8
rasmiy davlat tili sifatida foydalanish bu tilning ijtimoiy - siyosiy soxalar tili, rasmiy
– muomala va yozishmalar tili, idoraviy
ishlar va xujjatlar tili, og‘zaki targ‘ibot va
tashviqot tili, ilmiy uslublar tili,
badiiy adabiyot va saxna tili, maorif, madaniyat tili
kabi ko‘p yo‘nalishlarda rivoj topishi uchun yo‘l ochadi.
Adabiy tilsiz nutq
madaniyatini, notiqlik sanatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Adabiy til nutq
madaniyatining - to‘g‘ri so‘zlash va yozishning o‘lchovi, mezonidir.
Nutq sofligi
Adabiy til uchun begona unsurlari bo‘lmagan ahloq me’yorlari tan
olmaydigan so‘zlardan holi bo‘lgan nutq, sof nutq deyiladi. Ba’zi
xolatlarda nutq
sofligiga kuydagilar putur etkazib turadi.
A) Maxalliy dialekt va Shevalarga hos so‘z, ibora, shuningdek grammatik Shakllar,
so‘z va so‘z birikmalarining talaffuzi, urg‘usi;
M: Oka! qalaysiz? yoki aka aqa - baqa bormaymizmi?
B) O‘rinsiz ko‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari; M: Umuman deyish o‘rniga
voobshe, xo‘sh o‘rniga tak.
B) Jargonlar; M: O‘zingni olma.Tashavossanmi?
G) Vulgarizmlar; Bugungi kunda vulgar so‘zlarning ishlatilishi nutqimiz tozaligiga
salbiy ta’sir kilmoqda. Og‘zaki nutqda uchrab turadigan so‘kinish, xaqorat so‘zlari
jamiyatning axloq me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan hodisadir.
D) Nutqda ortiqcha takrorlanadigan parazit so‘zlar; M: parazit so‘zlar - ya’ni, demak,
xo‘sh, v.x.k.
B) Kanselyarizmlar. M:Idoraviy atamalar ham nutqning tozaligiga doimo haf solib
turadi. Ulardan rasmiy ish qog‘ozlari uslubida foydalanish juda kulay. Ammo og‘zaki
nutqda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: