To’rtko’l tumani xtb tasarrufidagi o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə9/12
tarix28.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#167529
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
01.Yosh matematik to\'garagii

Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzuni tushuntirish

Suhbat, amaliy

20 min

Mavzuni mustahkamlash

Takrorlash, mustahkamlash

S – J , ko’rsatmalilik

5 min

Baholash

Rag’batlantirish(5 ballikreyting)

ishiga qarab

10 min

Uyga vazifa

Uyga vazifani tushuntirish

Suhbat

3 min

OLTIN QOIDALAR”ni eslab olaylik.


O’ng qo’l qoidasi: -- Aniq javob. -- O’zgalar fikrini takrorlamaslik.
-- O’zaro hurmat. -- Vaqtdan unumli foydalanish.
-- Faollik. -- Intizom.
Mashg’ulotimiz davomida kim eng faol ishtirok etsa, ko’p rag’bat kartochkasi olsa, o’sha o’quvchi “Eng bilimdon o’quvchi” nominatsiasi g’olibi bo’ladi.
Matematik fokus:”Ajoyib xotira’’.
Bu fokusni ijro qilishda o’quvchi to’garak a’zolari oldiga chiqib, ularga qarata shunday deydi: “Men sizlarga xotiramning ajoyibligini ko’rsatmoq-chiman. Mening qo’limdagi to’rtburchak qog’ozlarga tartib raqami va yetti xonali son yozilgan. Bu qogozlarni sizlarga tarqataman. Sizlar navbat bilan bu qog’ozning tartib raqamini aytasiz, men esa unda yozilgan yeti honali sonni darhol hisoblab, aytib beraman”. Shunday deb fokuschi tortburchak shaklidagi qog’ozlarni to’garak a’zolariga tarqatadi. Ular navbat bilan qo’l ko’tarib, qog’ozdagi har xil tartib raqamlarini aytaveradilar, fokuschi esa undagi yeti xonali sonni yozuv taxtasiga yozib boraveradi. Masalan, o’quvch 13 desa, fokuschi yozuv taxtasiga 4 million 718ming 976 sonini yozib, o’qib beradi. Bu hol bir necha marta takrorlangach, fokuschi o’quvchilardan so’raydi: -Qani, aytingchi men bu sonlarni yodlab oldimmi, yoki bunda biror sir bormi?
Fokuschi tarqatgan qog’ozdagi sonlar turli xil qonuniyatlar asosida hosil qilinadi.
1-usul. Masalan, qog’ozdagi tartib raqami ikki xonali son bo’lsin, ya’ni quyidagi ko’rinishni olaylik:

№23
5831459

To’rtburchak shaklidagi bu qog’ozga yozilgan yetti xonali sonning hosil bo’lishi quyidagicha: tartib raqami 2 va 3 ning yigindisi 2+3=5; keyingi raqam 3 bilan 5 ning yig’indisi 3+5=8; 5 bilan 8 ning yig’indisi 5+8=13 (bunda oxirgi raqam 3 yoziladi); 8+3=11 (oxirgi raqam 1 yoziladi) va hokazo yettita raqam hosil qilinadi. Agar maxsus qog’ozdagi tartib nomeri bir xonali son bo’lsa, ya’ni quyidagi hol:

№2
4606628

Bunda 2 ni o’zini o’ziga qo’shib 4 hosil qilinadi, qolgan sonlar yuqoridagi kabi hosil bo’ladi. 2+4=6; 4+6=10 (0 yoziladi) va hokazo.
Yana shunga o’xshash, xotirani mustahkamlovchi metodlardan o’ylab ko’ringchi, kimda qanday g’oya bor.
Mustahkamlash:
Yangi mavzu bo’yicha ham nazariy(savol-javob) va ham amaliy(ko’rsatmalilik) uyushtirib, mashg’ulot mustahkamlanadi
Baholash( 5ballik reyting asosida) Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.
Yakunlash. Mavzuga doir mashg’ulotlikda yo’q alohida topshiriqlar beriladi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin