1-to‘siq. Ma’lumotda xatoga yo‘l qo‘yishi. Oddiygina bo‘lib ko‘ringan xato
ham aytayotgan fikringizning mazmunini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Olaylik, mehnat bozori shakllanishining O‘zbekistonga xos xususiyatlariga doir
ma’lumotni taqdim qilmoqdasiz. Ma’lumki, Andijon viloyati aholisining zichligi
bo‘yicha vodiydigina emas, respublikada ham birinchi o‘rinda turadi. Biroq, 1 kv.
km ga nechta odam to‘g‘ri kelishi haqida xato yo‘l qo‘yish, ularning raqamini xato
ko‘rsatish taqdim etayotgan ma’lumotingizning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi.
Natijada, fikringiz tinglovchilarda shubha uyg‘otishi mumkin. Bunday xolatlar
tarixiy sanalar, raqamlar, terminlar bilan bog‘liq ma’lumotlarda ko‘proq uchraydi.
2-to‘siq. Ma’lumotingiz ikki ma’noni aks ettirishi mumkin. Ayrim so‘zlar
ikki xil ma’noni anglatishini
bilamiz. So‘zlardan o‘rinli foydalanmaslik natijasida
taqdim etilayotgan ma’lumotda jiddiy o‘zgarish yuzaga
kelishi, ilgari surayotgan
g‘oyangiz samarasiz yakunlashishi mumkin. Bunday so‘zlar, odatda gazeta, jurnal
sarlavhalarida va su’ratga berilgan izohlarda uchrab turadi.
3-to‘siq . Ma’lumotingizdagi tayanch so‘zlar noto‘g‘ri talqin etilishi mumkin.
Ma’lumki, o‘quvchi kitob o‘qiyotib biror-bir ma’lumotga shubha bildirsa, avvalgi
betlarni ochib ularni taqqoslash va fikrini to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniyatiga ega.
O‘quvchidan farqli o‘laroq, tinglovchida bunday imkoniyat yo‘q: “Aytilgan so‘z –
otilgan o‘q”. Berilgan ma’lumotni tezlik bilan taxlil qiluvchi, taqqoslovchi
tinglovchilar kamchilikni tashkil etadi. Shunday ekan, ma’lumot yetkazilayotganda
so‘zning mazmuniga, vaziyatning mohiyatiga, jarayonni talqin etishga jiddiy e’tibor
109
qaratish talab etiladi. Zero, noto‘g‘ri talqin qilish natijasida qilingan qatiy hukm
kelajakda insonning taqdirini salbiy tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin.