moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy vositalar»,
«Tugallanmagan ishlab chiqarish», «Tayyor mahsulot», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda - «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)», «Bank kreditlari», «Mol etkazib beruvchilardan qarzlar» va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham, passivda ham mablag’larning
bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko’rsatiladi: aktivda - turlari bo’yicha, passivda - manbalari bo’yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki
«balans» so’zi tenglik, barobarlikni anglatadi.
Shuning uchun ham, balans aktivi va passivi
«balans» so’zi bilan belgilanadi.
Balans korxonaning xo’jalik mablag’larini u yoki boshqa sanalarga tavsiflab, uning o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi.
Shunday qilib, balans korxona mablag’larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish sub’ektlari ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir desak bo’ladi.
Oldingi bobda ko’rib chiqilgan xo’jalik mablag’larini iqtisodiy turkumlashning asosiy bo’limlari bo’yicha moddalarni aks ettirib va ularni guruhlab, bizning respublikamizda qabul qilingan balansni va uning asosiy moddalari mazmunini ko’rib chiqamiz.