1.3. «Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti» fanining predmeti hamda
vazifalari, ularni tadqiq qilish, o`rganish usullari
• Qishloq xo’jaligi o`zining asosiy maqsadiga erishishi
uchun turli xildagi mahsulotlarini yetishtiradi, ishlar va
xizmatlarni bajaradi, ular yordamida talabni qondirish
maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Korxonalar,
birlashmalar, tarmoqlar (tuman, viloyat, respublika)
miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor
munosabatlari asosida amalga oshirilishi maqsadga
muvofiqdir. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab
darajasida hal etish uchun respublikada tub islohotlarni
amalga oshirish zarur. Ular bozor iqtisodiyoti
munosabatlarining huquqiy, me’yoriy , uslubiy hamda
amaliy asoslarini yaratib berishlari lozim.