induktiv
hamda
deduktiv usullarga asosan
o’rganib, iqtisodiy mushohada qilish
hamda
«analiz», «sintez» usullaridan keng ko’lamda foydalaniladi.
1.4. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fanining boshqa fanlar
bilan bog`liqligi
• Fanning predmetini (maqsadini), vazifalarini o’rganishda
«Iqtisodiyot nazariyasi», «Makroiqtisodiyot»,
«Mikroiqtisodiyot», «Dehqonchilik asoslari»,
«Chorvachilik asoslari», «Qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishini boshqarish», «Mehnatni tashkil etish,
normalashtirish», «Statistika nazariyasi», «Iqtisodiy
kibernetika» kabi fanlardan olingan nazariy va amaliy
bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Masalan,
makroiqtisod, ya'ni respublika iqtisodini o’rganmasdan,
bilmasdan qishloq xo’jaligi iqtisodiyotini, unda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy o’zgarishlar, ularning
ahamiyatini baholab bo`lmaydi. Iqtisodiy qonunlar,
kategoriyalarning mazmunini, harakat qilishini
o’zlashtirmasdan qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy
munosabatlar tizimini to’g`ri va samarali amalga
oshirish, mehnatni tejash va uning unumdorligi
rivojlantirilishini belgilay olish gumon.
• Qisqacha xulosalar
• Hozirgi davrda, O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq
xo`jaligining o`rni, hissasi ulkan. U aholini oziq-ovqat,
qayta ishlash sanoati korhonalarini esa xom ashyo bilan
ta'minlashdek muhim vazifani bajarmoqda. Kelajakda
mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish uchun qishloq
xo`jaligini rivojlantirish ob'ektiv zarurit hisoblanadi. Bu
muammoni samarali hal etish mexanizmlarini, yo`llarini
aniqlab olish zarur. Ular esa «Qishloq xo`jaligi
iqtisodiyoti» fanida batafsil yoritiladi. Chunki bu fan
tarmoqning barqaror iqtisodiy negizini yaratish asosida
uni rivojlantirishni ta'minlay olish qobiliyatiga ega
bo`lgan iqtisodiy munosabatlar tizimini ilmiy asoslangan
holda yaratish va ularni izchillik bilan bosqichma-
bosqich hayotga joriy etish usullarini, yo`llarini targ`ib
etadi.
E’TIBORLARINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Dostları ilə paylaş: |