Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə2/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-

Birinchi talab - hisob ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi hisob ko’rsatkichlarining markazlashtirilgan tartibda belgilangan reja ko’rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlash nazarda tutar edi. Korxonani rivojlantirish rejalari korxonaning o’zi ishlab chiqadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish nuqtai nazaridan ko’rilishi kerak. o’z vaqtidaligi, aniqligi va ob’ektivligi talabiga kelsak, shuni aytishimiz lozimki, xalqaro standartlarga binoan o’rinlilik, ahamiyatlilik va moddiyliligiga ko’proq ahamiyat beriladi. Buxgalteriya hisobida ko’proq e’tibor nazariydan ko’ra amaliy tomonga berilishi kerak. Masalan, ma’muriy ehtiyojlar uchun qog’ozning sarflanishi harajatning aniq hisobi, sarflangan qog’ozning xaqiqiy tannarxini harajatlar yuzaga keladigan joylar va javobgarlik markazlari hamda ish joylarida sarflanmay qolgan qog’ozlar qoldig’ini hisoblab chiqishni talab qilmaydi. O’og’ozni ombordan berish odatga ko’ra harajat hisoblanadi. Garchi nazariy nuqtai nazardan biz xaqiqatda sarflangan qog’oz, uning xaqiqiy tannarxi va qoldig’ini bilishimiz lozim bo’lsa ham, bu masalaga amaliy yondashish ma’quldir.
Tejamliligi va hammabopliligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab chegaralangan bo’ladi. Tejamlilikni nazarda tutganda axborotni uni hosil qilish sarflari bilan solishtirish asosida uning muhimliligidan kelib chiqish lozim. Hammabopliligiga kelganda esa, axborotning mazmunidan kelib chiqish kerak: ushbu axborot korxonaning tijorat sirimi yoki ochiq e’lon qilinadiganmi.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” O’onuniga binoan maxsus talablar bilan belgilangan va ularga asoslangan holda hisob yuritilishi va hisobot tuzilishi lozim bo’lgan buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari quyidagilardir:

    1. ikkiyoqlama yozuv (ikkitomonlamalik);

    2. uzluksizlik;

    3. xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi;

    4. aniqlik;

    5. hisoblash;

    6. oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik);

    7. mazmunning shakldan ustunligi;

    8. ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;

    9. moliyaviy hisobotning betarafligi;

    10. hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;

    11. aktivlar va majburiyatlarning xaqiqiy baholanishi.


Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin