Toshkent – 2003



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə1/67
tarix07.01.2024
ölçüsü3,49 Mb.
#208733
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
10-Buxgalteriya-hisobi-nazariyasi.-B.Xashimov-2003-darslik-


B.Xashimov


BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI
(darslik)

Toshkent – 2003

I — BOB “Xo’jalik hisobining umumiy tavsiy va bozor iqtisodiyoti sharoitida uning rivojlanishi “



O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo’li bo’yicha rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli - tuman shakllaridagi korxonalarini yaratish hamda sog’lom raqobatchilikni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish, yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi.
Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo’jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo’jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
Korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning o’zi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni o’lchash, ya’ni menejerlarga zarur bo’lgan ma’lum bir miqdoriy ko’rsatkichlarda ifodalash lozim bo’ladi. Undan so’ng bu ko’rsatkichlar boshqarishga zarur bo’lgan yo’nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro’yxatga olinishi lozim.
Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa xodisalar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.
Shuni ta’kidlamoqchimizki, xo’jalik hisobi butun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida bir xil bo’lmagan. Shuning uchun ham xo’jalik hisobi uning oldiga qo’yilgan talablariga mos shaklda, ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida doimo o’zgarib borgan.
Ishlab chiqarish usuli, boshqarish tizimining o’zgarishi barcha iqtisodiy va siyosiy tuzum (uklad) o’zgarishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, albatta xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish, uni amalga oshirish, nazorat qilish usullarining o’zgarishiga, bu demak xo’jalik hisobining ham o’zgarishiga olib keladi. Ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida xo’jalik hisobi o’z maqsadi, vazifasi, shakllari va tashkiliy xususiyatlariga egadir. Bozor munosabatlari sharoitida u har doim aniq ifodalangan boshqaruv xarakteriga ega.
Shunday qilib, kishilik jamiyatining rivojlanishi xo’jalik hisobining mazmunini aniqlab, uning o’zgarishiga sharoit yaratib beradi, ya’ni uni u xizmat qilayotgan boshqarish
mexanizmining xususiyatlariga bog’liq bo’lgan tarixan shartli qilib qo’yadi. Xo’jalik hisobi insoniyat rivojlanishining har bir bosqichidagi xo’jalik faoliyatini tashkil qilish xususiyatlarini aks ettiradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, xo’jalik hisobi, xo’jalik operatsiyalarining miqdoriy aks ettirishidan tashqari, ularga sifat tavsifini ham beradi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, xo’jalik hisobining quyidagicha ta’riflash mumkin:
Xo’jalik hisobi deb xo’jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, meyonat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi.
Xo’jalik hisobi to’g’risidagi umumiy fikrni aniqlashtirish va uning tarixiy xususiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun davlat monopoliyasi mulkchiligi va bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitidagi uning mazmunini ko’rib chiqish lozim. Bunda ulardagi amal qilayotgan iqtisodiy qonunlarning xususiyatlaridan kelib chiqish lozim, chunki hisobning o’ziga xos xususiyatlari mana shu qonunlar bilan belgilanadi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish asosiy iqtisodiy maqsad bo’lib hisoblanadi. Demak, tadbirkorlar tomonidan o’z korxonalaridan foyda olish bozor iqtisodiyotida xo’jalik faoliyatining bosh rag’batini anglatadi.
Asosiy iqtisodiy qonun xo’jalik faoliyatining maqsadini, demak xo’jalik hisobining ham maqsadini belgilaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkdorlar xo’jalik hisobidan foydani maksimal darajada undirish va o’stirish uchun foydalanadi va bunda mulk egalari uning yordamida qo’yilgan mablag’lar va kapitalning yuqori samarali ishlatilishi ustidan kuzatishni amalga oshirishga harakat qilishadi.
Demak, bozor iqtisodiyotidagi xo’jalik hisobining maqsadi foydaning shakllanishi jarayoni ustidan kuzatish hisoblanib, uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini yaxshilash hamda yaratilgan mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish vositalarining katta qismiga ega bo’lgan tadbirkorlarning manfaatiga rioya qilinadi. Xo’jalik hisobidan ham xuddi shu yo’nalishda foydalaniladi. Uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yangidan - yangi vositalarini topib, amalga oshirilayotgan faoliyatdan eng yuqori yutuqlarga ega bo’ladilar va ularni olish yo’llarini aniqlaydilar.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotida xo’jalik hisobidan asosan tadbirkorlar - mulk egalari manfaati uchun foydalaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunda xo’jalik hisobi tadbirkorlar uchun nafaqat hisobot tuzish uchun qurol bo’libgina qolmay, u eng avvalo korxona faoliyatining yuqori samaraligiga erishish uchun ishlab chiqarishni boshqarish quroli sifatida xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobining ko’rsatkichlari ichki va tashqiga bo’linib, axborotdan ham tashqi foydalanuvchilar (aktsionerlar, xissadorlar, muassischilar va boshqa mulk egalari), hamda ichki foydalanuvchilar - menejerlar tomonidan foydalaniladi. Tabiiyki, xo’jalik hisobining bu ma’lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi va sog’lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida ob’ektiv ravishda tashqi - e’lon qilinadigan va ichki - tijorat siri hisoblangan qismlarga bo’linishi kerak. Buni yuzaga chiqarish uchun tijorat sirini himoya qiluvchi qonun ishlab chiqilishi kerak bo’ladi. Bunday qonun tadbirkorlarga o’z korxonalari ishi bilan tanishish uchun faqat tashqi foydalanuvchilarga mo’ljallangan axborotni berish va tijorat siri hisoblangan ichki axborotni saqlab qolish xuquqini beradi. Shu bilan birga shuni ham ta’kidlash lozimki, tadbirkorlar tomonidan o’z korxonalari faoliyatini o’z maqsadlariga munosib ravishda ko’rsatish maqsadida tashqi axborotni buzib ko’rsatishning oldini olish uchun bozor munosabatlari mexanizmining zarur shartlaridan hisoblangan mustaqil auditorlik faoliyati keng rivojlantirilishi kerak.
Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida mulk egalarining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan ichki rejalashtirish (byudjetlashtirish) o’z rivojini topishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobi har bir tadbirkor tomonidan o’zining hohishiga qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish bilan birga boshqarishning ma’muriy - buyurish tizimiga xos bo’lgan qat’iy tartibga solingan hisobning o’rniga davlat tomonidan qo’yiladigan tartibotini minimumgacha kamaytirib boradi.
Xo’jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida uning nafaqat shakllari va tashkil qilish har xil bo’lmay, xattoki hisob ko’rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo’lishi mumkin. Natijada har xil mulk egalari ixtiyorida bo’lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko’rsatkichlar har xil yo’l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e’lon qilinadigan hisobotdagi ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash uchun moliyaviy hisobga keltiriladigan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati (qabul qilingan hisob, amortizatsiya, baholash va boshqa usullar) haqida izohlar keltirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti mulkchilik tuzilishini o’zgarishi, turli tavakkalchilik va noma’lumliklarni yuzaga kelishi, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, o’z aktsiyalarini chiqarish va sotish, valyuta va ko’chmas mulk muammolarini vjudga kelishi bilan ifodalanadi.
Bunday sharoitda korxona bozor konyukturasini o’rganadi, o’z faoliyatini mustaqil rivojlantiradi, iste’molchilarni qidirib topish bilan shug’ullanadi, tovar, ish vaxizmatlar korxonalarni o’zi belgilaydi, tijoprat bank kreditlari va boshqa investorlar mablag’larini jalb qiladi.
Bunday faktlarni to’g’ri hisobgna olish va boshqarish shuningdek barqaror rivojlanishini ta’minlash uchuni axborotlarni yig’ish va ishlab chiqishning samarali tizimi zarur.
Shunday qilib buxgalteriya hisobi – bu faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektning mulki, majburiyatlari va xo’jalik muammolari to’g’risidagi va ularni harakatini yoppasiga uzluksiz hujjtlashtirish yo’li bilan tartibli yig’ish, nazorat qilish, o’lchash, ro’yxatga olish, ishlov berish va pul ko’rinishida olish tizimi.
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi – to’liq va ishonarli axborotlarni shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta’minlash, shuningdek boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanish.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi, bu –

  • sub’ektning iqtisodiyoti to’brisida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot tizimidir;

  • iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o’lchash va uzatish jarayonidir;

  • cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir.

Har qanday tadbir inson tomonidan amalga oshirilgani kabi buxgalteriya hisobi ham buxgalterlar tomonidan yuritiladi va barcha printsiplarni amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobini korxona to’g’risidagi moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi tizim, biznes amaliyotiga iqtisodiy nazariyani amalda qo’llovchi, jahon ishbilarmonlar tili, soliqqa tortiladigan bazani shakllandirish usuli desak, bozor iqtisodiyotii sharoitida buxgalter – bu moliyaviy axborotlar menejeri, moliyaviy axborotlar ta’minlovchi mutaxassis, moliyaviy asosda qarorlar qabul qilish bo’yicha menejmentga faol yordamchi va nihoyat korxona faoliyatini tubdan yaxshilovchi shaxsdir.

Korxonalarni boshqarishda xo’jalik hisobidan samarali foydalanish hamda asoslangan boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Bu talablar buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bilan belgilangan.


Amaliyotda buxgalteriya hisobi oldiga an’anaviy ravishda quyidagi talablar qo’yilgan edi:

  1. Hisob ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi;

  2. o’z vaqtidaligi, aniqligi va ob’ektivligi;

  3. To’laligi;

  4. Ravshanligi;

  5. Tejamliligi va hammabopliligi va h.k.


Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin