Ikkiyoqlama yozuv tamoyili. Unda har bir operatsiya (muomala) ikki marta aks oshiriladi: bir schetning debetiga va ikkinchi schetning kreditiga yoziladi. Bunda schetlarning debeti va kreditiga yozilgan raqamlar teng bo’lishi kerak.
Uzluksizlik yoki faoliyatning davomiylik tamoyillari (goingconcern concept). Bu printsip buxgalteriya birligining ma’lum bir davr mobaynida, agar aksincha hodisa ro’y bermasa va xo’jalik birligi yaqin kelajakda tugatilmasa, o’z faoliyatini davom ettirishiga ishonchlari komil ekanligini anglatadi. Bu printsip, agar korxona tugatiladigan bo’lsa, sotiladigan aktiv va majburiyatlarni balans moddalarida bozor narxida emas, balki xaqiqiy tannarxda kiritish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Pulda baholash tamoyili(money measurement). Bu printsip pulning umumiy o’lchagich ekanligini nazarda tutib, uning yordamida xo’jalik faoliyatining amalga oshirilishi va pul birligi buxgalteriya hisobida baholash va tahlil qilish uchun tegishli asos bo’lib hisoblanishini anglatadi.
Aniqliliktamoyili (to’g’ri kelishlik printsipi- matching concept) daromadlarni ro’yxatga olish uchun davrni tanlab beradi. Hisobot davrida faqat shu hisobot davrining daromadlarini olish uchun yuzaga kelgan harajatlar aks ettiriladi. Agar hisobot davrining daromadlari va harajatlari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash qiyin bo’lsa, unda harajatlarni taqsimlashning maqsadga muvofiq va muntazam usulidan foydalanish tavsiya etiladi.
Tavsiya qilinadigan bu usul o’zining mohiyatiga ko’ra to’g’ri kelishlik printsipiga yaqin (masalan, uzoq muddatli aktivlar qiymatini ulardan foydalanishning butun muddatida taqsimlash).
Hisoblashtamoyili - buxgalteriya hisobi operatsiyalarini ularning sodir bo’lish daqiqasida yozish qoidasidir (acorual basis). Buxgalteriya operatsiyalarini ularning sodir bo’lish daqiqasida, garchi naqd pullar xali olinmagan bo’lsa ham, daromadlar hisoblangan vaqtda yozilishini, naqd pullar xali to’lanmagan bo’lishi mumkin, lekin harajatlar ular hisoblangan vaqtda yoziladi. Har xil foydalanuvchilarga umumiy xarakterga ega bo’lgan foydali axborotni berish uchun hisoblash usuli kassa usuliga qaraganda afzalroq usul hisoblanadi. Kassa usuliga (cash basis) ko’ra
daromad va harajatlarni yozish, ularning qaysi davrga tegishli ekanligidan qat’iy nazar faqat pullarning kelib tushishi yoki to’lanish daqiqasida amalga oshiriladi. Bizning amaliyotimizda shunday qarama-qarshiliklar borki, masalan ish haqining hisoblanishi, ijtimoiy fondga va boshqalarga qilingan ajratmalar, garchi ularning summasi xali to’lanmagan yoki o’tkazilmagan bo’lsa ham, hisobot davrining harajatlariga qo’shib qo’yiladi. Mahsulot esa, tushum hisobga yozilgandan keyin (qurilish ishlab chiqarishidan tashkari) realizatsiya qilingan hisoblanadi.