|
Mashg’ulotning borishi:.Tashkiliy qism
|
səhifə | 5/12 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 0,49 Mb. | | #167529 |
| 01.Yosh matematik to\'garagii
Mashg’ulotning borishi:.Tashkiliy qism.
O’quvchilarni va sinf daftarlarini mashg’ulotga hozurlash.
O’quv qurollarini tekshirish.
O’tilgan mavzularni takrorlash.
Al. Xorazmiy qanaqa ilmiy ishlar olib borgan ?
Al. Xorazmiyning matematika fani va uning ravhaqi uchun qo’shgan hissasi ?
O’sha davrdagi Turkiston yerlaridan yetishib chiqqan yana qanday matematiklarni bilasiz ?
MAVZU:Sonlarning bo’linish belgilari.
2 ga bo’linish belgilari.
Berilgan sonning oxirgi raqami juft son , yoki nol bo’lsa, u sonning o’zi ham 2 ga qoldiqsiz bo’linadi.
3 ga bo’linish belgilari.
Berilgan sonning raqamlari yigindisi 3 ga bo’linsa ,u sonning o’zi ham 3 ga qoidiqsiz bo’linadi.
4 ga bo’linish belgilari.
Berilgan sonning oxirgi ikkita raqamidan tashkil topgan son 4 ga yoki oxirgi ikkita raqam 0 bo’lsa,berilgan son 4 ga bo’linadi.
5 ga bo’linish belgilari.
Oxirgi raqami 0 yoki 5 bilan tugaydigan sonlar 5 ga qoldiqsiz bo’linadi.
6 ga bo’linish belgilari.
Berilgan son 2 ga va 3 ga bo’linsa, bu sonlar 6 ga qoldiqsiz bo’linadi.
7 ga bo’linish belgilari.
Berilgan sondagi o’nlar xonasidagi sondan birlar xonasidagi raqamning ikkilangani ayrilib, ayirmasi 7 ga bo’linsa, berilgan son 7 ga bo’linadi.
8 ga bo’linish belgilari.
Berilgan sonning oxirgi uchta raqami 0 yoki 8 ga bo’linsa, berilgan son 8 ga bo’linadi.
9 ga bo’linish belgilari.
Raqamlari yig’indisi 9 ga bo’linadigan sonlar 9 ga qoldiqsiz bo’linadi.
10 ga bo’linish belgilari.
Oxirgi raqami 0 bo’lgan sonlar 10 ga qodiqsiz bo’linadi.
25 ga bo’linish belgilari.
Oxirgi ikkita raqami 0 yoki 25 ga bo’linsa, berilgan son 25 ga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|