bo’yicha
metodik tavsiyalar
35
−
Yangi javoblar haqida xabarni
elektron pochta orqali olish
−
Javoblarni jadval ko’rinishda saqlash
Новая таблица - Javob fayli Google Sheetsda yaratiladi.
Существующая таблица
−
Javoblar mavjud faylda saqlanadi.
Создать
yoki
Выбрать
bosiladi.
Eslatma:
Javob fayli
Google Sheets
(ilovada va web-versiyada) va
Google Drive
da
paydo bo'ladi.
−
Javoblarni arxiv fayl ko’rinishda yuklab olish
−
Javoblar varaqasini chop etish
−
Barcha javoblarni o’chirish
Google Classroom platformasida ishlash
bo’yicha
metodik tavsiyalar
36
XULOSA
Ushbu qo’llanma yordamida hozirgi sharoitda eng dolzarb masalalardan biri
hisoblangan onlayn ta’lim olishni Google Classroom platformasi yordamida
tashkillashtirishning eng muhim jihatlari ko’rsatib o’tildi. Qisqacha uslubiy
qo’llanmada Google Classroom ilovasining barcha imkoniyatlarini to’liq yoritib
berish juda mushkul. Shuning uchun, mazkur qo’llanmada uning eng asosiy
funksiyalari, kurs yaratish, kursga ma’ruza materiallarini joylashtirish, mavzu
yuzasida test hamda topshiriqlarni joylashtirish, shuningdek ularni qabul qilish va
baholash kabi funksiyalariga urg’u berildi.
Google Classroom keng imkoniyatli platforma bo’lishiga qaramay, u bir qator
kamchiliklardan xoli emas:
•
Google Classroomda talaba (o’quvchi)lar bilan vebinarlar tashkil
qilish imkoniyati mavjud emas. O’qituvchi o’quvchilar bilan olnayn
uchrashuvlar o’tkazishga imkon beradigan YouTube yoki Google
Hangouts xususiyatlaridan foydalanishi mumkin;
•
Google Classroom xizmatining ochiq versiyasida elektron jurnal
mavjud emas. Ushbu imkoniyat
Google Classroomning korporativ
foydalanuvchilari uchun mavjud;
•
Shaxsiy akkauntlari bo’lgan kurs mualliflari uchun cheklovlar mavjud:
kursda qatnashuvchilaр soni 250 tadan oshmaslagi va bir kunda 100
tagacha ishtirokchi qo’shilishi mumkin.
Yuqorida e’tirof etilgan kamchiliklarga qaramay, Google Classroomning
o’ziga xos afzalliklari ham mavjudki, bu onlayn platformadan o’rta ta’lim
maktablarida, qolaversa, oliy ta’lim muassasalarida ham to’laqonli foydalanish
mumkin.
Kelgusida mazkur qo’llanma doirasida Googlening boshqa xizmatlarini ta’lim
jarayoniga qo’llash yuzasidan hamda Classroom funksiyalarini budan-da kengroq
yoritib beruvchi o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlash rejalashtirildi.
Xulosa qilib aytganda, Google classroom juda keng imkoniyatli, foydalanish
uchun murakkab bo’lmagan qulay ilova bo’lib, uni boshqa ommaviy ochiq onlayn
kurslarning muqobili sifatida e’tirof etish o’rinli.
“Google Classroom platformasida ishlash bo’yicha metodik tavsiyalar” deb
nomlanuvchi qo’llanma o’qituvchilar, talabalar hamda mustaqil o’rganuvchilarga
foydali manba sifatida xizmat qiladi degan umiddamiz.
|