Sinf: Sana: Mavzu: TENGSIZLIKLAR SISTEMALARINI YECHISH Mashg’ulotning maqsadi: Tengsizliklar sistemalarini yechishni o’rganish, mavzuni mustahkamlash. vataniga,,oilasiga,hayotga muhabbat.O’zaro do’stlik va hamkorlik, limning inson hayotidagi ahamiyati,mehnatga muhabbat.:Bilimning boqiyligi bilan hayotimizning mustahkam poydevori ekanini uqtirish, fanlarning o’zaro bog’liqligi,o’quvchilar dunyo qarashining kengayishiga erishish
TK3: masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish;-tasavvur ko‘nikmalarini rivojlantirish. FK2: o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish, tuzilgan reja asosida ishlay olish va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab olish.
Mashg’ulotning ko’rgazmali qurollari:
darsliko’quv qo’llanma, plakatlar, tarqatma materiallar.
Mashg’ulotning borishi: 1. Tashkiliy qism– salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni mashg’ulotga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan mashg’ulot mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi mashg’ulot maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish: Tengsizliklar sistemalarini yechish Tengsizliklar sistemalarini yechishga doir misollar qaraymiz.
1- m a s a 1 a. Tengsizliklar sistemasini yeching:
(1)
Birinchi tengsizlikni yechamiz:
Shunday qilib, birinchi tengsizlik x > 2 bo'lganda bajariladi. Ikkinchi tengsizlikni yechamiz:
Shunday qilib, (1) sistemaning ikkinchi tengsizligi x >-3 bo'lganda bajariladi.
Son o'qida (1) sistemaning birinchi va ikkinchi tengsizliklarining yechimlari to'plamlarini tasvirlaymiz.
Birinchi tengsizlikning yechimlari x > 2 nurning barcha nuqtalari, ikkinchi tengsizlikning yechimlari x >-3 nurning barcha nuqtalari bo'ladi (37- rasm).
(1) sistemaning yechimlari x ning ikkala nurga bir vaqtda tegishli boigan qiymatlari bo'ladi. Rasmdan ko'rinib turibdiki, bu nurlarning barcha umumiy nuqtalari to'plami x > 2 nur bo'ladi.
Javob.x > 2.
2- m a s a 1 a. Tengsizliklar sistemasini yeching:
(2)
Birinchi tengsizlikni yechamiz:
(2) sistemaning ikkinchi tengsizligini yechamiz:
Son o'qida (2) sistemaning birinchi va ikkinchi tengsizliklarining yechimlari to'plamlarini tasvirlaymiz. Birinchi tengsizlikning yechimlari x ≤7 nur, ikkinchi tengsizlikning yechimlari x ≥4 nur bo'ladi (38-rasm).
Rasmdan ko'rinib turibdiki, bu nurlarning umumiy nuqtalari to'plami [4; 7] kesma bo'ladi.
Javob. 4≤x≤7.