat joy nomlari asosida oddiy
geografik terminlar yotadi,
shuning uchun E.M.Murzayev: “Har qanday toponimik tadqiqot geografik
terminlarni o'rganishdan boshlanishi kerak” deb to'g'ri ta'kidlab o'tgan.
Toponimik terminlar barcha tillarda takrorlanadi. Bu haqida
H.Hasanov quyidagicha yozadi: “...Bordi - yu o'ntacha
asosiy tilni
biladigan kishi kartadagi nomlarni shu tillarga tarjima qilib o'qisa, aksari
shahar, tog', daryo va ko'llarning nomlari deyarli bir ma'noda ekanini
ko'rib hafsalasi pir bo'lar edi”.
Reka, missi, rio, river, shott, xe, yoyiq so'zlari - daryo demakdir.
Jayhun, ob, ganga so'zlari ham suv, daryo ma'nosida.
Ko’h, jabal, shan (min), maunt, berg (gebirge), montana,
kordilyera, syerra, monte - tog' demakdir. Obod, kent qo'shilgan
nomlarning ma'nodoshlari - pur, grad, kin, taun, vil, pol, burg, shtadt
qo'shilgan toponimlardir.
Toponimik terminlarni o'zi ifodalayotgan
obyektlarga qarab
quyidagicha guruhlashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: